A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Xalqaro reklama faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy kuchlar


Download 0.81 Mb.
bet146/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

14.3. Xalqaro reklama faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy kuchlar


Xalqaro reklama ijodiy strategiyasining uch qismi quyidagicha:

  1. Bozor auditoriyasi;

  2. OAVni tanlash,

  3. Reklama matni.




  1. Bozor auditoriyasi.

a) Umumiy ta’rif. Iste’molchiga bir qator omillar ta’sir qiladi: til, muhit, urf-odatlar, ehtiyoj, imkoniyat va hokazo. Mamlakatning iqtisodiy ahvolini e’tiborga olish zarur: turmush darajasi, mamlakat farovonligi va bu farovonlikning aholi qatlamlariga taqsimlanishi darajasi; joriy bitimlar hajmi aholining etakchi mashg‘uloti va kasbi. Odamlar kam ishlab topadigan mamlakatlarda qimmatli tovarlarga talab ham past.
Misol uchun, kompyuter ishlab chiqarilmaydigan mamlakatlarda diskovodlar, mikroprotsessorlar kabi kompyuter butlov qismlarini sotish uchun keng bozor haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas. Boshqa tarafdan bunday mamlakatlar arzon import kompyuterlari uchun yaxshi bozor bo‘lishi mumkin.
b) Siyosiy ahvol. Ayrim mamlakatlarning hukumati o‘z fuqarolari ustidan qattiq nazorat o‘rnatishgan. Qanday tovarlarni reklama qilish mumkin-u qandaylarini reklama qilish mumkin emasligiga, qaysi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, reklamada nima haqida gapirish mumkin ekanligi ham nazorat ostida.
Masalan, Skandinaviyada tovarni bezak buyum yoki farovonlik belgisi sifatida reklama qilish xavfli. Ayrim sotsialistik mamlakatlaridagi siyosiy ahvol ta’siri tufayli bunday reklama didsizlik hisoblanadi.
v) Marketing tadqiqotlarining muhimligi. Xalqaro bozorni o‘rganish paytida ma’lumotlarni kim va nima uchun to‘plaganiga, axborot yig‘ishning qanday usullari qo‘llanilganiga, axborot manbai ishonchli va aniq ekanligiga, ma’lumotlar eskirmaganligiga e’tiborni qaratish lozim. Xorij bozorini tadqiq qilish o‘z mamlakatidagi nisbatan qimmatga tushadi. Muayyan mamlakat shart-sharoitlarini inobatga olmaydigan firma o‘z savdosini xavf ostiga qo‘yadi.

  1. OAVni tanlash.

Dunyoning barcha joylarida efir OAVlari xukumatga tegishli bo‘lib, hukumat reklamani ham nazorat qiladi. Rivojlanayotgan ko‘pgina mamlakatlarda kinoteatrlardagi reklama ommaviylashgan.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling