A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasida reklamaga nisbatan qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablar


Download 0.81 Mb.
bet14/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1.3. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasida reklamaga nisbatan qonunchilikda belgilab qo‘yilgan talablar

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni(1998 yil 25 dekabr)da reklama — bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot deya tariflanadi.


Reklama – bozorning muhim va nozik xisoblangan elementidir. Sog‘lom raqobat muhiti shakllangan bozorda reklama raqobat kurashida yutib qichishning hal qiluvchi omili hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasida reklamaga doir asosiy talablar keltirilgan. Ushbu moddaga muvofiq reklamaga doir asosiy talablarga quyidagilar kiradi: qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma’naviy zarar etkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish.
Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to‘g‘risida axborot tarqatish;
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning sog‘lig‘i yoki hayotiga va atrof muhitga zarar etkazuvchi yoxud zarar etkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsizlik tuyg‘usini uyg‘otuvchi harakatlarga da’vat qilish;
majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish;
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo‘llaniladigan umumiy echim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash (taqlid yoki o‘xshatma qilish);
jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
pornografiyani tarqatish;
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xorijiy so‘z va iboralardan foydalanish;
mahsulot davlat organlari yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
ishtirok etish uchun muayyan mahsulotni olish sharti qo‘yilgan rag‘batlantiruvchi lotereya, tanlov, o‘yin yoki shunga o‘xshash boshqa tadbir o‘tkazishni tadbirning tashkilotchisini, uni o‘tkazish qoidalari va muddatlarini, bunday tadbir haqidagi axborot manbaini, mukofotlar yoki yutuqlar miqdorini, ularni olish muddatlari, joyi va tartibini ko‘rsatmagan holda reklama qilish;
mahsulotni tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi reklama qilish taqiqlangan yoxud reklama qilishga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan mahsulotning tovar belgisi yoki xizmat ko‘rsatish belgisi bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa mahsulotning reklamasi ko‘rinishida reklama qilish va boshqalar.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling