A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet19/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1. Estetik motivlar. Bunda asosiy e’tibor maxsulot o‘ramiga, tashqi jozibadorligiga, o‘ziga xos bezak berilganligiga e’tibor beriladi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, reklamaning bunday vaziyatdagi vazifasi – ajralib turiladigan estetik xususiyatlarni namoyon qilish. Bunday motiv uzoq umrli hisoblanadi, chunki insonlarni doimo chiroyli narsalar o‘ziga jalb qilib kelgan. Bu ko‘rinishdagi motivlar asosan yuksak ma’naviyli, aristokratlik xislati, yuqori didli kishilarda uchrab turadi. Agar reklama beruvchi yuqori did sohibi bo‘lsa, hamda zamonaviy dizayn, ranglar uyg‘unligi, nafosatga e’tibor bersa, uning omadi kelishi kafolatlidir.
2. Nufuzli motivlar. Bu motivning asosiy vazifasi, insonni jamiyat nazarida yuksaltirish, uni «nufuzli narsalar» bilan o‘rab olishdadir. Bunday ta’sir ko‘pincha yuqori ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan insonlarda sezilarli darajada ko‘rinadi. Ular uchun quyidagi reklamalar ishlab chiqarish mumkin: «Parlament», «Senator» - sigaretlari yuqori mavqega ega bo‘lgani uchun bunday insonlar narx bilan baxslashmaydilar.
3. Unitar motivlar. Agar bunday motivlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, unda iste’molchilarni maxsulot sifati, yaroqlilik muddati, ko‘pdavriylik kabilar qiziqtiradi. Bunday maxsulotlarni amaliyotli , birinchi o‘rinda ekspluatatsiya muddatining uzoqliligiga e’tibor berishadi. Reklama beruvchilar o‘z reklamasida maxsulotlarning sifati, ishlitish qulayligi, shinamlilikka urg‘uni beradilar.
4. An’anaviy motivlar. Turli xalq milliy madaniyatini tarannum etuvchi motivlari faqatgina o‘z mamalakati ichida sotiladigan maxsulotlar uchun e’tiborga olinadi. Bunday reklama milliy xususiyatlarni belgilab o‘tishi kerak, masalan: aynan shu davlatning sog‘liq, yoshlik, yuksalish ma’nolarni anglatuvchi ranglar, kiyim va bayroqlardan foydalanish mumkin.
5. Erishtiruvchi motivlar. Bunday sabab nufuzli motivlarga yaqin hisoblanadi. Bunda reklama mashhur akterlar, xonanda, sportchilar qatnashadilar. Bunday ta’sir iste’molchilarning tanlash qarori va mashxur kishining taklifi asosida xarid qiladi.
Katta hammaga ta’sir etuvchi motivlar ijobiy yutuqqa ega bo‘ladi. O‘z ishini mukammal bilgan reklama beruvchilar bir qator jarayonlarni amalga oshirishi maqsadga muvofiq.
YUqorida ta’kidlanganidek, motivlar turlicha bo‘lishi mumkin. Ularning ba’zilari shunchalik tez uchraydiki, sotuvchilar ulardan tez- tez foydalanadilar. Masalan, bozorlarda maxsulotlar haqida yangi, shirin, ekologik toza degan iboralarni eshitish mumkin. Quyidagi sabablarga ko‘ra xaridlar amalga oshiriladi:
xavfsizlik (S)
bog‘liqlik (A)
qulaylik (V)
g‘urur (O)
yangilik (E)
Ana shu tamoyillar asosida SABOPE modeli amal qiladi. Reklamada tez-tez quyidagi modellar uchrab turadi.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling