A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet95/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Simmetrik kompozitsiyada predmetlar markazdan faraz qilingan o‘qning ikki tomoni bo‘ylab bir maromda joylashtiriladi, ya’ni chap tomonning oynadagi aksi kabi bo‘ladi.
Nosimmetrik kompozitsiyada uning markazi biroz siljigan bo‘ladi. Vitrinaning bir tarafi ko‘proq to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin, lekin umuman olganda kompozitsiya muvozanatli bo‘lishi lozim. Muvozanatga vitrina yuzasida alohida elementlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘li bilan erishiladi. Simmetrik kompozitsiya ko‘pincha statik (harakatsiz) bo‘ladi. Nosimmetrik kompozitsiya – dinamik bo‘ladi, ya’ni vitrinadagi bezatish elementlari joylashuvining o‘zi harakat taassurotini uyg‘otadi. Dinamik echim inson ko‘rish orqali idrok qilishiga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, demak, xaridor e’tiborini reklama qilinayotgan tovarga qaratishga yordam beradi. Amaliyotda ko‘pincha nosimmetrik muvozanat qo‘llanadi. Bundan tashqari, nosimmetrik kompozitsiya ko‘proq bezatish variantlarini beradi. Vitrina chuqurligiga qarab, kompozitsiya tekislikka oid va makonga oid bo‘lishi mumkin. Vitrina makonida ichkariga qarab foydalanish imkoni bo‘lmagan tovarlarni yon tomondan joylashtirishga to‘g‘ri keladigan hollarda kompozitsion echim frontal yoki tekislikka oid hisoblanadi.
Agar vitrina etarli darajada (0,8-1,2 m va undan ortiq) chuqurlikka ega bo‘lsa, kompozitsiyani makonda hal etish mumkin. Bunday echim butun vitrina ichkarisidan foydalanish va tovarlarni bir necha qator qilib joylashtirish imkonini beradi. Ikkinchi tamoyil – barqarorlikni ta’minlash. Vitrina ekspozitsiyasi barqarorligi odatda ko‘rgazma asosini kengaytirish, shuningdek, yirik predmetlarni vitrinaning quyi qismida va tomoshabindan uzoqda joylashtirish bilan erishiladi. Bunday barqarorlikka misol – piramida. Uchinchi tamoyil – ritmga rioya qilish. Vitrinani bezatishning kompozitsion echimida ritm alohida predmetlar yoki tovarlar guruhi konturining, shuningdek, alohida predmetlar yoki ularning guruhlari o‘rtasidagi masofa va h.k. takrorlanishini ifodalaydi. Tovarlarni vitrinada namoyish etish uchun ularni joylashtirishning xilma-xil usullaridan foydalaniladi. Masalan, tovarlar vertikal va gorizontal bo‘yicha harakatsiz joylashtiriladi. Aralash yoki «fantastik» chiziqlar bo‘yicha tovarlarni joylashtirish qiziqarli g‘oyalar yaratadi. Tovarlarni joylashtirishning u yoki bu usulidan foydalanish tovar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, beso‘naqay mebel statik joylashtirishni, bijuteriya – dinamik joylashtirishni, bolalar uchun tovarlar esa - «fantastik» joylashtirishni talab qiladi. Amaliyotda tovarlarni vitrinada joylashtirishda quyidagi kompozitsion echimlar ko‘proq tarqalgan:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling