A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Vitrinada erkaklar kiyimini namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet98/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Vitrinada erkaklar kiyimini namoyish etish. Do‘konlar vitrinalarida erkaklar, ayollar va bolalar uchun kiyimlar alohida namoyish etiladi. Bitta vitrinada uchala guruhdagi kiyimlar birgalikda namoyish etilishi ham mumkin. Vitrinani bezatishda dekorator kiyimlarni namoyish etishning turli usullaridan foydalaniladi. Eng keng tarqalgan usul uni manekenlarda ko‘rsatish hisoblanadi, chunki ular yordamida tikuvchilik mahsuloti fasoni haqida to‘laroq tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
O‘rtacha o‘lchamli kiyimlar tanlash kerak, chunki standart manekenlar o‘rta va kichik o‘lchamlar uchun mo‘ljallanadi. Manekenni tanlab olgach, uning qanday ahvolda ekanligini, etarli darajada mustahkamligini, undan qanday holatda foydalanish mumkinligini tekshirish zarur.
Kiyimlar bilan vitrinani bezatishda dekorator quyidagi umumiy tamoyillarga rioya qilishi lozim:

  • ustkiyim doimo engil ko‘ylak bilan birga ko‘rsatiladi, chunki bunday ansambl reklama samarasini kuchaytiradi;

  • vitrina xarakteri va uslubi mavsumga mos kelishi lozim;

  • maneken rangi va stilizatsiyasi kostyum xarakteriga mos kelishi lozim (masalan, bir xil tusda bo‘yalgan va stilizatsiya qilingan maneken chiroyli kostyumni yanada ko‘rkam qilib ko‘rsatadi).

Erkaklar kiyimi jiddiy, ritmik tarzda joylashtiriladi, bu ushbu tovarning xarakteriga mos keladi ham. Kompozitsiyada gorizontal va vertikal chiziqlar afzalroq, bunda quyidagi detallarga e’tibor qaratish kerak: kostyum tugmalari qadalgan, shim tartib bilan tortilgan, manekenlar yon tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Manekenni kiyintirishga kirishidan oldin tanlab olingan kiyim yaxshilab tozalash va dazmollash kerak. So‘ngra o‘ylab qo‘yilgan rejaga ko‘ra ko‘ylak va kostyum tanlanadi. Dastlab manekenga uning qo‘llarini ajratib turgan holda ko‘ylak kiydiriladi va bo‘yinbog‘ taqiladi. So‘ngra maneken biroz ko‘tarib, qiyalatgan holda shim kiydiriladi. SHimning bel qismi manekenga moslab, to‘g‘nag‘ich qadab qo‘yiladi. SHundan so‘ng, maneken qo‘llarini ko‘ylakning engidan o‘tkazib, mahkamlanadi va ortqaga qayirib, pidjak kiydiriladi. Ba’zida maneken qo‘llarining holati pidjakni bu tarzda kiydirishga imkon bermaydi. SHunda pidjak dastlab manekenga mahkamlangan birinchi qo‘lga kiydiriladi, ikkinchi qo‘l esa ko‘ylak va pidjakning engi orqali o‘tkazib, manekenga mahkamlab qo‘yiladi. Agar manekenga kiydirilgan pidjak o‘yiq va chuqur joylar hosil qilgan bo‘lsa, pidjak maneken figurasini chiroyli qilib ko‘rsatishi uchun bu joylar g‘ijimlangan qog‘oz bilan to‘ldiriladi. Oqshomgi kostyumlarni namoyish etishda ko‘krak cho‘ntagiga ro‘molcha yoki shaklan ro‘molchani eslatib turadigan katron qog‘ozcha solib qo‘yiladi. Ko‘ylak manjetlari pidjak engidan sal chiqib turishi kerak. Bu tarzda ko‘rsatish yoqimli taassurot qoldiradi, kostyum esa manekenda chiroyli va orasta ko‘rinadi. Mavsumga mos ravishda kostyum ustidan plaщ yoki palto kiygazib qo‘yilishi mumkin. Xaridor kiyimni yaxshiroq ko‘rib chiqishi uchun plaщ yoki paltoning etagi qadalmaydi, balki bir tomoni qaytarib, to‘g‘nag‘ich qadab qo‘yiladi. Agar bunga imkoniyat bo‘lsa, bunday ansambl mos keluvchi vazifalar bajaradigan tovarlar guruhi (shlyapa, portfel, soyabon, oyoq kiyimi va b.) bilan to‘ldiriladi.
Manekenlardan tashqari, vitrinalarda shuningdek, yarim manekenlar, tikuvchilikda foydalaniladigan manekenlar ham qo‘llanadi.
Kostyumlarni namoyish etishda yarim manekenlarga pidjak kiydiriladi, shim esa uning yonida faneradan tayyorlangan va dazmollash uchun taxlab qo‘yilgan shimlar o‘lchamiga mos keladigan maxsus taglik-planshetda joylashtiriladi. Bunday taglik shimning bir pochasiga kiydirilib, shimdagi «strelka» taglik chetiga aniq mos tushadi, so‘ngra shimning bel qismi to‘g‘nag‘ich bilan qadaladi. Shimning ikkinchi pochasi bilinmaydigan qilib birinchi pochaga mahkamlab qo‘yiladi. Yarim maneken oldida shu tarzda draplangan shimlar taxlab qo‘yiladi. Taglikning bel qismi biroz ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun taglikni ilib qo‘yish yoki uning ostiga penoplast yoki oynadan yasalgan boshqa bir taglik qo‘yish kerak.
Shimlarni vitrinada joylashtirishda ko‘pincha dekorativ, penoplastdan yasalgan kiyim ilgichlar foydalaniladi. Har bir shim uchun alohida kiyim ilgich tayyorlash yoki birdaniga uch-to‘rtta shim ilish mumkin bo‘lgan katta kiyim ilgich tayyorlash mumkin. Kostyum, plaщ va paltolarni yarim manekenda namoyish etishda yarim manekenning bo‘yin qismini biron narsa bilan bekitish kerak.
Kostyum uchun 2-3 ta ro‘molchadan qilingan elpig‘ich, plaщ uchun – ipak sharfdan yasalgan elpig‘ich, palto uchun esa – jun sharfdan yasalgan elpig‘ich ko‘proq to‘g‘ri keladi. Yarim manekenning bo‘yin qismini oq qog‘ozdan yasalgan konus bilan yopish ham mumkin. Konusning kesishish joyida qog‘oz elim bilan yopishtiriladi yoki to‘g‘nag‘ich qadaladi. Yoqa, cho‘ntaklar va latskan chizig‘ini alohida ko‘rsatish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Pidjak (palto, plaщ) ikkiga buklanadi. Uning tomonidagi engi teskarisiga ag‘dariladi, pidjakning o‘ng elkasi chap elkasiga kirgiziladi va bortlari shunday tekislanadiki, pidjakning ikkinchi yarmi ko‘rinmaydi. Pidjak moslab bo‘lingandan so‘ng u balandligi 30-40 sm bo‘lgan mustahkam bir tayanchga elkasi bilan qo‘yiladi. Tayanchda oldindan maxsus shaklda kesilgan karton o‘rnatilgan bo‘ladi. Bunday karton ikkiga taxlangan pidjakning shaklini takrorlaydi. Karton o‘rtasidan sal pastroqdan chilvir bilan shunday bog‘lanadiki, yarim sfera hosil bo‘ladi. Bunday taglikka qo‘yilgan va to‘g‘nag‘ichlar bilan mahkamlangan pidjak tekis, burushiqlarsiz yotadi. Mayda o‘yiqlar va burushiqlar ingichka va yumshoq qog‘oz bilan to‘ldiriladi. Pidjakning orqasini ichkariga biroz qayirish mumkin, bundan pidjak konturi yanada ko‘rkamroq ko‘rinadi. Pidjak engiga shaklan ko‘ylak engini eslatib turadigan uzun oq qog‘oz parchasi tiqib qo‘yish mumkin. Bu engni mahkamroq qilib qo‘yadi va pidjakning xushbichimligini alohida ko‘rsatadi. Tayanch-taglikni kostyum toniga moslab tanlangan ko‘ylak va bo‘yinbog‘ bilan yopish mumkin. Ustkiyimni vitrinada joylashtirishning maxsus tagliklar qo‘llamay, faqat qarmoq ipi yordamida bajariladigan yana bir o‘ziga xos usuli mavjud. Pidjak (palto, plaщ) ikkiga buklanadi. Bitta (odatda o‘ng) eng teskarisiga ag‘dariladi va ikkinchisiga kirgizib qo‘yiladi. Yoqasining o‘rtasidan pidjak qarmoq ipi yordamida vitrina shiftiga kerakli balandlikda ilib qo‘yiladi. Pidjakning vertikal o‘q atrofida aylanib turmasligi uchun uning etagi va orqasi qarmoq iplari bilan vitrina poliga tortib qo‘yiladi. Pidjak bo‘shlig‘i yoki yupqa g‘ijim qog‘oz bilan to‘ldiriladi, yoki unga shaklan pidjakni takrorlaydigan karton kirgiziladi. Eng va ko‘krak cho‘ntagini yuqorida ko‘rsatilgan usul bilan bezatish mumkin. SHim yarim taglikka qo‘yiladi yoki qarmoq ipida osib qo‘yiladi. Bunday usul shunisi bilan ham yaxshiki, kompozitsiya dinamik ravishda hal etilishi, ya’ni pidjakka ham vertikal, ham gorizontal tekislikda istalgan qiyalik berish mumkin. Erkaklar kiyimini vitrinada joylashtirish galantereya predmetlari, oyoq kiyimi, bosh kiyimi bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Bunda joylashtirilgan tovar butun vitrina bo‘ylab yoyib tashlanishi mumkin emas. Bunday vitrinalar uchun tovarlarni guruhlab joylashtirish eng samarali hisoblanadi, bunda asosiy tovar bilan birgalikda bir nechta yo‘ldosh tovarlar joylashtiriladi. Masalan, kostyum bilan birgalikda ko‘ylaklar, bo‘yinbog‘lar, paypoqlar, dastro‘mol, metall va charm galantereya mollari, yondirgichlar, portmone, soqol olish anjomlari, va h.k. qo‘yish mumkin. Palto bilan birgalikda sharf, shlyapa, etik, soyabon va h.k. qo‘yiladi. Erkaklar ko‘ylaklari taxlangan holda joylashtirilib, potensial xaridor e’tiborini jalb qilishi zarur bo‘lgan xususiyatlari ta’kidlab ko‘rsatiladi. Bir holatda manjet bichimi, boshqa holatda cho‘ntaklar fasoni, uchinchi holatda esa – matoning rangi qiziqarli detal hisoblanadi. Bularning barchasi ko‘ylaklarni vitrinada joylashtirishda e’tiborga olinishi kerak.
Agar manjetlar nimasi bilandir e’tiborga loyiq bo‘lsa, ularni ko‘ylakning ustidan mahkamlab qo‘yish yoki chetga surib qo‘yish mumkin. Cho‘ntaklarni ko‘rsatish kerak bo‘lgan hollarda ko‘ylak engi ko‘ylakning orqasiga qayiriladi va xaridorlar e’tibori birinchi navbatda shu cho‘ntakka qaratiladi. Agar eng qiziqarli detal yoqa shakli bo‘lsa, ko‘ylakning pastki qismi umuman boshqa ko‘ylak bilan yopib qo‘yilishi mumkin. Bu holatlarning istalgan birida ham ko‘ylak yoki taxlangan ko‘ylak shaklidagi qattiq kartonli karkasga, yoki boshqa bir narsaga mahkamlab qo‘yiladi. Bu maqsad uchun penoplastdan foydalanish qulayroq bo‘ladi. Rangli ko‘ylaklar penpoplastdan tayyorlangan oq planshetda chiroyli ajralib turadi. Oq ko‘ylaklar penoplast va mato fakturasi farqlanishi hisobiga penoplastda juda yaxshi ko‘rinadi. Bundan tashqari, penpoplastdan tayyorlangan planshet konturi bo‘ylab murakkab bo‘lmagan naqshinkor rasm yasash mumkin. Bunda planshetlar shakli o‘ylab qo‘yilgan rejaga qarab turlicha (to‘rtburchak, doira va h.k.) bo‘lishi mumkin.
Planshetga eni bo‘yicha planshet qalinligiga mos keladigan qalin oq qog‘oz bilan ishlov berish mumkin. Bunday qog‘oz parchasidan planshet konturi bo‘ylab nafis hoshiya berish mumkin, bu esa taqdim etilayotgan tovarga yanada ko‘rkamlik baxsh etadi. Ko‘ylaklar kostyumlar bilan yaxshi uyg‘unlashadi. Ip gazlamadan tikilgan rangli ko‘ylaklarni chiroyli qilib osib qo‘yilgan ip gazlama matolar bilan, oqshomgi oq ko‘ylaklarni esa – jun mato va erkaklar galantereya predmetlari bilan chiroyli qilib to‘ldirish mumkin.
Ko‘ylaklarni bo‘yinbog‘lar bilan ko‘rsatishda bo‘yinbog‘ tanlashga diqqat bilan munosabatda bo‘lish kerak. Agar vitrinada och rangli kostyum va ko‘ylaklar namoyish etilayotgan bo‘lsa, ularga keskin farq qiladigan tuslardagi bo‘yinbog‘ tanlash tavsiya etiladi. Agar kostyum och rangli, ko‘ylak esa to‘q rangli bo‘lsa, bo‘yinbog‘ kostyum rangiga mos keladigan och tusda bo‘lishi kerak. Yo‘l-yo‘l ko‘ylaklarga bir xil tusdagi bo‘yinbog‘ ko‘proq to‘g‘ri keladi, sport uslubidagi katak ko‘ylaklarga esa bo‘yinbog‘ tavsiya etilmaydi. Qimmatbaho oqshomgi kostyumlarga oq ko‘ylaklar bilan birga mayda rasmli yorqin rangli bo‘lmagan bo‘yinbog‘ tanlash, kundalik kostyumlarga esa – jiddiy, mayin tusdagi bo‘yinbog‘ tanlash maqsadga muvofiq.
Ko‘ylak qattiq bo‘lmagan kartonga igna bilan sanchib qo‘yiladi, karton bilan birgalikda u uzunasiga qat-qat taxlanadi va fitrina poliga yoki maxsus planshetga joylashtiriladi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, ko‘ylaklar bilan birga bo‘yinbog‘lar qo‘yish maqsadga muvofiq.
Bo‘yinbog‘larni ko‘ylak ustidan bog‘lagan holda, ko‘ylaklar ustida yoki ko‘ylaklar yonida sim tagliklarda joylashtirish mumkin. Bo‘yinbog‘ bunday tagliklar yasash qiyin emas. Buning uchun qalinligi 3-5mm bo‘lgan alyumin sim olinadi. Simning bir uchida tayanchga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida xalqa egiladi, ikkinchi uchida esa bo‘yinbog‘ tugunini mahkamlash uchun kichkina xalqacha qilinadi. Tugun qilib bog‘langan bo‘yinbog‘ tepadagi xalqaga mahkamlanadi, bo‘yinbog‘ning uchi pastdagi xalqani yopadigan darajada pastga tushiriladi. Bunday tagliklarda ko‘rsatilgan bo‘yinbog‘lar tovar haqida to‘laroq tasavvur beradi. Ko‘ylaklarda bo‘yinbog‘lar to‘g‘ri yoki «garmoshka» qilib ko‘rsatiladi. Simdan faqat bo‘yinbog‘lardan iborat bo‘lgan turli kompozitsiyalar tayyorlash uchun foydalanish ham mumkin. Masalan, «devorcha, to‘siqcha» kompozitsiyasi yaratish mumkin. Bo‘yinbog‘ konturi bo‘ylab uning butun zunligi bo‘yicha sim karkas kiritladi. Uning pastki qismi tomoshabindan to‘g‘ri burchak ostida bukiladi va vitrina poliga yoki planshetga mahkamlanadi. SHunday qilib, 8-10 ta bo‘yinbog‘dan qiziqarli dekor yasaladi, u bir paytning o‘zida bevosita tovarlarni namoyish etadi ham. Xuddi shu usulda bo‘yin bog‘lardan «buta» yasash mumkin bo‘lib, bunda bo‘yinbog‘lar ingichka tomoni bilan bir nuqtaga biriktiriladi, keng tomoni esa yon tomonga yoyiladi. Simdan foydalanib, bo‘yinbog‘ni istalgan holatda joylashtirish mumkin. Bo‘yinbog‘larni vitrinada joylashtirishda shunga e’tibor qaratish kerakki, dazmollashda bo‘yinbog‘ choklari yuza tomonga chiqib turmasin, buning uchun unga karton karkas kiritiladi. SHuningdek, bo‘yinbog‘larni ko‘ylak yoqasiga o‘xshatib qo‘yilgan kichik tagliklarga osilgan holda ham ko‘rsatish mumkin. Bunday bo‘yinbog‘li «yoqa»lar guruhi ko‘ylaklar vitrinasini to‘ldirib turadi. Penoplastdan yasalgan «kapalak»ka ilib qo‘yilgan bo‘yinbog‘lar o‘zgacha ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu holatda bo‘yinbog‘ go‘yoki kapalakning tanasi bo‘lib xizmat qiladi. Simdan tashqari bo‘yinbog‘larni namoyish qilishda bo‘yinbog‘ shakli va o‘lchami bo‘yicha aniq kesilgan karton karkaslardan foydalaniladi. Bunday karkaslardan foydalanib, karton karkasda mahkamlangan bo‘yinbog‘lar uning barglari bo‘lib xizmat qiladigan qiziqarli «palma» kompozitsiyasi yaratish mumkin.
Bo‘yinbog‘larni namoyish etishning yana bir usulidan foydalanish mumkin. Bo‘yinbog‘ning ingichka tomoni tugun bo‘lishi lozim bo‘lgan joygacha o‘rab qo‘yiladi, to‘g‘nag‘ich qadaladi va ko‘ylak ustiga yoki planshetga qo‘yib qo‘yiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling