A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet15/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar

        1. “Reklama faoliyatini tashkil etish” fanining mazmuni, mohiyati, predmeti va vazifalariga tushuncha bering.

        2. Reklamaning asosiy maqsadlari to‘g‘risida tushuncha bering.

        3. Reklamaning tijorat, notijorat va imidj bilan bog‘liq vazifalari to‘g‘risida tushuncha bering.

        4. Reklamaning ijtimoiy-iqtisodiy moxiyati to‘g‘risida tushuncha bering.

        5. Reklama turlarini tavsiflab bering.

        6. Bozor rivojlanishining turli bosqichlarida reklama xal etadigan vazifalar to‘g‘risida tushuncha bering.

        7. Reklamaga qo‘yiladigan umumiy talablar to‘g‘risida tushuncha bering.

        8. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?

        9. O‘zbekiston Respublikasida reklamaga nisbatan qonunchilikda qanday talablar qo‘yilgan.

10.Reklamaning jamiyatdagi o‘rni to‘g‘risida gapirib bering.




2-BOB. REKLAMANING RIVOJLANISH TARIXI


2.1. Reklamaning paydo bo‘lish tarixi


Reklama - atamasi lotincha “reklamare”- “qichqirmoq yoki xabar qilmoq” so‘zidan kelib chiqqan (qadimgi YUnoniston va Rimda e’lonlar qattiq qichqirib e’lon qilinar yoki xalq to‘planadigan maydonlar va boshqa joylarda o‘qib berilar edi). SHuningdek, Qadimgi Vavilonda ham qochib ketgan qullar to‘g‘risidagi e’lonlar mavjud bo‘lib, bu ham ma’lum ma’noda reklama elementlarini o‘z ichiga olgan desak xato bo‘lmaydi.
Reklama ilmiy nuqtai nazardan tadqiq qilinar ekan, nazariyachilar uning tarixini turli voqea-hodisalar bilan bog‘laydilar. Ko‘pchilik tarixchilar reklamaning axborot tashuvchi vosita sifatidagi qo‘llanilishi qadimgi sivilizatsiyalarda boshlangan, deb hisoblashadi. Sopol, yog‘och yoki toshdagi yozuvlar, ko‘chalardagi peshlavhalar reklamaning ilk shakllari edi. CHunki, qadimda ko‘pchilik kishilar o‘qish, yozishni bilmas, reklama bevosita belgi yoki buyum ko‘rinishida amalga oshirilardi, Masalan, poyafzal ustaxonasida biror bir oyoq kiyimi osib qo‘yilardi. E’tibor bersak, bunday “ibtidoiy usul”lar hali-hanuz ayrim joylarda (do‘kon, ustaxona, shaxobchalarda) ko‘zga tashlanadi. Qadimda buyumlarga ma’lumotlarning turli belgilari qo‘yilgan. Kulolchilik buyumlariga hattotlar reklamaga xizmat qiluvchi shakllarni ko‘chirgan. Bu hol takomillashib, hozirgi kunda reklama muayyan sohaga aylanib ketgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Reklama haqidagi yozma manbalar qadimgi SHumer, Qadimgi Misr papiruslarida uchraydi. Bizgacha etib kelgan Qadimgi YUnoniston reklamalaridan birida shunday deyilgan: “ko‘zlar doimo chaqnab turishi, yonoqlar alvon kabi tovlanib turishi va qizlar go‘zalligi doimo saqlanib turishi uchun, aqlli ayollar Eksliptosdan qulay narxlarda atir-upa sotib oladi”.
Reklamaning tarixi, uning tomirlari juda qadimga borib taqaladi. Reklamaning tarixiy eakanligi shundan dalolat beradiki, Rimliklar eng qadim davrda gladiatorlar janglari haqidagi e’lonlar bilan devorlarni bezaganlar, ko‘chalarda jar solib odamlarni xabardar qilgan, ularni mashxur gladiator jangchi nomlarini aytgan holda odamlarni qiziqtirgan.
Qadimgi Gretsiyadagi «Oltin asr» Afina ko‘chalari bo‘ylab yurgan qullar, qora mollar va boshqa maxsulotlarning sotilishi haqida jar solgan jangchilarni ko‘rgan. Reklamaning yana boshqa bir ko‘rinishi tamg‘a bo‘lib, uni sotuvchilar o‘z maxsulotlariga qo‘yganlar. Masalan, o‘sha davrlarda sotuvchi va savdogarlar maxsulot sifatini tekshira turib tamg‘a qo‘yganlar.
1450 yil, Gutenburg tomonidan bosma dastgoxning ixtiro qilinishi o‘sha yili reklama tarixida katta burilish yili bo‘lgan. Birinchi bosma e’lon 1478 yilda ingiliz tilida paydo bo‘lgan. 1622 yilda reklama kuchli taraqqiyotga ega bo‘lgan.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling