A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Do‘kon intererining yorug‘lik bilan bezatilishi


Download 0.81 Mb.
bet84/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Do‘kon intererining yorug‘lik bilan bezatilishi do‘kon intererida yorug‘lik va soya o‘yini doim ham jalb etuvchan bo‘lmaydi. Ma’lumki, manbadan chiqadigan yorug‘lik predmet yuzasining rangiga qarab uning tusini o‘zgartiradi. Turli ranglarga bo‘yalgan predmetlar va yuzalar yorug‘likni qaytarishda turli koeffitsientga ega bo‘ladi. To‘q ranglar – qora, to‘q ko‘k, to‘q yashil, to‘q jigarrang ranglar eng kam yorug‘lik nurini qaytaradi; oq, och pushti va och sariq ranglarda yorug‘likni qaytarish koeffitsienti eng katta. Bundan kelib chiqadiki, do‘kon intereri predmetlarining to‘q rangli yuzalari ko‘proq, och rangli yuzalar esa – kamroq yoritishni talab qiladi.
Yоrug‘lik va rang o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. Masalan, iliq ranglar (qizil, to‘q sariq, sariq) ularni cho‘g‘lanma lampalar bilan yoritishda ocharadi, sovuq ranglar (yashil, ko‘k) esa to‘qroq bo‘lib qoladi. Havorang tusdagi lyuminessent lampalar sovuq ranglarni kuchaytiradi, iliq ranglar esa yanada ocharadi. Savdo zalida tovarlar reklama ekspozitsiyasida rangli yorug‘likdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Rang odamlar hissiyotiga, ularning kayfiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, qizil rang odamni to‘lqinlantiradi, biroq tezda toliqtiradi; to‘q sariq rang odamni qizdiradi, tetiklashtiradi; yashil rang odamning asab tizimini tinchlantiradigan tarzda ta’sir ko‘rsatadi, bezovtalikni yo‘qotadi; kulrang loqaydlik va zerikish hissini uyg‘otadi; qora rang kayfiyatni keskin tushirib yuboradi va h.k. Tabiatda uchraydigan barcha ranglar olimlar tomonidan ikki guruhga ajratiladi: axromatik va xromatik ranglar. Axromatik ranglarga barcha oraliq tuslar bilan birga oq va qora rang kiradi. Xromatik ranglarga qolgan barcha ranglar ular joylashgan ketma ketlikda kiradi: qizil, to‘q sariq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsharang. Bu ranglar oralig‘ida ko‘p sonli oraliq ranglar mavjud. Xromatik ranglar quyidagi asosiy xislatlar bilan tavsiflanadi: rang tusi, rang to‘yinganligi va yorug‘ligi. Rang tusi u tufayli bitta xromatik rang boshqasidan, masalan, sariq rang qoradan, yashil rang qizildan ajralib turadigan asosiy xislat hisoblanadi. Rang to‘yinganligi shunda namoyon bo‘ladiki, ikkita bir xil masalan, qizil rangdagi tuslardan biri yorqinroq, ikkinchisi esa xiraroq bo‘ladi. Rang yorug‘ligi ayrim ranglar ochroq, boshqalari esa unchalik och emas, uchinchi turdagi ranglar to‘q rang sifatida qabul qilinishidan iborat.
Rang iliq va sovuq turlarga ham bo‘linadi. Spektrning chap qismida joylashgan ranglar – quyosh rangini yodga soladigan qizil, to‘q sariq va sariq ranglar iliq ranglar deb ataladi. Spektrning o‘ng qismi yashil, havo rang, ko‘k va binafsha rangni o‘z ichiga oladi. Bu ranglarning har xil tuslarini sovuq ranglar deb atash qabul qilingan.
Barcha xromatik ranglarni rang doirasi bo‘ylab xuddi spektrdagi kabi ketma-ketlikda joylashtirish mumkin. Rang doirasida bir-birining qarshisida joylashgan ranglar kontrastli ranglar deb ataladi. Masalan, qizil va yashil, ko‘k va to‘q sariq ranglar. Reklama vositalarida ko‘pincha rangga oid kontrastlardan foydalaniladi. Ular yorqin va xromatik turlarga ajratiladi. Masalan, qora fonda kulrang predmet ochroq qabul qilinishi mumkin. Oq fonda predmetlar aslidan ko‘ra to‘qroq bo‘lib ko‘rinadi. Bu holat bir vaqtdagi yorqin kontrast nomini olgan.
Xuddi shu tarzda bir vaqtdagi xromatik kontrast taassuroti ham olinadi. Masalan, qizil fonda yashil predmet boshqa fondagidan ko‘ra yashilroq bo‘lib ko‘rinadi. Bir vaqtdagi rang kontrasti bu holati shundan iboratki, ikkita qo‘shimcha ranglar qo‘shniligida ulardan har birining sifati kuchayadi. Reklama vositalrini ishlab chiqishda, shuningdek, do‘kon binolari yuzasi bo‘yog‘ida ranglar uyg‘unligini to‘g‘ri tanlash, ularning o‘zaro aloqalar xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling