A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet72/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Fotosuratlar – real voqelikni ta’kidlagan holda voqeahodisa yoki vaziyatning isboti bo‘lib xizmat qiladi.
Linogravyura texnikasidagi rasmlar – ko‘pincha original fotosurat asosida qilinadi. Ular juda aniq bo‘lib, qiziqarli ko‘rinadi, qo‘pol yuzalarda ham yaxshi ko‘rinadi.
Texnik va fotografik samara – oddiy fotosuratlarni alohida xususiyatli va sifatdagi shtrixli rasmlarga aylantirish uchun
xizmat qiladi.
Rangli rasmlar to‘liq rangli bosma ranglar oddiy kombinatsiyasidan iborat bo‘lishi mumkin (to‘rt xil – sariq, to‘q qizil, havorang va qora rang asosida).
Simvollar va nomlarning uslubiy bezalishi ham firma simvollari va ma’lum uslubga solingan nomlardan foydalanadi.
Logotip odatda firmaning turli blanklari va reklamatarg‘ibot materiallarida tanitadigan belgi sifatida qo‘llaniladi. Ayrim korxonalar o‘zining keng qamrovli uslubini ishlab chiqadi, bunda firma ishlab chiqaradigan barcha narsalarda, qo‘llanadigan barcha o‘rov turlarida, ko‘rgazma va ekspozitsiyalarni bezashda umumiy dizayn elementlari foydalaniladi.
Foydalaniladigan shriftlar. Barcha shriftlar to‘rtta asosiy guruhga bo‘linadi: Asosiy matnni terish uchun to‘g‘ri keladigan shriftlar, chunki ularni mayda kegl bilan zichlab yozilganda ham o‘qish oson bo‘ladi. Asosan to‘g‘ri rim shrifti asosida ishlab chiqilgan klassik rasmdagi shriftlar. Mayda keglli bunday shriftlar ba’zida asosiy matnni terish uchun ham foydalaniladi. Yirikroq kegl va qalinroq variantlar odatda rasmiylik va nufuzlilik taassuroti qoldirishga erishish kerak bo‘lganda ajratish maqsadida foydalaniladi. Sarlavhalar, alohida e’tibor qaratish istagida bo‘lgan so‘zlar guruhini terish uchun maxsus mo‘ljallangan ajratuvchi shriftlar. Turli xil g‘oyalar va kayfiyatlarni singdirish yoki etkazish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan ko‘plab bunday shriftlar mavjud. Ulardan foydalanishni bir nechta so‘z bilan chegaralash lozim bo‘lgan dekorativ shriftlar. Biroq ba’zida bu holatlarda ham ular baribir o‘qishni qiyinlashtiradi.
SHuni esdan chiqarmangki, so‘z qanday shrift bilan terilgan bo‘lmasin, u bir qarashdayoq osonlik bilan o‘qiladigan bo‘lishi lozim.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling