A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet92/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Universal tagliklar sanoat tovarlari turli guruhlarini joylashtirish uchun yaraydi. Ular oyna yoki plastik tokchali metall konstruksiyalar shaklida bo‘ladi. Bunday tagliklarda parfyumeriya, kanselyariya anjomlari, mayda tovarlar, oyoq kiyimi, idish-tovoq (shisha va metall) va xo‘jalik tovarlarining ayrim turlarini namoyish etish mumkin.
Maxsus tagliklar bu – belgilangan tovar guruhlarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan tagliklardir. Boshqa inventar turlariga geometrik shakllar ko‘rinishidagi konstruksiyalar kiradi. Ular yog‘och-qirindi plitalardan tayyorlanib, ustidan material yoki rangli qog‘oz tortiladi. Har xil o‘lchamdagi stendlar komplekti vitrina bezalishini tez-tez almashtirishga imokn beradi. Stendlar oziq-ovqat mahsulotlari, yozuv qog‘ozi mollari, attorlik mollari, oyoq kiyimi va turli anjomlarni namoyish etish uchun foydalaniladi.
Tayyor kiyimlarni, shuningdek, tayyor ayollar ko‘ylagi ko‘rinishida matolarni namoyish etish uchun manekenlar foydalaniladi. Sanoatda do‘konlarning savdo zallarida ham, vitrinalarda ham keng qo‘llanadigan erkaklar, ayollar, bolalar va o‘smirlar manekenlari ishlab chiqariladi. Hozirgi paytda manekenlarning roli ham, ko‘rinishi ham o‘zgargan. Agar ilgari manekenlar bilan odam qiyofasiga yaqinlashtirgan holda realistik jihatlar va shakllar ko‘rsatishga harakat qilingan bo‘lsa, hozirda ular, qoidaga ko‘ra, ma’lum uslubga solingan shaklga ega, ularning silueti esa dinamik xarakterga ega. Kiyim-boshlarni vitrinada joylashtirishda pape-mashe, sim va novdalardan qilingan gavda va yarim manekenlar ham muvaffaqiyat bilan foydalaniladi. Ularning yordamida vitrina kompozitsiyasini turli tusga kiritish mumkin. Yarim manekenlar vitrinada turli rakursda osib qo‘yiladi, mustahkam bir o‘zakka o‘rnatiladi yoki oddiygina polga qo‘yib qo‘yiladi. Ular qulay va engil bo‘lib, mahsulotlarni har tomonlama ko‘rsatish uchun ko‘plab imkoniyat beradi. Erkaklar va ayollarning tayyor ko‘ylaklari va ayollarning ichkiyimini joylashtirish uchun sim va organik oynadan yasalgan byust-karkaslar ko‘p foydalaniladi. Ixchamligi tufayli ular xaridor ko‘zlaridan deyarli yashiringan bo‘ladi, lekin o‘z shakli bilan taqdim etilayotgan mahsulotga kerakli hajmdorlik baxsh etadi. Ular ustki trikotaj kiyimlar (erkaklar va ayollar uchun) namoyishida ham foydalanilishi mumkin. Vitrinada bosh kiyimlarni namoyish etish qiziqarli uchun kompozitsiyalar yaratishga imkon beradigan yarim manekenlar, erkaklar va ayollarning boshchalari mo‘ljallanadi. Vitrina inventarining eng muhim elementlaridan biri bo‘lib planshet xizmat qiladi. U vitrinaga turlicha shakl berish, yo‘lovchilarni jalb qilish, vitrinaning amaliy natija berishini oshirishga imkon yaratadi. Planshet tayyorlash ko‘p xarajat talab qilmaydi. U rasm chizish, fotosuratlar va boshqa elementlarni joylashtirish mumkin bo‘lgan, qanor tortilgan va qog‘oz yopishtirilgan romdan iborat bo‘ladi. Agar planshet doimiy foydalaniladigan bo‘lsa, u ikki tomondan, zar qog‘oz, rangli qog‘oz yopishtiriladi yoki bo‘yaladi. Planshetning ifodaliligi, ma’nodorligi ko‘p jihatdan bo‘yoq tanlashga bog‘liq bo‘ladi. Zaruriy rang boyligi bera olmaydigan guash va meldan foydalanish tavsiya etilmaydi. Moybo‘yoq va elimbo‘yoqdan, shuningdek, qorong‘ida nurlanadigan bo‘yoqlardan foydalangan ma’qul. Vitrinada foydalaniladigan xilma-xil reklama elementlari orasida fotosurati alohida o‘rin egallaydi. Dekorativ funksiyadan tashqari fotosurat tovar haqida batafsil, aniq va haqqoniy axborot beradi. Fotoplanshet vitrinada quyidagi fotosuratlarni o‘z ichiga olishi mumkin: tovarni xarid qilish yoki undan foydalanish paytidagi iste’molchi; reklama shiori yoki firma belgisi bilan tovar; turli harakat bosqichidagi tovar (fotomontaj); tovarga xos bo‘lgan detal; tovar qimmatini namoyish etadigan ob’ekt.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling