A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet83/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Savdo zalida yoritish tovarlarni do‘konda joylashtirish va qo‘yilgan tovarlarni tanlash qanchalik muvaffaqiyatli bo‘lmasin, ular to yorug‘lik do‘kon intererini bezashning tarkibiy qismiga aylanmagunga qadar kerakli taassurot qoldirmaydi. Do‘konni yoritish intererni dekorativ bezash vazifasini hal qilibgina qolmaydi, u tovarlarni sotish texnologik jarayoni zaruriy shartlarini ta’minlashi ham ko‘zda tutilgan. Shu sababli dekoratorga yorug‘lik texnikasi sohasida ayrim ma’lumotlar, xususan, yoritish uskunalari tavsifnomalarini bilish zarur bo‘ladi. Savdo zali va do‘kon ichkarisidagi vitrinalarni yoritish muammosini hal qilishga nafaqat estetik, balki texnik talablarni ham hisobga olishga qodir bo‘lgan yorug‘lik texnikasi mutaxassisini jalb qilish kerak. Do‘konlarda qoidaga ko‘ra, ham tabiiy, ham sun’iy yoritishdan foydalaniladi. Tabiiy yoritish etarlicha geometrik yorug‘lik koeffitsienti rioya qilingan, ya’ni oynalar maydoni pol maydoniga nisbati normal bo‘lgan holatda foydalaniladi. Bu nisbat (yorug‘lik koeffitsienti) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


Ks=Szp:Sp

bu erda Ks – do‘kon savdo zalining tabiiy yoritilganlik


koeffitsienti;
Szp – oynalar maydoni;
Sp – savdo zali polining maydoni.
Tabiiy yoritish darajasi ko‘rsatkichi kamida 0,125 yoki 1:8 nisbatni tashkil qilishi lozim. Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni yoritish uchun cho‘g‘lanma elektrolampalar va lyuminissent (natriyli va simobli) lampalardan foydalangan holda sun’iy yoritish qo‘llanadi. Bularning keyingisi eng tejamkor hisoblanadi, istalgan tusdagi yorug‘lik olishga imkon beradi va shu sababli ularni qo‘llashda rangli filtlardan foydalanishga ehtiyoj yo‘qoladi. Sun’iy yoritish belgilangan me’yorlarga muvofiq qo‘llanishi lozim. Bu me’yorlar doirasida yoritilganlik darajasi umumiy, mahalliy va aralash yoritish tizimlari yordamida erishiladi. YOrug‘lik oqimlari butun bino bo‘ylab bir tekisda yoritilganlik yaratadigan yoritish tizimi umumiy yoritish tizimi hisoblanadi. Undan tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlari alohida yoritilganlikni talab qilmaydigan, ish o‘rinlari va tovarlar bir-biriga yaqin joylashtirilgan hollarda foydalanish maqsadga muvofiq. Mahalliy yoritishda yoritgichdan chiqadigan butun yorug‘lik oqimi belgilangan maydonga yo‘naltiriladi. Bu tizim vitrinalardan foydalanish uchun, alohida tovarlarni, savdo zalidagi tovar joylashtirilgan qiya yoki vertikal stendlarni yoritish uchun foydalaniladi.
Savdo uchun mo‘ljallangan binolarni oqilona yoritish xaridorlar e’tiborini aynan do‘kon ularni kuchli reklama qilish zarur deb hisoblaydigan tovarlarga qaratishga yordam beradi. Savdo zalining alohida hududlarini yoritish rangini vaqti-vaqti bilan o‘zgartirish ham xaridorlarni jalb qiladi va shu tariqa do‘konning tijorat muvaffaqiyatlariga erishishiga xizmat qiladi. YOrug‘lik oqimini shakllantirish, uni savdo binolari va vitrinalarni yoritish umumiy rejasiga muvofiq taqsimlash uchun dekorator turli yoritish uskunalaridan foydalaniladi. Umumiy yoritish uskunalari yorug‘lik oqimini taqsimlash xarakteri bo‘yicha to‘g‘ri, qaytarilgan va tarqoq nur yoritgichlariga ajratilishi mumkin. Bundan tashqari, yorug‘likni keskin ifodalangan yo‘nalishli taqsimlash uskunalari foydalaniladi. Projektor turidagi bu uskunalar tor va uzun yorug‘lik oqimini beradi. Yоritish uskunalari ixcham, unchalik sezilmaydigan bo‘lishi, ular yaratadigan yorug‘lik samarasini oson o‘zgartira olishi lozim.
Savdo reklamasi ob’ektlarini yoritish yakuniy sxemasini izlashda bir nechta variantlardan foydalanib ko‘rish, uskunalarning o‘rnini almashtirish, ularning ta’sir yo‘nalishini o‘zgartirish, bir qator holatlarda esa, agarda bunga yorug‘lik uskunalari imkon beradigan bo‘lsa, yaratiladigan yorug‘lik oqimi xarakterini ham o‘zgartirish zarur. Biroq bunda yong‘inga qarshi xavfsizlik talablariga amal qilish lozim, chunki yorug‘lik uskunalarining ortiqcha qizib ketishi yong‘inga sababchi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, katta quvvatli yorug‘lik oqimlari tovarlarning rangi o‘chishi va buzilishiga olib kelishi mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling