A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Siz 10000 so‘mni qanday tejab qolganingizdan xabardormisiz?


Download 0.81 Mb.
bet75/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Siz 10000 so‘mni qanday tejab qolganingizdan xabardormisiz?
Bu misolda qoridagidan farqli ravishda slogan (shior) bevosita iste’molchi manfaatiga qaratilmagan, u umumma’rifiy xususiyatga ega.
Slogan (shior) ta’siri darajasining yanada pasayib borishiga shu mazmundagi yana ikkita qo‘shimcha slogan (shior)ni e’tiboringizga havola qilamiz:
Biz Sizning 10000 so‘mingizni tejab qoldik.
Ushbu misolda urg‘u iste’molchiga emas, balki reklama beruvchiga berilmoqda (reklama beruvchining o‘zini maqtashi iste’molchida noxush taassurot uyg‘otadi).
10000 so‘m tejaladi.
Mazkur misol esa, umuman mavhum va uning iste’molchiga ta’sir ko‘rsatishi amrimahol.
Ilmiy tadqiqotlar hozirgi davrda sloganda quyidagi so‘zlarning bo‘lishi, uning ta’sir kuchini oshirishini ko‘rsatadi:
- Hoziroq buyurtma bering.
- Bugunoq buyurtma bering.
- Hozir buyurtma bering, pulini keyin to‘laysiz.
- Birinchi bo‘ling.
- Tafsilotlarini aniqlashga shoshiling.
- So‘nggi imkoniyat.
- Narxlar qimmatlashayapti.
- Yana bir imkoniyat.
Shior brend nomi va logotip bilan birgalikda reklama kampaniyasining doimiy bog‘lovchi elementi hisoblanadi hamda har bir reklama xabariga kiritiladi. Uni, odatda, reklama xabarining so‘nggida brend nomi yonida joylashtiriladi. SHior alohida bo‘lishi, logotip va brend nomi bilan birga bo‘lganda yodga tushishi mumkin.
Sarlavha – reklamaning juda muhim, reklama murojaati va asosiy dalilining mohiyatini aks ettiradigan qismidir. Aynan sarlavha iste’molchining e’tiborini tortishi, qiziqish uyg‘otishi, maqsadli doirani ajratishi, tovar (xizmat turi)ni aynanlashtirishi va pirovard natijada tovar (xizmat turi)ning sotilishini ta’minlashi lozim. Sarlavha e’tiborni jalb qilishi uchun betakror bo‘lishi va iste’molchiga dolzarb hisoblangan axborotni etkaza olishi lozim. Tovarning noyob savdosiga asoslangan reklama sarlavhaga ega bo‘lishi zarur.
Bevosita hamda bilvosita ta’sir etuvchi sarlavhalar bo‘ladi. Bevosita ta’sir etuvchi sarlavhalar – axborotga ega, maqsadli davraga ishonarli murojaat qiladi, tovarning afzalliklarini namoyon etadi, reklama va’dasini beradi, tovar toifasini belgilaydi.
Bilvosita sarlavhalar uchun tanlash va axborotlilik darajasi past bo‘lsa-da, samaradorligi bevosita sarlavhalarnikidan kam emas. Ular fisq-fasodli, ig‘vogarona va h.k. bo‘lib, bosh vazifasi o‘quvchini qiziqtirishdir.
Sarlavhalar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:
- iste’molchining e’tiborini tortishi;
- maqsadga muvofiq holda lo‘nda bo‘lishi lozim. O‘n va undan ortiq so‘zlardan iborat sarlavhalar lo‘nda sarlavhalarga nisbatan yomon qabul qilinadi;
-qo‘shtirnoqdan foydalanish, bunda sarlavhaning ta’sirchanligi 30 foizgacha oshadi;
-o‘zida bir yo‘la tovar yoki xizmatning afzalligini hamda yangilikni mujassamlashtirishi, qiziqish uyg‘otishi kerak;
-shaxsiy manfaatdorlikni yaratishi;
-iste’molchilarning ma’lum toifasiga murojaat qilishi;
-murojaat etilayotgan shaxsning e’tiborini darxol mahsulot afzalliklariga qaratishi;
-iste’molchi qiziqishini reklamaning ijodiy qismiga emas, balki mahsulotning o‘ziga qaratishi;
-reklama eltuvchining sahifalariga ko‘z yugurtirilganda mahsulot nomini eslab qolish uchun sharoit yaratish;
-reklama qilinayotgan mahsulot tasavvurining davomiy bo‘lishi;
-sarlavhadagi raqamlar bilan, ayniqsa, ular narxga aloqador bo‘lsa, e’tiborni tortishi;
-eski mahsulotlardan foydalanishning yangi usullariga oid yangiliklar uslubini qo‘llagan holda yoki “Yangilik”, “Birinchi marta” so‘zlari bilan e’tiborni tortish.
SHuningdek, sarlavhani qiyshaytirish, so‘zlar o‘rtasida ochiq joy qoldirgan holda qismlarga ajratish, uzun sarlavhalarni gapning o‘rtasidan boshqa satrga ko‘chirish mumkin emasligini yodda tutish lozim.
Reklamaning asosiy matni – iste’molchiga tovarning narxi, uning xususiyatlari, afzalliklari, ba’zi hollarda esa uni qaerdan xarid qilish mumkinligi borasida barcha zarur ma’lumotlarni berishi kerak.
Asosiy fikr matnning boshida yoki oxirida aniq ifodalangan bo‘lsa, bunday reklama xotiradi, ayniqsa yaxshi qoladi. Sarlavhaga olib chiqilgan fikr matn boshida boshqacha so‘zlar – amplifikatsiya bilan takrorlanishi ijobiy natija beradi. Bu reklamaning ifodaliligini va xotiradi qolishini kuchaytiradi. Reklamaning asosiy matni aniq, ravshan hamda ishonarli bo‘lib, xaridorni sotib olishga undaydi.
Aks sadoli jumla – reklama matnining oxirida turadigan, sarlavhani yoki murojaatning asosiy mavzusini so‘zma-so‘z, ba’zan esa ma’nosini takrorlaydigan jumladir. Aks sadoli jumla reklamada muhim rol o‘ynaydi, chunki iste’molchi ko‘pincha reklamaning boshini (sarlavhani) va oxirini (aks sadoli jumlani) o‘qiydi. SHuning uchun reklama matnidagi asosiy fikrni takrorlovchi aks sadoli jumla, butun reklama xabarining ta’sirchanligini oshira oladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling