A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish


Download 0.81 Mb.
bet85/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish do‘konning savdo zali xaridor uchun unga tovarlar bilan yaqinroq tanishib chiqish imkonini beradigan qulayliklarni ta’minlashi lozim. Savdo uskunalari ham sotuvchining mehnatini engillashtirishdan tashqari estetika talablarini hisobga olgan holda tovarlarni reklamaga oid namoyish etishni ta’minlaydigan sharoitlar yaratishi ham lozim. Savdo jarayonining reklama funksiyasi tovarlarni joylashtirish qanchalik oqilona tashkil etilganiga bog‘liq bo‘ladi. Xaridorlar tovarning o‘zini, uning firma belgisini ko‘rishi, undan foydalanish usullari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Bunda tovarga talab xarakteri va xususiyatlari ham hisobga olinadi. Xususan, tez-tez talab qilinadigan tovarlar xaridorlarning ko‘zi bilan bir xil darajada, savdo zalidagi aravachalarda, unchalik ma’lum bo‘lmagan tovarlar esa – eng ko‘rinarli joylarda (savdo zalining markazida, kassa yonida) joylashtiriladi.
Universal tovarlar assortimentiga ega bo‘lgan do‘konlarda yangi tovarlarni reklama qilish uchun axborot burchaklari tashkil etish tavsiya qilinadi. Ular odatda kirish eshiklari yonida yoki zinapoya yonidagi keng maydonchalarda joylashtiriladi. Axborot burchagi qisqacha annotatsiyali maxsus kartalar bilan ta’minlaangan, yangilik-tovarlar qo‘yilgan vitrinalar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Agar gap mahsulotlar haqida boradigan bo‘lsa, ularning yonida reklama varaqalari va prospektlar joylashtirish tavsiya etiladi. Mayda tovarlarni kichik yacheykalarga ajratilgan maxsus kasseta-qutichalarda yoki peshtaxtada oyna ortida qo‘yish mumkin. Tovarlar xarakteri va o‘rovi turiga shuningdek, ularni joylashtirish ham bog‘liq bo‘lib, u tovarni xaridorga ko‘rsatishi ko‘zda tutiladi. Masalan:

  • paketdagi va pachkadagi tovarlar tokchada yonma-yon yoki taxlangan holda joylashtiriladi;

  • shisha idishdagi tovarlar tokchalar bo‘ylab bir necha qator qilib, ba’zida yashiklarda joylashtiriladi;

  • tunuka bankadagi konservalar souvtiladigan peshtaxta vitrinalarda yoki savatlarda ustma-ust joylashtiriladi;

  • shisha bankadagi konservalar – tokchada ikki, uch, to‘rttadan ustma-ust qo‘yiladi;

  • setka va paketdagi tovarlar qutida yoki savatda ustma-ust saqlanadi.

Tovarlarni reklamaga mos joylashtirishni ularni guruhlash tamoyillariga rioya qilishdan kelib chiqqan holda tashkil qilish tavsiya etiladi. Tovarlarni to‘g‘ri guruhlash xaridorga kerakli tovarni topish va tanlashga yordam beradi. Tovarlarni guruhlashning ikkita tamoyili mavjud: tarmoq (tovar) belgisi bo‘yicha va iste’mol qilish usuli bo‘yicha. Zamonaviy oziq-ovqat do‘konlarida hamrohlik qiluvchi nooziq-ovqat tovarlarini to‘g‘ri joylashtirishga katta ahamiyat beriladi. Bunday tovarlar qatoriga quyidalar kiradi: metalldan yasalgan oshxona anjomlari (qoshiq, vilka, pichoq), kastryulya, choynak, kofe qaynatgich, sharbat siqqich va boshqalar, kir yuvish kukuni va h.k. Tovarlarni guruhlashning o‘ziga xos bir turi talab kompleksliligi bilan bog‘liq. Uning mohiyati shundan iboratki, belgilangan ehtiyojlar majmuini qondiradigan tovarlar tanlab olinadi. Sanoat tovarlari do‘konlarida bu iste’mol komplekslari bo‘lishi mumkin: «Ayollar uchun tovarlar», «Erkaklar uchun tovarlar», «Hammasi uy uchun», «Hammasi dam olish uchun» va h.k.
Namunalar bo‘yicha savdo qiladigan va o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatiladigan do‘konlarning savdo zallarida tovarlarni joylashtirish – namoyishga oid reklama vositasidir. Budo‘konlarda tovarlarni reklamaga oid joylashtirish yordamida ikkita vazifa hal etiladi:

  • sotuvda bo‘lgan tovarlar xaridorlari haqida axborot;

  • tovar sifati, qo‘llash usullari va konstruksiyasi xususiyatlari haqida ko‘rgazmali tashviqot.

Bu vazifalarga qarab, tovarlarni reklamaga mos joylashtirish vazifalarini ikki turga ajratish mumkin: axborotli joylashtirish va maslahatli joylashtirish. Ikkala tur ham reklamaning tasviriyso‘z bilan bog‘liq vositalari: plakatlar, badiiy bezalgan narx ko‘rsatkichlar, matnli kartochkalar qo‘llash bilan yaxshi uyg‘unlashadi.
Maslahatli joylashtirish xaridorlarga tovar sifati, uning konstruktiv xususiyatlari, hozirgi modaga mos kelishi va h.k. borasidagi savollarga mustaqil javob topish imkonini beradi. SHu maqsadda bir xil predmetlarni turli variantlarda: o‘ralgan va o‘ralmagan holda, yig‘ilgan va yig‘ilmagan holda, hamrohlik qiluvchi tovarlar bilan birgalikda namoyish etish lozim. Bunday batafsil namoyish etish texnik jihatdan murakkab mahsulotlar (radio- va elektrotovarlar, foto- va madaniy mollar) bilan savdoda ko‘proq zarurdir. Tovarlarni bunday joylashtirish tufayli xaridorlar tovar xususiyatlari bilan o‘zlari tanishib chiqadi va sotuvchilarga izoh va ma’lumot so‘rab kamroq murojaat qiladi. O‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatiladigan do‘konlarda tovarlarni reklamaga mos joylashtirish savdo zalining devori bo‘ylab, maxsus burchaklarda joylashtirilgan, badiiy bezalgan tovarlar ekspozitsiyasini ifodalaydi. Ba’zida bunday ekspozitsiya ustunlar atrofida joylashtiriladi yoki do‘konlar vestibyullari devor oldi joylarini va savdo amalga oshiriladigan bir xonadan boshqasiga o‘tish joylarini egallaydi. Ichki do‘kon reklama ekspozitsiyasi oldida turgan vazifalarga qarab, u tematik, syujetli, ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. Bunday ichki do‘kon ekspozitsiyalari savdo zalining umumiy bezalishi bilan uyg‘unlashadi va ularga o‘ziga xos jalb etuvchanlik baxsh etadi. Reklama ekspozitsiyasini tashkil qilishda tovarlarni joylashtirishning ayrim xususiyatlarini hisobga olish zarur. Xaridor ular uchun do‘konga atayin keladigan asosiy tovarlarni ko‘zga tashlanadigan tarzda joylashtirish shart emas. Boshqa toifadagi tovarlarni (impulsiv xarid qilinadigan tovarlarni) joylashtirish yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi, ular do‘konga kiraverish eshigiga yaqin joyda va xaridorlar e’tiborini ko‘proq jalb qiladigan joylarga, shuningdek, kassa va zinapoyalar yaqinida joylashtirilishi lozim. Do‘konda matolar, oyoq kiyimi, bosh kiyimi kabi tovarlarni namoyish qilish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, matolar reklamasida bu mato ular uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan xaridorlarda ayrim tikuv mahsulotlari turlari bichimi haqida tasavvur uyg‘otish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu erda ko‘p narsa dekoratorlarning qobiliyatlariga, ularning fantaziyasiga bog‘liq bo‘ladi. Matolarni bosma reklama axboroti bilan uyg‘unlikda manekenlarda namoyish etish katta samara beradi. U yoki bu matolarning xususiyatlari (tovar xislatlar va iste’mol xususiyatlari) haqida ma’lumot berishdan tashqari bosma reklamada quyidalar haqida xabar berish zarur:

  • matolar tovar guruhlarining belgilangan sotuv joylarida
    jolashuvi;

  • matolar sifati, ularning vazifasi, ularni tozalash usuli
    tavsifi;

  • matolarni xarid qilish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmat
    turlari (bichish, yarim tayyor mahsulotlar sotish).


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling