A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet148/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



    1. Xalqaro reklama bozorlarida xalqaro kommunikatsiya vositalarining roli nimadan iborat?

    2. Xalqaro reklama bozorlarida milliy kommunikatsiya vositalarining roli nimadan iborat?

    3. Qanday xalqaro agentliklarini bilasiz?

    4. Qanday maxaliy ajnabiy agentliklarni bilasiz?

    5. Eksport reklama agentligi to‘g‘risida tushuncha bering.

    6. Ommaviy kommunikatsiyani amal qilishining umumiy shartlari nimalardan iborat?

    7. Reklama beruvchi qanday agentliklarni tanlashi mumkin?

    8. Xalqaro reklama faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy kuchlarni sanab bering.

    9. Ommaviy axborat vositalari nechta guruhga bo‘linadi?

    10. Xalqaro reklama ijodiy strategiyasi qanday qismlardan iborat?


15- BOB. REKLAMA FAOLIYATI SAMARADORLIGI


15.1. Reklama samaradorligi tushunchasi. Reklama samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar

Reklama samaradorligini aniqlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi


Birinchi bosqich maqsadni aniqlash bosqichi bo‘lib, bunda reklama samaradorligi qaysi maqsadda aniqlanishi, bunda qanday ko‘rsatkichlarga asoslanish lozimligi aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich mavjud ma’lumotlarni ma’lum tizimga keltirish amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich – reklama tadbiri samaradorligini aniq bir tadbir misolida prognoz qilish. Bunda alohida amalga oshirilgan tadbirlar va ularning byudjeti tahlil qilinadi. Masalan, poligrafiya xarajatlari, videoroliklar va reklama agentliklariga o‘tkazilgan mablag‘lar tahlil qilinadi.
To‘rtinchi bosqich – reklama samaradorligini aniqlash uchun zaruriy ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish. Masalan reklama samaradorligini mahsulotga nisbatan aniqlash, xarajatlarga nisbatan yoki xaridorlar sonidan kelib chiqil aniqlash.
Reklama samaradorligini aniqlashda “qamrab olish darajasi” ko‘rsatkichi muhim rol o‘ynaydi. Bu reklama tadbirlari davomida maqsadli auditoriyaning qanday ulushi qamrab olinganligini ko‘rsatadi. SHuningdek, reklamaning ishonchliligi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eng muhimi, har qanday vaziyatda ham samaradorlik mezoni muhim rol o‘ynaydi. Marketing amaliyotida reklama tadbirlarining samaradorligi uning xususiyatidan kelib chiqqan holda kommunikativ va moliyaviy samaradorlik ko‘rsatkichlarida baholanishi muhimdir.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling