A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet101/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

O‘yinchoqlar quyidagicha namoyish etilishi lozim:
ular tayyorlangan materialga qarab (plastmass, yog‘och, metall, rezina, yumshoq o‘yinchoqlar);
yosh tamoyili bo‘yicha – eng kichik go‘daklar uchun, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun, boshlang‘ich sinf bolalari uchun va h.k.
Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar solingan qutilar imkon qadar ochiq holda, ya’ni bolalar o‘ynagan paytda foydalanadigan ko‘rinishda namoyish etilishi kerak. Kubiklardan ertaknamo shaharlar qurish, «Lego» kabi o‘yinchoqlardan turli mashina, uy, robot va h.k. yasash mumkin. Qo‘irchoqlarni vitrinada bo‘ynidan, qo‘li yoki oyoqlaridan osib qo‘ymaslik lozim. Ularni shisha tokchalar, kublar, dekorativ funksional takliklarda namoyish etgan ma’qul. Agar qo‘g‘irchoqni polga turg‘azib qo‘yish kerak bo‘lsa, uni vitrina poliga to‘g‘nag‘ichlar yoki qarmoq ipi bilan mahkamlab qo‘yish mumkin. YUmshoq o‘yinchoqlar polga to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi.
Vitrinada matolarni namoyish etish. Vitrinada namoyish etiladigan matolar mavjud assortimentga muvofiq butun bir seriya ko‘rinishida joylashtiriladi: ip gazlama, zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolar, ipak va jun gazlamalar. Boshqacha – tematik yondashuv bo‘lishi ham mumkin, bunda matolar ularning nomi va foydalanish imkoniyatlariga qarab tanlab olinadi. Vitrinalar tematikasi xilma-xil bo‘lishi mumkin: «Dam olish va sport uchun matolar», «Oqshomgi kiyimlar uchun matolar», «Kundalik kiyim-bosh uchun matolar», «Bolalar uchun matolar» va h.k. Matolardan dekorativ maqsadlarda foydalanish «Bolalar xonasi uchun matolar», «Oshxona uchun matolar», «Xonadon intereri uchun matolar» kabi tematik vitrinalarda o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Bunday tematik vitrinalarda xilma-xil matolarni uyg‘unlashtirish mumkin. Rangi va fakturasi bo‘yicha bir-biridan keskin farq qiladigan mahsulotlar bezatilgan vitrinaga alohida ko‘rkamlik bag‘ishlaydi. Vitrinalarni bezatishda yil mavsumi ham albatta hisobga olinishi kerak. Bahor-yoz mavsumida asosan ip gazlama, zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolar, ipak matolar, to‘r matolar; kuz-qish mavsumida esa – kostyum, palto, oqshom ko‘ylaklari, yubka va bluzkalar uchun matolar namoyish etiladi. Matolarni namoyish etish uchun manekenlar qo‘llanadi. Ularning yonida erkaklar va ayollar uchun bijuteriya, atir, loson, odekolon, sumka, bo‘yinbog‘ va h.k. qo‘yiladi. Amaliyotda ba’zida mo‘‘jaz manekenlardan foydalaniladi. Ular vitrina maydonidan foydalanishda tejamkorlikka xizmat qiladi, biroq matolarni amalda qo‘llash haqida noto‘g‘ri tasavvur berishi mumkin. Vitrina matoning natural rangi va fakturasini, uning rasmlari xarakterini namoyish etish uchun maksimal imkoniyatlar yaratadi.
Matolar vitrinada bir-biri bilan uyg‘unlashishi lozim. Rasmlar katta-kichikligi va xarakteri turlicha bo‘lgan guldor, olachipor matolar yaxshi uyg‘unlashmaydi. Ularni kotnrast bo‘yicha tanlab olingan, bir tekis bo‘yalgan yoki neytral rangdagi matolar bilan birga ko‘rsatgan ma’qul. Och, pastelga oid tusdagi (pushti – havorang, och binafsha rang – och yashil, och jigar rang – och yashil), qalin «quyi» ranglar (binafsha rang – yashil, to‘q qizil – binafsha rang), keskin farq qiladigan (och yashil bilan to‘q sariq, sariq bilan ko‘k) tusdagi matolarni joylashtirishda eng yaxshi uyg‘unlikka erishiladi. Matolarni vitrinada joylashtirish bu bir san’atdir. Matolarni vitrinada joylashtirishning ko‘plab usullari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardir:

  • yirik gulli matolar planshet, silindrx, reyka, manekenlarda ko‘rsatiladi; bunday matolarni mayda qatlab bo‘lmaydi, bunda ularning guli buziladi;

  • ko‘ylak tikiladigan jun, tabiiy ipak matolar va boshqa yumshoq tabiiy matolar to‘g‘ri yoki burchakdan qatlab taxlanadi;

  • bunday qatlar plastik bo‘lib, mato namunalari chiroyli ko‘rinadi;

  • erkaklar kostyumi uchun matolar planshetlarda namoyish etiladi;

  • parda uchun matolar reykaga osilgan holda ko‘rsatiladi.

Matolarni bezatish amaliyotida «tortilgan burma» usulidan foydalaniladi. Uning yordamida kundalik kiyimlar uchun matolar namoyish etiladi. Turli mato bo‘laklari bir-biriga taqab joylashtiriladi va go‘yki yaxlit bir matoni hosil qiladi. Bunday namoyish qilishda rangi spektral tarkibi bir-biriga yaqin, lekin toni va to‘yinganlik darajasi bo‘yicha turlicha (masalan, qizil, sariq, yashil rang tuslari) bo‘lgan matolarni birlashtirish mumkin. SHuningdek, matolarni rang spektri bo‘yicha ketma-ketlikda (binafsha rangdan qizilgacha qarab) joylashtirish ham mumkin. Matolarni do‘kon vitrinasida joylashtirishning yana boshqa bir usuli «to‘g‘ri burama» deb ataladi. Buning uchun matoning bir uchi ko‘rsatkich va o‘rta barmoq o‘rtasida siqiladi, buramaning kerakli eni belgilab olingach, buramalar qati o‘zidan oldinigisiga qarab tekislanadi. Buramalar bir xil chuqurlikda bo‘lishi lozim.
Butun bo‘lak shunday taxlab chiqilgach, mato to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlab qo‘yiladi. Ayrim holatlarda buramaning uchlari reykaga maxkamlab qo‘ygan holda tortiladi. Bu usul shuningdek, ip gazlama, zig‘ir toladan to‘qilgan matolar, ipak matolar hamda donabay mahsulotlar: sochiq, salfetka, dasturxonlarni namoyish etishda foydalaniladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling