A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet96/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

pog‘onama-pog‘ona – asosan oziq-ovqat do‘konlari vitrinalarida foydalaniladi;
piramidal – aroq-vino mahsulotlarini, ayrim hollarda – to‘qimachilik mahsulotlari, oyoq kiyimi, parfyumeriya, elektr jihozlari namoyish qilish uchun qo‘llanadi;
diagonal – tovarlar diagonal bo‘yicha joylashtiriladi;
gorizontal – barcha predmetlar vitrina maydonida gorizontal chiziq bo‘yicha joylashtiriladi;
qiya – qiya tokchalar, tagliklar yoki ushlagichlar foydalaniladi; bunda tovarning o‘zigina emas, balki uning markasi, navi va h.k. yaxshi ko‘rinadi;
yoysimon – bunday kompozitsiya markazida ishlab chiqaruvchi korxonaning firma belgisi, uning atrofida esa – tovarlar namunalari joylashtirilishi mumkin;
elpig‘ichsimon, yarim doira shaklidagi – engil matolar ranglari va fakturasini ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Vitrinadagi tovar namunalarini notabiiy holatda joylashtirmaslik, ularni noodatiy ko‘rsatmaslik va vitrinalarni bezatishda dekorativ element sifatida foydalanmaslik kerak. Misol uchun, kichik ro‘mol yoki paypoqlarni savat ko‘rinishida yoki murakkab naqsh hosil qiladigan pichoq va sanchqilar ko‘rsatish omadi sanalmaydi.
Kompozitsiya haqida to‘liqroq tushuncha berish uchun vitrina tuzilishida mutanosiblik tamoyili, ya’ni turli elementlar o‘lchamlarining nisbatlari haqida gapirish kerak. Dekorativ elementlar tovar shakli va o‘lchamini takrorlamasligi lozim. Ular tovardan kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi, lekin bunda xaridorning tovarni idrok qilishiga xalaqit bermasligi lozim. Kompozitsiyaning alohida qismlari mutanosibligi buzilmasligi uchun katta predmetlarni kichik predmetlar guruhlari bilan muvozanatlash kerak. Do‘kon ikkita yoki undan ortiq vitrinaga ega bo‘lgan hollarda ularni kompozitsion jihatdan bir-biri bilan bog‘lash tavsiya etiladi. Barcha vitrinalarda dekorativ elementlar, masalan, bahoryoz mavsumida vitrinadagi gullar takrorlanadigan bo‘lishi mumkin. Kompozitsion jihatdan vitrinalar har biri alohida hal etiladi, biroq butun fasad bo‘ylab ular umumiy bir yaxlit bo‘lib ko‘rinishi lozim. Vitrinalarni bezatish bo‘yicha ishlarda rang katta ahamiyatga ega. Tovarni rangi bo‘yicha to‘g‘ri tanlash uchun dekorator ranglarni va ularning birikuvini yaxshi bilishi lozim. Barcha tovar va dekorativ elementlarni umumiy g‘oyaga ko‘ra juda puxtalik bilan tanlash kerak. Vitrinaning rangga oid tuzilishi xilma-xil bo‘lishi, bironta rang, masalan, havorang ustunligiga, bir-biriga yaqin bo‘lgan ikkiuchta rangning tovlanishiga yoki kontrast birikuvlarga asoslanishi mumkin.
Kontrast birikuvlar doimo jalb etuvchan bo‘ladi. Vitrinalar bezatuvchi rang turi bo‘yicha, intensivlik bo‘yicha va teranlik bo‘yicha kontrastlarni hisobga olishi lozim. Vitrinada qizil rangli bir nechta predmetni namoyish etishda ularni bir joyga mujassam etish maqsadga muvofiq, chunki qizil rang boshqa rangdagi tovarlarni «bosib» qo‘yadi. Intensivlik bo‘yicha kontrastga misol – och rangli predmetlar to‘q fonda joylagan bo‘lsa, yanada ochroq ko‘rinadi. Kumush buyumlar qora fonda qanday ajoyib ko‘rinishiga e’tibor qarating. Vitrinalar bezatuvchi ranglar uyg‘unlashuvining uch tamoyilini yodda saqlashi lozim.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling