A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet18/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar

  1. Reklamaning paydo bo‘lish va shikillanish bosqichlari qanday kechgan?

  2. Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumot bering.

  3. O‘rta asrlarda “Buyuk ipak yo‘li”ning reklama shakllanishiga ta’siri to‘g‘risida gapirib bering.

  4. Hozirgi davrdagi reklama va uning xususiyatlari to‘g‘risida gaprib bering.

  5. Xalqaro reklama assotsiatsiyasi kachon tashkil etilgan?

  6. Xalqaro reklama assotsiatsiyasining vazifalari nimalardan iborat?

  7. O‘zbekistonda reklamaning rivojlanishi to‘g‘risida gapirib bering.

  8. O‘zbekistonda reklama faoliyatini tashkil etishning xuquqiy asoslari to‘g‘risida tushuncha bering.

  9. Reklama xizmatini tashkil etish deganda nimani tushunasiz?

10.Dunyodagi yirik reklama agentliklari va ularning vazifalari to‘g‘risida tushuncha bering.


3- BOB. REKLAMANING IJTIMOIY - PSIXOLOGIK JIHATLARI


3.1. Reklamaning iste’molchilarga ijtimoiy–psixologik ta’siri


Reklama beruvchining asosiy maqsadi – iste’molchini reklama qilinayotgan maxsulot bilan qiziqtirish. Bunga erishish uchun reklama tayyorlovchilardan barcha vositalardan samarali foydalanish talab etiladi.
Olimlar inson ta’sirchanligini o‘rganish natijasida shunday qarorga kelishgan: ta’sir etish darajasi geometrik progressiyada o‘sadi, qabul qilish sezuvchanligi arifmetik progressiyada o‘sadi. bunda mutaxassislar mashhur Texner qonunining mavjudligini aniqlaydilar, boshqacha qilib aytilganda bu psixofizik qonun deyiladi.
Oldindan ma’lumki, his qilish, asabiylashish omili tez yuzaga keladi. Tajribalar funksional qaramlik ko‘rinishini aniqlashtiradi va bu quyidagi formulada o‘z aksini topdi:
E=KxLgI+S
bunda: E – his qilish intensivligi;
I – asabiylashish intensivligi;
K va S – boshqa konstanta (o‘zgarmas) lar
Agar E sezgirligini (yoki DE) oshirish uchun I asabiylashish omilini sezilarli ko‘paytirish kerak. Ammo bu faqat nazariya hisoblanib, amaliyotda undan doim foydalanishning iloji yo‘q. Chunki, ta’sir etishni ma’lum darajasi qabul qilishning teskari natijasini olib kelishi mumkin. Shuning uchun iste’molchiga ta’sir qilishning boshqa ko‘rinishlari kerak bo‘ladi. Hozirgi kunda bunday ko‘rinishlar ishlab chiqilgan. Halqaro reklamada biror bir maxsulotni sotib olishga olib keluvchi psixologik ta’sir ketma- ketligi formulasi quyidagicha:
Psixologik ta’sir ketma-ketligi = A x I x D x A
bunda: A – e’tibor (attenfion);
I – qiziqish (interest);
D – xoxish (desire);
A – faoliyat (activiti)
Ba’zan bu formulaga yana bir element qo‘shiladi – motiv (M). Unda bu formula quyidagicha shakllanadi:
Psixologik ta’sir ketma-ketligi = A x I x M x D x A
AIMDA faqatgina intensiv ta’sir jarayoni belgilangan, shu bilan birga u faoliyat dasturini o‘z ichiga oladi. Bu jarayonning qanday bajarilishiga qarab reklamaning muvaffaqiyati yoki omadsizligi belgilanadi.
Avvalombor, motiv nimani anglatishini belgilay olish kerak. Har xil insonlarning ehtiyoji turlicha bo‘lgani sababli iste’mol qilish motivlari (sabablari) ham turlicha bo‘lib, murakkab, doimiy, vaqtincha va h.k bo‘lishi mumkin. Ayniqsa ehtiyojni aniqlashtirish natijasidagi turlari asosiy hisoblanadi. Bir qator keng tarqalgan motivlar turlarini keltirish mumkin. Bular quyidagilardir:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling