A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Turistik reklamaning kommunikativ samaradorligi


Download 0.81 Mb.
bet149/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Turistik reklamaning kommunikativ samaradorligi – o‘tkazilgan reklama tadbirlari yoki reklama murojaatining maqsadli auditoriyaga nechog‘lik ta’sir ko‘rsatganligi bilan izohlanadi.
Kommunikativ samaradorlikni quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlashimiz mumkin:
1. Reklama tadbirlari o‘tkazilgandan keyingi turistik murojatlari sonining o‘zgarishi:


Bu erda: Ms, - turistik murojaatlar soni; Ns – o‘tkazilgan reklama tadbirlari soni. ΔM– reklama tadbirlari o‘tkazilishi natijasida turistik murojaatlar sonining o‘zgarishi.
2. Reklama tadbirlaridan so‘ng o‘rtacha turmahsulot xarid summasining o‘zgarishi

bu erda: Sh0-Sh1 – turmahsulot sotuv xajmining reklama tadbirlaridan so‘ng o‘zgarishi; Hs1 - Hs0 - reklama tadbirlaridan so‘ng xaridlar sonining o‘zgarishi.
3. Reklama tadbirlaridan so‘ng har bir mijoz o‘rtacha xaridi summasining o‘zgarishi:

Bu erda Vs1 - Vs0 - amalga oshirilgan xaridlarning o‘zgarishi; Ms1- Ms0 –mijozlar sonining o‘zgarishi.
Turistik reklama tadbirlarining moliyaviy samaradorligi. Moliyaviy yoki iqtisodiy samaradorlik reklama tadbirlari o‘tkazilishi natijasida olingan qo‘shimcha foydadan kelib chiqqan xolda ushbu foydaning reklama xarajatlariga, umumiy xarajatlarga, asosiy fondlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Turistik reklama tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi tovar aylanmasi, reklama xarajatlari, reklama tadbirlarining sotishga ta’siri, reklama o‘tkazilmagan taqdirda sotish xajmining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Shu bois ushbu ko‘rsatkichlarni umumiy model orqali ifodalash va samaradorlikni aniqlash mumkin. Bunday model M.Vidal va X.Volf tomonidan taklif qilingan bo‘lib “Vidal-Volf” modeli deb ham ataladi. Buning uchun reklama xarajatlarining boshqa raqib korxonalari reklama xarajatlariga nisbatan samaradorlik ko‘rsatkichi CEI (cost-efficiency index) ni aniqlab olish muhim xisoblanadi. Bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:

Bunda Vi va Vj- mos ravishda i va j turfirmalarning muayyan davrdagi sotish hajmi, Ei va Ej ushbu firmalarning shu davr mobaynidagi reklama tadbirlariga ajratgan xarajatlari hajmi.
Amaliyotda asosan samaradorlikning bazaviy usullaridan keng foydalaniladi. Bunda asosiy e’tibor turfirma tomonidan reklama tadbirlari o‘tkazilishi natijasida olingan qo‘shimcha foydaga asoslanadi. Ya’ni:


;

bunda Dq – reklama tadbirlari o‘tkazilishi natijasida olingan qo‘shimcha daromad; To‘r— reklama tadbirlari o‘tkazilgunga qadar o‘rtacha daromad miqdori; ΔD — reklama tadbirlaridan so‘ng daromadning o‘sish sur’ati, %; K– daromad olingan yoki daromad xisoblangan kunlar soni.


Endi reklama samaradorligini aniqlaymiz:



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling