A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet93/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tovar belgilaridan vitrinada mustaqil blikfang sifatida foydalanish mumkin. Ular shuningdek, tovar kompozitsiyasiga grafik to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. Ulardan foydalanishning turli variantlarida ularni doimo ushbu korxona tovarlari yonida joylashtirish lozim. Tovar belgisi yiriklashtirilgan bo‘lishi mumkin (kompozitsiya echimiga qarab).
Tovar va firma belgilari tasdiqlangan namunalarga aniq mos kelishi va yuqori badiiy darajada bajarilishi lozim. Vitrinalarni bezatish uchun yordamchi materiallar sifatida kapron ip, to‘g‘nag‘ichlar, mix, oyna, reyka (yupqa va ensiz uzun taxtacha), sim, karton, fanera va chilvir foydalaniladi.
Kapron ip yordamida vitrinada ilish va tortish ishlari bajariladi.
Tovarni mahkamlash uchun dekorator to‘g‘nag‘ichlardan foydalanadi. Kanselyariya to‘g‘nag‘ichlari oson egiladi va shu bilan birga yog‘ochga oson kiradi, ular bilan tovar va dekorativ elementlar mahkamlab qo‘yiladi. Tikuvchilar to‘g‘nag‘ichlari yordamida matolar biriktiriladi, tikuvchilik mahsulotlari va boshqalar qadab qo‘yiladi.
Turli o‘lchamdagi va kesimdagi mixlar inventar va tovar ilib qo‘yish uchun foydalaniladi. Mayda mixlarning yordamida mato romga tortiladi.
Oyna yoki shift sifatida, yoki dekorativ fon sifatida foydalaniladi. U to‘rtburchak, uchburchak, doira shaklida qirqiladi, chetlari silliqlanadi. Ba’zida oyna bir tomonidan moybo‘yoq yoki nitrobo‘yoq bilan bo‘yaladi.
Reyka tovar mahkamlab qo‘yiladigan ilgaklar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Ingichka sim yoki 2,5-3 mm kesimli metall novda bilan trikotaj va tikuvchilik mahsulotlarini namoyish etish uchun konturlar yasaladi. Uch millimetrli alyumin novda yordamida dekorator ichkiyim uchun oddiy tagliklar, oyoq kiyimi uchun poshna qo‘yiladigan moslamalar tayyorlanishi mumkin.
Bo‘yalgan karton gul (kashta) tikilgan mahsulotlar yoki tikuvchilik mahsulotlari ichiga solish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Zichlashtirilgan kartondan byustlar va yarim manekenlar yasaladi. Nay shaklida o‘ralgan va qisqich yoki to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlangan karton zig‘ir tolasidan to‘qilgan donabay mahsulotlar yoki mato uchun karkas, oyna uchun tirgak, shlyapalar uchun tayanch sifatida foydalaniladi. Fanera va qalin kartondan shim, erkaklar ko‘ylagi va yubkalar ichiga solinadigan qirqimlar yasaladi. Vitrinalarni bezatishda bundan tashqari, qirindi, shag‘al, marmar uvog‘i, oyna parchalari kabi materiallar ham foydalaniladi. Masalan, bezakchining g‘oyasi va namoyish etiladigan tovarlarga qarab, vitrina poliga rangli qirindi, qum, chig‘anoqlar sepiladi; yangi yil vitrinalari singan archa o‘yinchoqlari parchalari, mayda zarqog‘oz bo‘laklari bilan bezatiladi. YAngilik tovarlarga e’tiborni jalb qilish maqsadida, shuningdek, syujetli vitrinalarni bezatishda dinamik moslamalar qo‘llanadi. Bu tovarlar uchun turli aylanadigan tagliklar, harakatlanadigan qo‘g‘irchoqlar, tebranadigan dekoratsiyalar va h.k. Tovarlarni reklama uchun ko‘rsatishda dinamik moslamalar, xuddi butun inventar kabi, tovarlarni yorqinroq va ifodaliroq namoyish etish maqsadlariga xizmat qiladi. SHu sababli turli aylanadigan disklarda, harakatlanuvchi maydonchalarda dekorativ elementlarni emas, balki tovarning o‘zini ko‘rsatish lozim bo‘lib, makon bo‘ylab harakatlanishi tufayli tovar yanada ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi, bu esa xaridorga tovarni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi.
YOrug‘lik effektlari: shu’la, o‘chib-yonadigan nur, ranglar almashinishi, aylanuvchan nur qaytargichlar, soyalar, ko‘zguda aks ettirish vositasida yorug‘likni kuchaytirish, nurni tovar joylashgan erdagi bir nuqtaga to‘plash yordamida qiziqarli vitrina yaratish mumkin. Ko‘zgular yordamida yaqin va uzoq sahna effektini yaratish mumkin.
Boshqa bir usul – havo harakatlaridir. Havo oqimi eksponatlarning aylanma yoki tebranma harakatini yaratishdir. Eksponatlarning «jonli» harakati – vitrinadagi eng samarali harakat shaklidir. Harakat shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Illyuzor (xayoliy) harakat bu – dinamik reklamaning shunday turiki, bunda tovarni va unga yo‘ldoshlik qiladigan plastik elementlarni (grafika, fotosurat, tagliklar, manekenlar) joylashtirish harakat illyuziyasini yaratadi, xaridorni o‘z nigohini bir predmetdan boshqasiga ko‘chirishga majbur qiladi. Bunday samarani tovarlarning turli rangdagi uyg‘unlashuvi, shuningdek, ularning fakturasi va naqshlari ham berishi mumkin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling