A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet66/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Yomon

Yaxshi



Yomon


6.5-rasm. Reklamada tasvirni joylashtirish qoidalari
Uchburchak ham e’tiborni yaxshi jalb etadi. U qanday joylashganligiga qarab turlicha taassurot qoldiradi. Agar uchburchak ikki nuqtaga “tayansa” – bu barqarorlik, muvozanat. Agar u cho‘qqilardan biriga qo‘yiladigan bo‘lsa beqarorlik, harakat, qulash kabi taassurotni keltirib chiqaradi.
Noto‘g‘ri ko‘pburchaklarda bo‘lgani kabi uchburchakda ham o‘tkir burchak e’tiborni alohida jalb etishini hisobga olish kerak. Masalan, quyidagi rasmlarda uchburchakdagi o‘ng tomon pastdagi, beshburchakda esa – chap tomondagi yuqori burchak nihoyatda jozibadorlik bilan ko‘zga tashlanadi (6.6-rasm).


6.6-rasm. Tasvirni joylashtirishda o‘tkir burchaklarning ahamiyati
To‘g‘ri to‘rtburchak vertikal ko‘rinishiga ega bo‘lsa, unda aks ettirilgan axborot yaxshi anglanadi va o‘zlashtiriladi. Bu shakl yon tomoniga qo‘yilsa, taassurotdan yutqazadi. Reklamada gorizontal to‘g‘ri to‘rtburchakdan foydalanish zarurati tug‘ilsa, unda tasvirdan foydalanilib bu shaklni “jonlantirish” mumkin. Mazkur holda reklama e’lonining tashqi shakli emas, balki unda joylashtirilgan fotosurat yoki rasm qiziqish uyg‘otadi.
Vertikal to‘g‘ri to‘rtburchak kabi uning gorizontal shakli ham qanchalik cho‘zilsa, unga qiziqish shuncha kamayadi. Gorizontal cho‘zilgan to‘g‘ri to‘rtburchakdan faqat uzun buyumlar tasvirini ifoda etish uchun foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, eniga qaraganda bo‘yi ancha katta o‘lchamga ega bo‘lgan shakl (keng vertikal to‘g‘ri to‘rtburchak) baland va torga (tor vertikal to‘g‘ri to‘rtburchak) ancha kuchliroq taassurot qoldiradi.
Doira xuddi kvadrat kabi simmetrik va zerikarli ko‘rinishga ega bo‘lib, alohida e’tiborni jalb etmaydi.
Ellipis esa ancha qiziqarliroq ko‘rinadi. U reklamada to‘g‘ri to‘rtburchak kvadratga o‘xshash bo‘lmasligi kerakdek, doiradan uzoqroqqa “cho‘zilishi” lozim. “Oltin kesishuv” qoidasiga ko‘ra, ellipsning kichik diametri katta diametriga nisbatan 3:5 nisbatida bo‘lganda, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, oddiy va simmetrik shakllar murakkablariga qaraganda yaxshiroq va tezroq ko‘zga tashlanadi. Umuman olganda esa, shakl qanchalik uyg‘un bo‘lsa, shunchalik jozibali ko‘rinishga ega bo‘lishini unutmaslik kerak.
Reklamada ko‘pincha turli ko‘rinishdagi shakllar ishlatiladi. Bunday holda murakkab: umumiy uyg‘unlikni saqlash vazifasini hal etishga to‘g‘ri keladi. Bunga erishish uchun tasvir bilan e’lon o‘rtasida, shuningdek, bitta reklamadagi bir nechta tasvir o‘rtasida keskin ziddiyatli farqlardan qochish kerak. Kvadratdagi yoki to‘g‘ri to‘rtburchakdagi doira (aksincha, doiradagi kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak), shuningdek, doira yoki kvadratdagi uchburchak (aksincha, uchburchakdagi doira va kvadrat), ayniqsa ziddiyatli ko‘rinish hosil qiladi. Ularni bu tarzda faqat aniq bir reklamaning maxsus maqsadidan kelib chiqqan holda qo‘llash mumikn.
Turdosh shakllarni bir reklamada birlashtirish ham samarali qaror hisoblanmaydi. CHunki ularning bir xil shaklda ekanligi zerikarli taassurot uyg‘otadi. YA’ni, kvadratdagi kvadrat (yoki to‘g‘ri to‘rtburchakdagi kvadrat) juda bir xil shaklga ega bo‘lganligi uchun zerikarli ko‘rinadi. Doira yoki oval shakllari haqida ham xuddi shunday fikr bildirish mumkin.
SHakllarni uyg‘un birlashtirish, ya’ni bir yoki turli xildagi unsurlarni birlashtirish ko‘zga qiziqarli tashlanadi. Bunga misol tariqasida doirani, uning shakliga yaqinlashadigan to‘g‘ri burchakli shakllar (olti burchaklar yoki sakkiz burchaklar va hokazolar)ni keltirish mumkin.
Ayniqsa, reklama mazmunidan kelib chiqqan holda, turli tovarlar yoki xizmatlarni ifodalaydigan shakllar eng muvaffaqiyatli ko‘rinish hosil qiladi. SHunday qilib, shakllardan foydalanilganda quyidagi qoidalarni yodda tutish lozim:
- odamlar tomonidan oddiy geometrik shakllar murakkab, noto‘g‘ri shakllarga qaraganda tezroq va yaxshiroq qabul qilinadi;
- “oltin kesishuv” qonuni asosida uyg‘unlashtirilgan shakllar hamisha yaxshi taassurot qoldiradi;
- reklama mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan shakllar eng jozibali hisoblanadi;
- to‘g‘ri to‘rtburchaklar doira shakllaridan samaraliroqdir. Biroq, agar gazeta (jurnal) sahifasida to‘rtburchaklik shakl ustuvorlikni egallagan bo‘lsa, ularga zid keladigan noto‘g‘ri burchaklar: doira, oval, uchburchak yaqqalroq ko‘zga tashlanadi (tegishli ravishda, doira shakli ustuvorlik qilganda burchakli shakllar e’tiborni alohida jalb etadi);
- balandligi eniga qaraganda ancha katta bo‘lgan tasvir (keng vertikal to‘g‘ri to‘rtburchak) baland va tor tasvirga (tor vertikal to‘g‘ri to‘rtburchak) qaraganda samaraliroqdir. U eni balandligidan katta bo‘lgan tasvirda (gorizontal to‘g‘ri to‘rtburchak) yaqqolroq ko‘zga tashlanadi;
- o‘tkir burchakli shakllar (uchburchak, to‘rtburchak va hokazolar) uning qanday joylashtirilishidan qat’iy nazar, e’tiborni tortish markaziga aylanadi;
- to‘g‘ri to‘rtburchaklar, uchburchaklar hamda ellipslar kvadratlar
va doiralarga qaraganda e’tiborni ko‘proq jalb etadi;
- uzun va tor tasvirlar uzun va tor ob’ektlarni aks ettirgandagina samarali chiqadi.
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, reklama e’lonida geometrik shakllarga xos tasvir bo‘lmasa yoki u mutlaqo qiziqish uyg‘otmasa, alohida e’tibor qaratilishi lozim. Agar tasvir qiziqarli bo‘lsa, reklama uchun diqqatni chalg‘itmaydigan, “betaraf” – oddiy, uyg‘un, odatiy shakllarni tanlash maqsadga muvofiqdir. Ko‘p hollarda bu “oltin kesishuv” qoidasi bo‘yicha qurilgan to‘g‘ri to‘rtburchak hisoblanadi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling