1.2. Reklamaning asosiy maqsadlari. Reklamaning tijorat, notijorat va imidj bilan bog‘liq vazifalari
Reklama – kommunikatsiyaning shaxsiy bo‘lmagan shakllarini ifodalaydigan, axborot uzatishning pulli tarqatuvchilari vositasida amalga oshiriladigan omillardan biridir. Uning maqsadi - ommaviy yoki shaxsiy ongga kuchli ta’sir o‘tkazish yo‘li bilan hosil bo‘lgan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan xizmat haqi to‘langan axborotni tarqatish yo‘li bilan hissiyotlarga ta’sir qiladigan, tanlab olingan iste’molchilar auditoriyasiga zaruriy javob ta’sirini qo‘zg‘atadigan, ishga nisbatan ijodiy yondashuv va axborot to‘plash, hamda rejalashtirishda kasbiy mahoratni talab qiladigan maishiy yoki boshqa xil ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va jamoat tashkilotlarining vazifalarini amalga oshirishdir.
Reklamaning predmetiga ko‘ra uning ma’lum faoliyat sohalarini ajratib ko‘rsatish mumkin (1.1-jadvalga qarang).
1.1- jadval
Reklamaning faoliyat sohalari
Reklama faoliyatining maxsus sohalari
|
Reklamaning predmeti
|
Iqtisodiyot
|
Ishlab chiqarish, savdo, moliya, ishchi kuchini taklif qilish, ish izlash
|
Xizmatlar va xizmat ko‘rsatish sohasi
|
Maishiy turmush va dam olish buyumlarini tayyorlash, xizmatlar ko‘rsatish
|
Intellektual mulk sohasi
|
Ta’lim, tibbiyot, kitoblar, matbuot, bashorat, turizm
|
Tomoshalar
|
Sirk, teatr, konsertlar
|
Din
|
Missionerlik chaqiriqlari, diniy plakatlar, diniy marosimlarga takliflar
|
Siyosat
|
Saylovlardagi nomzodlarni tashviq qilish, mitinglar, namoyishlar, manifestatsiyalar (ommaviy yurishlar) shiorlari
|
Huquqshunoslik
|
Yo‘qolganlar haqida xabarlar, jinoyatchilarni qidirish, sud jarayonlariga taklif qilishlar
|
Xayriya
|
Xayriya marosimlari haqidagi xabarlar, ehson qilishga chaqiriq.
|
Fan va ekologiya
|
Ma’rifiy yo‘nalishdagi reklama, varaqalar, plakatlar, prospektlar, bukletlarni ommalashtirish
|
Oilaviy va shaxslararo munosabatlar
|
Nikoh haqidagi e’lonlar, tanishuvga, birgalikda sayohatga, ish boshlashga taklif qilish
|
Reklama quyidagi tamoyillarga asoslangan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |