A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


kombinatsiyalangan vitrina


Download 0.81 Mb.
bet88/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

kombinatsiyalangan vitrina – talab yoki iste’mol umumiyligi bilan bog‘liq bir nechta tovar guruhlari mahsulotlarini reklama qiladi. Masalan, «Kiyim kechaklar» do‘konlarida bolalar, ayollar va erkaklar uchun iste’mol komplekslarini namoyish etadigan vitrinalar bo‘lishi mumkin;
ixtisoslashgan vitrina – bitta tovar guruhidagi tovarlarni namoyish etadi. Masalan, maishiy elektr jihozlar sotish bo‘yicha do‘konlarda elektr yoritish uskunalari, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar, muzlatgichlar alohida namoyish etiladi;
tor ixtisoslashgan vitrinatovar guruhi mahsulotlari qismini namoyish etadi (masalan, fotoapparatlar, qo‘l soatlari, erkaklar ko‘ylaklari);
aralash turdagi vitrina – ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmagan turli guruhga mansub tovarlarni namoyish etadi.
Bezatish xarakteri bo‘yicha vitrinalar quyidagicha bo‘ladi:
tovar vitrinalari – ularning asosini dekorativ elementlardan foydalanmagan holdagi tovarlar tashkil qiladi. Masalan, «Oshxona uchun idish-tovoqlar» vitrinasida tovar keng assortimentda taqdim etiladi;
tovar-dekorativ vitrinalar – bu erda tovar bilan bir qatorda ularning yordamida tovarning eng muhim xususiyatlari va xossalari ta’kidlab ko‘rsatiladigan dekorativ elementlar qo‘llanadi. Masalan, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar reklamasi;
syujetli vitrinalar – biron-bir janrga oid sahnadan foydalangan holda bezatiladi. Masalan, bolalar uchun tovarlar sotishga ixtisoslashgan do‘konlarda ertak va multfilmlar mavzusidagi vitrinalar;
tematik vitrinalar – bayram, yubiley va tantanali voqealarga moslab bajariladi.
Tematik vitrinalarni bezatishda matn, fotosurat, plakat, diagrammalardan keng foydalanish zarur. Tovarlarni joylashtirish yorqin va samarali bo‘lishi lozim. Texnik vositalar bo‘yicha vitrinalar statik, dinamik, kombinatsiyalangan turlarga bo‘linadi. Ularda ekspozitsiyaga harakat va dinamika baxsh etish uchun mexanik qurilmalar va boshqa moslamalar o‘rnatish mumkin.
Vitrinalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
1. Vitrinalar, qoidaga ko‘ra, boshdan-oyoq ko‘rinadigan, imkon bo‘lgan joylarda esa – ularda qo‘yilgan tovarlar ko‘chadan ham, savdo zalidan ham ko‘rinib turishi uchun ikki tomonlama bo‘lishi lozim.
2. Vitrinada faqat sotuvda bo‘lgan tovarlarni namoyish etish mumkin. Agar tovar sotib bo‘lingan bo‘lsa, uning namunalari vitrinadan olib qo‘yilishi lozim.
3. Vitrinada faqat tovarlarning natural namunalari (atir, odekolon, pudra, krem qutilari va h.k.) qo‘yishga ruxsat etiladi.
4. Vitrinada mulyaj va butaforiya ko‘rinishida tovarlarning sun’iy qiyofalarini namoyish etish taqiqlanadi.
5. Vitrinada tovarlar bilan bir qatorda qo‘yilgan tovarlarning, ayniqsa, yangilik tovarlar va xaridorga yaxshi ma’lum bo‘lmagan tovarlarning iste’mol xususiyatlarini ochib beradigan reklama matni berilgan plakatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Vitrinaga qo‘yilgan tovar namunalari raqamlari aniq yozib qo‘yilgan narx ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
6.Savdo zalini tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaash maqsadida ko‘rgazma bezaklari qoidaga ko‘ra vitrina oynasi maydonining yarmidan ortig‘ini egallamasligi lozim.
7.Vitrinada foydalaniladigan inventar tovardan e’tiborni chalg‘itmasligi uchun ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi lozim.
8.Ayni paytda do‘konda mavjud bo‘lgan tovarlar assortimentini namoyish etishda mavsumiylik omilini hisobga olish zarur.
9.Vitrinalar kamida bir oyda ikki marta yangilanib turishi lozim. Dinamik qurilmali va mavsumiy vitrinalar har uch oyda yangilanib turishi mumkin. Rangi o‘chib ketishi va dastlabki ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan tovarlar tez-tez almashtirib turiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling