A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Tovar namunalarini vitrinalarga joylashtirish tartibi


Download 0.81 Mb.
bet87/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tovar namunalarini vitrinalarga joylashtirish tartibi

Vitrinalar eng muhim savdo reklamasi vositalaridan sanaladi. Ularni bezatishda natural tovarning reklama namoyishi tamoyili asos qilib olinishi lozim. Do‘konning funksional elementi sifatida vitrinaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • sotuvda bo‘lgan tovarlar assortimenti bilan tanishtirish, u yoki bu mavsum yaqinlashayotganini eslatish;

  • yangilik tovarlarni reklama qilish, modadagi yangi yo‘nalishlarni aks ettirish;

  • do‘konda mavjud bo‘lgan savdo usullari va xaridorlarga taklif etiladigan maxsus xizmatlar haqida xabar berish.

Vitrinalar sof reklama rolidan tashqari muhim tarbiyaviy rol ham o‘ynaydi, chunki nooziq-ovqat tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida, turmush tarzi va milliy an’analar haqida so‘zlab beradigan xalq iste’moli predmetlari doimiy ishlab turadigan o‘ziga xos ko‘rgazmasini ifodalaydi. Vitrinalarning ahamiyati kiyinish madaniyati, estetikani targ‘ib qilishdan ham iborat. Did bilan bezatilgan vitrinalar xaridorni yangi moda yo‘nalishlariga yo‘naltiradi, ularni ayrim aksessuarlarni to‘g‘ri tanlashga, dasturxon bezatish va h.k.ga o‘rgatadi. Vitrinalar xaridorlarga savdo korxonasi taqdim etadigan qo‘shimcha xizmatlar haqida ham gapirib beradi. Bundan tashqari, vitrinalar ko‘chalarni bezatishning ham asosiy elementi hisoblanadi. Ular ko‘chalarni jonlantiradi, bayramona ruh baxsh etadi. Do‘konlarning yorug‘lik reklamasi va viveskalar bilan birgalikdagi yoritilgan oynalari zamonaviy shaharlar va boshqa aholi punktlarining tungi bezagi bo‘lib xizmat qiladi. Vitrinalar do‘kon intereriga qarab uchta asosiy turda bo‘lishi mumkin:
1. Interer bilan to‘liq uyg‘unlashadigan vitrinalar. Ular zamonaviy me’morchilik do‘konlari uchun xosdir.
2. Intererni ko‘chadan erkin tomosha qilish imkonini beradigan tasma turidagi vitrinalar. Bunday vitrinalar savdo zalidan oyna bilan ajratilgan va poldan biroz ko‘tarilgan holda bo‘ladi.
3. Bir-biridan ikki deraza o‘rtasidagi devor bilan ajratilgan vitrinalar (eski me’morchilik do‘konlarida).
Zamonaviy me’morchilik do‘konlarida vitrina yo‘lovchilarga do‘kon intererini ochib beradi. Savdo zali: uning intereri, tovarlar ekspozitsiyasi ham vitrinaga aylanadi. Ilgari vitrina qutisining asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan orqa devor endi olib tashlangan. Boshdan-oyoq ko‘rinib turadigan vitrina xaridorlarni do‘konga jalb qiladi, an’anaviy (orqa devori bor) vitrina esa bu maqsadga kamroq darajada javob beradi. SHu bilan birga, vitrinada – u an’anaviy yoki zamonaviy bo‘lishidan qat’i nazar – reklama funksiyasi o‘zgarmagan. U avvalgidek tovarlar haqida axborot berishi, ularni xarid qilishga yordam berishi lozim. Do‘konlarning oynali vitrinalarini reklama qilinadigan tovarlarni tanlash, mazmunga qarab tasniflash mumkin.
Tovar belgisi bo‘yicha vitrinalar quyidagilarga bo‘linadi:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling