A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Dunyodagi yirik reklama agentliklari. Reklama agentliklarining asosiy vazifalari


Download 0.81 Mb.
bet17/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

2.3. Dunyodagi yirik reklama agentliklari. Reklama agentliklarining asosiy vazifalari

Bundan tashqari yirik reklama agentliklari savdoning turli sohalarda faoliyat olib boruvchi ekspertlar bilan ham yaqindan hamkorlik olib boradilar. Odatda ularning mijozlari yirik korporatsiyalardir. SHu sababli agentliklar turli uslubiyot va strategiyalarga ega. Ular savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan barcha dalillarni yig‘uvchi va tahlil qiluvchi markazlarga aylangan. Ushbu tajriba ularga har qanday tadbirkorning savoliga javob berishga imkon beradi.


Reklamaning kuchi va ahamiyati jahon tajribasidan ma’lum. U avvalambor, ixcham, badiiy ifodalangan shaklda berilgan hissiy bo‘yoqlarga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlar haqidagi eng muhim dalillar hamda ma’lumotlarni potensial xaridorlar ongi va diqqatiga etkazadigan axborotni mujassamlashtiradi. SHu bilan birga ta’kidlash lozimki, reklama har doim axborotdir, lekin axborot esa har doim ham reklama bo‘lavermaydi.
Reklama agentligi – bu reklama beruvchilar uchun ixtisoslashtirilgan xizmat turlarini taklif etuvchi vositachidir. Boshqacha qilib aytganda, reklama agentligi bu tajribali mutaxassislar, ijodiy xodimlar va tijoratchilardan iborat mustaqil tashkilotdir.
Bu agentliklar shunday muhitni tashkil etadiki, unda turli yo‘nalishdagi mutaxassislar birgalikda harakat qilishib, individual mijoz uchun natijali reklama yaratilishida o‘z mahoratlarini birlashtiradi va namoyon etadi.
Alohida reklama beruvchilarga nisbatan agentliklar takdim etayotgan xizmatlar soni ancha yuqori va ularning assortimenti esa ancha kengdir.
Reklama beruvchi tashkilotlardan tashqaridagi turli xil muammolarni echish jarayonida orttirilgan keng tajribalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Ulardan tashqari tashkilot tarafdori bo‘lgan agentlik reklama beruvchining muammolariga ob’ektiv nuqtai nazardan yondoshishi mumkin.
Reklama agentliklari mustaqil tashkilot bo‘lib, joriy ishchilar va savdo bilan shug‘ullanuvchilardan iborat. Ular maxsulot va xizmatlari uchun xaridor topish maqsadida bo‘lgan buyurtmachilar bilan ish olib boradilar. Ularga reklama ishlab chiqadi, tayyorlaydi va reklama vositalari bilan axborot materiallarini joylashtiradi.
Odatda agentliklar potensial mijozlarga turli mutaxassislar xizmatini taklif etadi. Ular matnchilar, rassomlar, televideniya xodimlari, radio xodimlari, prodyusserlar, tadqiqotchilar va boshqa mutaxassislardan iborat bo‘lishi mumkin.
Asosiy reklama agentligi xizmatiga yirik reklama beruvchilar murojat etadi, chunki xizmat haqi juda balanddir va ko‘pgina mayda savdo bilan shug‘ullanuvchilar o‘z reklamalarini o‘zlari tayyorlashadi, yoki maxalliy ommaviy vositalardan foydalanishga harakat qiladilar.
Bundan tashqari yirik reklama agentliklari savdoning turli sohalarda faoliyat olib boruvchi ekspertlar bilan ham yaqindan hamkorlik olib boradilar. Odatda ularning mijozlari yirik korporatsiyalardir. SHu sababli agentliklar turli uslubiyot va strategiyalarga ega. Ular savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan barcha dalillarni yig‘uvchi va tahlil qiluvchi markazlarga aylangan. Ushbu tajriba ularga har qanday tadbirkorning savoliga javob berishga imkon beradi.
Reklama agentliklarining xizmatlariga, xattoki, o‘zlarida kuchli reklama bo‘limlari mavjud bo‘lgan firmalar ham murojaat etadi. Agentliklarda joriy va texnik mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadi. Reklama agentliklarining mutaxassislari reklama bo‘limlari mavjud bo‘lgan firma mutaxassislariga qaraganda yaxshiroq va sifatli bajarish imkoniyatiga ega.
Undan tashqari agentlik turli mijozlarning muammolarini echish bo‘yicha tajribasini firma oldida namayon eta oladi.
Reklama nazariyasiga asosan xohlagan reklama agentliklari o‘zining falsafasini ilgari suradi, ya’ni reklama faoliyatiga reklama biznesi bilan endigina shug‘ullanuvchilar aniq reklama agentliklarning maqsadining bir ko‘rinishi, ya’ni qisqa vaqt ichida ko‘p pul olish emas balki, samarali reklamaga erishish lozim deb ta’kidlaydi.
Reklama agentliklarining falsafasi quyidagilardan iborat:

  • agentliklarning nuqtai nazaridan qaysi reklama samaraliroq;

  • qaysi maxsulot reklama agentliklarining nuqtai nazarida yaxshiroq;

  • qanday qilib reklamani yaratish mumkin;

  • qanday holda biznesni olib borish va firmani "yuz"ini shakllantirish kerak;

  • agentliklarning raqobatga chidamliligiga nima sabab.

Chet elda faqat bir xil tarmoq bilan shug‘ullanuvchi reklama agentliklari mavjuddir. Ular servis xizmatlari bo‘yicha, aloxida yunalishlari buyicha marketing tahlillari orqali iste’molchilarga butun ishlarni ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat yuritadilar. Ammo ko‘p tashkilotlar bir tizim orqali ishlaydilar, ya’ni hamma ishlari faqat bir mutaxassis orqali amalga oshiriladi. Ular odatda loyixani asoschisi, reklama brend – menejment sifatida karaladi, ammo bu uchun u firmaning muhim mahsulotlarini reklama qilishi zarur.
Ammo qanday faoliyat yuritmasin reklama agentligi 4 ta qismdan iborat bo‘ladi.
Bular quydagilardan iborat:

  • ijodiy bo‘lim - reklamani ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi;

  • reklama vositalari bo‘limii - bu reklamani qaysi turi tanlanishi va joylashtirlishi to‘g‘risida ish olib boradi;

  • tadqiqotlar bo‘limi - auditoriya xarakteri va talabini o‘rganadi;

  • tijorat bo‘limi - mijozning tijorat faoliyati bilan shug‘ullanadi.

Kichik reklama agentliklari aniq tizimga ega emas. Ba’zida bir bo‘lim ko‘plab vazifalarni amalga oshiradi. Yirik firmaning reklama bo‘limlari reklama agentliklari bo‘la olmaydi, chunki bunday bulim faqat o‘zining korxonasiga xizmat qiladi, ammo ularni ham reklama agentliklari deb yuritish mumkin.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling