A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet155/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



  1. Reklama iqtisodiy samaradorligi deganda nimani tushunasiz?

  2. Reklama iqtisodiy samaradorligiga qanday omillar ta’sir etadi?

  3. Reklama samaradorligini aniqlashning baholash usulini moxiyati nimadan iborat?

  4. Reklamaning iqtisodiy samaradorligi qanday aniqlanadi?

  5. Reklamaning ijtimoiy samaradorligi deganda nimani tushunasiz?

  6. Reklamaning ijtimoiy samaradorligi qanday aniqlanadi?

  7. Internet reklamaning samaradorligi qanday aniqlanadi?

  8. Turistik reklamaning kommunikativ samaradorligi qanday aniqlanadi?


GLOSSARIY


Bozor - 1) talab va taklif uchrashadigan joy, bu erda ishlab chiqarilgan mahsulotning jamoatchilik sezayotgan ehtiyojga mos kelish darajasi aniqlanadi, mazkur tovarning boshqa raqobatchi tovarlar bilan raqobatbardoshligi taqqoslanadi; 2) tovar, xizmat va boshqa mulk turlari bilan almashish sohasi; 3) iste’molchilar guruhi; 4) mazkur tovarning barcha xaridorlari; 5) tashkillashtirilgan savdo joyi; 6) tovar va xizmatlarni olish manbai; 7) qandaydir mahsulot yoki xizmatlarning virtual yoki tabiiy aks ettirilgan mavjud yoki potensial xaridorlari va sotuvchilari majmui; 8) birja.
Bozor segmenti - taklif etilayotgan bitta mahsulot turi va marketing kompleksiga bir xilda munosabatda buluvchi iste’molchilar guruhi majmui.
Bozorni segmentlash - bozorni har biri uchun alohida tovarlar yoki marketing kompleksi talab qilinishi mumkin bo‘lgan xaridorlarning aniq guruhlariga bo‘lish, taqsimlash.
Bozorni tadqiq etish - 1) muntazam ravishda ishlab chiqarish bozorlarini (ishlab chiqarishni takomillashtirish uchun), ularning mavjud va potensial iste’molchilar ehtiyojini qondirish uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni ta’minlash qobiliyatini tadqiq etish. Tadqiqotlar sotuv bozori, ishchi kuchi bozori, kapital bozori, hamda xom-ashyo va materiallar bozorini qamrab oladi; 2) bozori sigimi, salohiyati, raqobatchilik muhiti va narx tavsifnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun bitta yoki bir nechta bozorlarning sifat va miqdoriy tahlili.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling