A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Sog‘lom fikrga amal qiling


Download 0.81 Mb.
bet79/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

6. Sog‘lom fikrga amal qiling. O‘rtacha aqliy qobiliyatlar siz bildirayotgan asosiy fikr mazmunini tushunib etishiga ishonch hosil qiling.
7. Qisqa gapiring. Kichik matnlar o‘quvchilarni ko‘proq jalb qiladi. Matnga bo‘lgan asosiy talab – qisqa va aniqlik, ya’ni minimum so‘z bilan maksimum axborot berishdir. Matnda faqat eng kerakli narsalarni yozib, yanada qiqarok va aniqrok fikr bildirishga imkon topish kerak.
8. Original bo‘ling va boshqalarga o‘xshamang. Noodatiy murojaat o‘quvchilarning e’tiborini darrov o‘ziga qaratishi muqarrar. Sarlavha, rasm, matn, e’lon konfiguratsiyasi noodatiy bo‘lishi mumkin. Biroq noodatiy va bema’ni o‘rtasidagi chegarani aniq his qilish lozim.
9. Dallilar va asoslarni ta’kidlab ko‘rsating. Reklama murojaatida siz odamlarga etkazmoqchi bo‘lgan asosiy g‘oyalarni ta’kidlab ko‘rsatish va ularning ongida mustahkam qo‘yish lozim. Biroq hammaga ma’lum haqiqatni hech kim o‘qimaydi.
10. O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering. Reklama o‘quvchiga belgilangan iboralar yordamida muayyan va ijobiy ko‘rsatmalar berishi lozim. Reklama matni ishlab chiqishning bu asosiy tamoyillari masalan, davriy matbuotda reklama tayyorlashda foydalanilishi mumkin. Ko‘p sonli va xilma-xil shriftlar mavjud. Har bir alohida shriftning o‘z nomi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asosiy tur va rasmning turli variantlariga ega bo‘ladi. Faqat bitta garnituraning o‘zida (ya’ni harf, belgi rasmida) shriftlar yarim qalin, yarim qalin kursiv, qalin, qalin kursiv, yarim qalin ingichka, yarim qalin ingichka kursiv bo‘lishi mumkin. Bunday ko‘p sonli shriftlarni har bir muayyan holat uchun optimal tanlash faqat reklama sohasidagi mutaxassis-rassomlar qo‘lidan keladi. SHu bilan birga, dekorator-bezakchilar va do‘konning boshqa xodimlari shriftlardan foydalanish sohasida umumiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
SHrift o‘quvchining e’tiborini jalb qilishi va unga matnni
o‘qishda fikrni to‘plab olishga va eng muhim dalillarni ajratishga
yordam berishi lozim.

SHriftning har bir rasmi matnga o‘ziga xos emotsional tus beradi. SHrift tanlashda shuni yodda tutish kerakki, u reklama qilinadigan tovarlarga mos kelishi lozim. Masalan, xarf chetlari yumaloq va kontrast shtrixli murakkab rasmli shriftlar yordamida matnda u haqida gap borayotgan mahsulot engilligi va nafisligini ta’kidlash mumkin. Harflar chetlari to‘rtburchak va oddiyroq rasmli shriftlar predmetning oddiyligi, mustahkamligi va ishonchliligi reklama qilinadi, matnlarda foydalanish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Inson ko‘zi alohida harflarni emas, balki butun boshli so‘zlarni va harflar birikmalarini idrok qiladi. Ko‘zning harflar guruhini, ularning shaklini, shuningdek, satrlar belgilangan uzunligini qamrab olish bo‘yicha bu xususiyati o‘qishni tezlatuvchi yoki sekinlashtiruvchi omil hisoblanadi. SHu sababli shrift rasmidan tashqari uning hajmini, harflar va satrlar o‘rtasidagi masofani, satrlar uzunligini, matnning varaqda joylagan o‘rnini
ham to‘g‘ri tanlash zarur. Matnni idrok qilishda u yozilgan bo‘yoq rangi ham muhim rol o‘ynaydi. Katta matndan iborat bo‘lgan reklama vositalarida (e’lonlar, o‘rov, varaqalar) rang fonida bosilgan nusxa aniqligiga alohida ahamiyat berish kerak. Reklama taxtalarida reklama matnini bezashda esa quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak. Harflar yozilish shakli va o‘lchami reklama qilinayotgan ob’ekt xususiyatlariga, varaq maydoniga mos kelishi lozim. Eng yaxshi variant turli kenglakdagi (o‘lchamli) bitta garnituradan (rasmdan) foydalanish hisoblanadi. Bo‘yoq rangini to‘g‘ri tanlash reklama matnining o‘quvchiga emotsional ta’sirini kuchaytirish uchun zarur. Fon va shrift rangi doim bir-biridan keskin ajralib turishi kerak – shrift fondan qanchalik ajralib tursa, u shunchalik oson o‘qiladi va idrok qilinadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling