A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklama vositalarini qo‘llashning psixologik samaradorligi


Download 0.81 Mb.
bet153/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

15.3. Reklama vositalarini qo‘llashning psixologik
samaradorligi


Reklama vositalari psixologik ta’siri samaradorligi iste’molchilarni qamrab olish soni, bu vositalar inson xotirasida qoldiradigan taasurot chuqurligi va yorqinligi, e’tiborni jalb qilish darajasi bilan tavsiflanadi.


Reklamaning iste’molchi ongiga psixologik ta’siri samaradorligi kuzatuv, eksperiment va so‘rovlar yo‘li bilan aniqlanishi mumkin.
Kuzatuv usuli iste’molchiga alohida reklama vositalari ta’sirini tadqiq etishda qo‘llanadi. Bu usul passiv xarakterga ega, chunki kuzatuvchi bunda xaridorga ta’sir etmaydi, balki uni sezdirmasdan kuzatadi. Oldindan ishlab chiqilgan sxem bo‘yicha kuzatuvchi olingan ma’lumotlarni qayd qiladi, so‘ngra har tomonlama tahlil qiladi. Kuzatuvchi masalan, qaysi yarmarka stendi xaridorlar e’tiborini ko‘proq jalb qilishini, piyodalar u yoki bu vitrina oldida to‘xtalishini, mitrina bilan tanishuvdan so‘ng necha kishi magazinga kirishini, vitrinadagi qaysi tovar ko‘proq qiziqish uyg‘otishini qayd qiladi.
Kuzatuv usuli tabiiy sharoitlarda, iste’molchining ma’lum bir reklama vositasi bilan bevosita muloqotda reklamaning psixologik ta’sirini baholashga imkon beradi.
Alohida reklama vositalari samaradorligini baholab, birinchi navbatda bu vosita qo‘yilgan maqsadga erishishi aniqlanadi. Xususan, xaridorlar e’tiborini tashqi reklamaga (vitrinaga) jalb qilish darajasini aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin:

bu erda V – yo‘lovchilarning e’tiborini jalb qilish darajasi;
O – belgilangan vaqt davomida tashqi reklamaga (vitrinaga) e’tibor qaratgan kishilar soni;
P – xuddi shu davrda vitrina oldidan o‘tgan odamlar soni.
OAVda reklama e’lonlari chop etilishining amaliylik darajasi muayyan magazinda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin



bu erda D – reklama e’lonlarining amaliylik darajasi;
K – reklama qilinayotgan tovarni xarid qiladigan tashrif buyuruvchilar soni;
S – magazinda bironta xaridni amalga oshirgan xaridorlar umumiy soni.
Bunday ma’lumotlarni kassa apparatlaridan chiqqan cheklar ko‘rsatmalari bo‘yicha, reklama qilinayotgan tovarni xarid qilish holatlarining qayd qilinishi yordamida olish mumkin.
CHakana savdo korxonasining o‘zini reklama qiladigan vositalarning amaliylik ko‘rsatkichi bu vositalar qo‘llangan davrda magazinga tashrif buyurganlar sonining o‘rtacha bir kunda tashrif buyuruvchilar soniga nisbati hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar kuzatuvchilar tomonidan yoki fotoelement yordamida olinishi mumkin.
Kuzatuv usulidan foydalanishda barcha holatlarda qator shartlarga amal qilish zarur: kuzatuv ish kunlari (iloji bo‘lsa haftaning o‘rtasida) olib borilishi lozim; kuzatuvning davom etish muddati reklama vositasi xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Kuzatuv usuli bilan bir qatorda eksperiment usuli ham keng qo‘llanadi. Ushbu usul faol xarakterga egadir. Reklamaning psixologik ta’sirini o‘rganish bu erda eksperimentator tomonidan sun’iy tashkil qilingan sharoitlarda ro‘y beradi. Agar kuzatuvda faqat iste’molchining masalan, tovarlarni belgilangan tarzda joylashtirishga munosabati qayd etilsa, eksperimentator tovarlarni boshqacha joylashtirishi, so‘ngra xaridorlar reaksiyasini kuzatishi mumkin.
Xuddi shu tarzda eksperimentator turli reklama vositalari kombinatsiyasi yaratishi va xaridorlar reaksiyasini taqqoslash yo‘li bilan ularning orasida eng muvaffaqiyatlisini tanlashi mumkin.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling