A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet77/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Plakatlar qog‘oz, xolst, fanerada bajarilgan, qisqa matn va yozuvli rasmlardan iborat bo‘ladi, afishalar esa faqat reklama matnlaridan iborat bo‘ladi. Reklama taxtalarida joylashtiriladigan plakat va afishalar bir vaqtning o‘zida sodda bo‘lishi va shu bilan bir paytda ko‘zga yaqqol tashlanishi, potensial xaridorlarning e’tiborini jalb qila olishi lozim. Ko‘chada joylashtiriladigan afisha matni qisqa, uning shrifti yirik bo‘lishi, fon va harflar rangi esa bir-biridan keskin farq qilishi lozim.
Rang bilan bog‘liq qarorlar turlicha bo‘lishi mumkin. Quyidagi ranglar birikuvi tavsiya etiladi: qora rang sariq yoki oq rang bilan, qizil rang oq yoki yashil rang bilan, oq rang yashil rang bilan. Yorug‘likni aks ettiradigan va qorong‘uda yonib turadigan turli rangdagi lyuminessent bo‘yoqlar foydalanilishi mumkin. Badiiy bezalish usullari bo‘yicha ko‘cha plakatlari chizilgan, fotosuratlar yordamida bajarilgan bo‘lishi, shuningdek, fotosuratlar va rasmlar kompozitsiyasini ifodalashi mumkin. Tuzilishi bo‘yicha reklama taxtalari tekis (yassi) va bo‘rtma (yaqqol) ko‘rinishda bajariladi. Tekis reklama taxtalari fanera yoki ingichka tunuka bilan qoplanadi. Ba’zida ramkaga tortildan matodan foydalaniladi. Bo‘rtma reklama taxtalari prizma, kub va boshqa ko‘pyoqliklar shaklida bajariladi. Bunday reklama taxtalari aylanib turadigan bo‘lishi mumkin. Ular do‘konga kiraverish oldidagi keng yo‘laklarda joylashtiriladi. Bunday reklama taxtalarini o‘rnatishdan maqsad – o‘tib ketayotgan yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish va bironta tovar xarid qilishga undashdir. Potensial xaridorlar e’tiborini do‘kon oldida o‘rnatilgan, sotilayotgan tovarlar assortimenti qisqacha ko‘rsatilgan, yangi tovarlarni tatib ko‘rish haqidagi e’lonlardan iborat bo‘lgan kichik ko‘chma reklama taxtalari ham jalb qiladi. Mustahkamroq bo‘lishi uchun ular ikkiyoqlama qilinadi va yo‘lakka chayla ko‘rinishida o‘rnatiladi. Matn ikkala tomondan shunday beriladiki, do‘kon yonidan o‘tib ketayotgan va yo‘laning qarama-qarshi tomonidan kelayotgan odamlar uni bemalol ko‘ra oladi. Bunday statsionar va ko‘chma reklama taxtalari ixtisoslashgan do‘konlar uchun samaraliroq bo‘ladi («Ehtiyot qismlar», «Xo‘jalik mollari» va h.k.). Shunday qilib, ko‘chadagi reklama taxtalarida joylashtiriladigan reklama e’tiborni o‘ziga jalb qilishi, qisqa, tushunarli va oson o‘qiladigan bo‘lishi lozim.
Ko‘chadagi reklama taxtalariga yopishtirilgan plakatlar va afishalar yomg‘irli kunlarda qanday bo‘lishi, ularni avtomobillar, daraxtlar va to‘sib qo‘ymasligiga e’tibor qaratish kerak. Transparantlar – vaqtinchalik reklamasi. Ular do‘konga kiraverishda yoki ko‘chadagi ustunlarda biron-bir reklama kampaniyasi, ko‘rgazma-savdo o‘tkazilishi yoki yangi do‘kon ochilishida
joylashtiriladi. Do‘konga tashrif buyurish murojaati yozilgan transparant chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lishi lozim. Bu maqsadda qoidaga ko‘ra, oq, sariq yoki qizil rangdagi matolar tanlanadi, chunki bu ranglar stidan yozilgan boshqa rangdagi harflar aniq ko‘rinib turadi.
Reklama xabarlari matnining bir necha xil turi mavjud: axborot beruvchi, eslatib turuvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va ishontiruvchi. Axborot beruvchi matnlar oddiy, qisqa va aniq, eslatib turuvchi matnlar – qisqa, ta’sir ko‘rsatuvchi matnlar – tovar nomini ko‘p marta takrorlaydigan bo‘lishi lozim. Ishontiruvchi matnlar emotsional shaklda e’tiborni tovarning afzalliklariga qaratadi.
Reklama taxtalarida ham, reklama varaqalarida ham joylashtiriladigan reklama elementlarining asosiy elementlari matn va rasmlar sanalib, ularning vositasida reklama ma’lum bir g‘oya va axborotni odamlarga etkazadi. Matn taklifning mohiyatini bayon qiladi, rasm esa uni ko‘rish orqali qabul qilinadigan obraz bilan to‘ldiradi, lekin aslo uning mazmunini takrorlamaydi. Reklama e’lonlarining elementlari qatoriga reklamaga emotsional ruh baxsh etadigan, uning ta’sirini kuchaytiradigan shrift va rang ham kiradi. Reklama taxtalarida bu elementlarning barchasi birgalikda yoki alohida holatda foydalanilishi mumkin. Reklama matni, qoidaga ko‘ra, sarlavha, izoh va xulosadan iborat bo‘ladi. Sarlavha (slogan) matnga e’tiborni jalb qiladi, xaridorni qiziqtirib qo‘yadi. Izohdan maqsad – reklama qilinayotgan ob’ektni uning foydaliligi isbotlarini keltirgan holda ko‘rsatishdir. Xulosa xaridorlarni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ishonch bilan ko‘ndirishi lozim.
Aniqlanishicha, odamlar sarlavhani matndan ko‘ra besh marta ko‘proq o‘qiydi, ko‘pchilik esa faqat sarlavhaga ko‘z yugurtirib chiqadi, xolos. Reklama qilinayotgan tovardan foyda olishni (sog‘liqni mustahkamlash, oshxona mehnatini engillashtirish va h.k.) va’da qiladigan sarlavhalar doimo boshqalardan samaraliroq bo‘ladi. Sarlavhadan nima haqida gap ketayotganini tushunib bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Sarlavha nuqta bilan yakunlanmasligi lozim. Eksperimentlar shuni ko‘rsatadiki, 10 va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lgan sarlavhalar qisqa sarlavhalardan yomonroq bo‘ladi. Agar sarlavha sitatadan iborat bo‘lsa va qo‘shtironoq ichida berilsa, uning esda qolinarligi 28%ga ortadi. Noodatiy sarlavhalar muvaffaqiyatli bo‘ladi. Masalan: «Agar siz o‘zingiz nima qilishni bilmasangiz, keling, bizda bu narsa bor».

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling