A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet80/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Rasm (tasvir), xuddi matn kabi, reklama vositasini tashkil qiladigan elementlar ichida alohida o‘rin egallaydi. Tasvir ko‘p hollarda reklama matni ta’sirini sezilarli kuchaytiradi, ayrim hollarda esa – to‘laligicha yoki qisman uning o‘rnini bosadi. Tasvir rasmni, fotosurat esa – diapozitivni ifodalashi mumkin. Reklama rasmida tasvirlarning turli grafika va rassomlik texnikasi qo‘llanadi. Rasmlar oq-qora yoki rangli bo‘lishi, qalamda, mo‘yqalamda, ko‘mir va h.k. bilan bajarilishi mumkin. Reklamada rasm ko‘p hollarda yumoristik obrazni ifodalaydi. Biron-bir detalni bo‘rttirib ko‘rsatish, jonivorlar va jonsiz predmetlarni inson xususiyatlariga ega qilish, harakatlar va holatning bir biriga muvofiq emasligi, so‘zlar o‘yinini rasm bilan kuchaytirish va h.k. foydalaniladi.
Agar predmet strukturasini, uning shakli, mayda detallari, material rasmi yoki rangini va h.k.ni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lsa fotosuratlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ularda reklama qilinayotgan tovarlardan tashqari bu mahsulotlarni iste’mol qilish usullari ko‘rsatilishi, ularning alohida xususiyatlari namoyish etilishi yoki ularning jalb etuvchanligi ta’kidlanishi mumkin. Fotosurat odamda u reklamadan oladigan ma’lumotlar ishonchliligi borasida hech qanday shubha qoldirmaydi. SHu sababli bunday reklamaga xaridor o‘zgacha ishonch bilan munosabatda bo‘ladi. Fotosuratlardan batafsil matnli izoh talab qilmaydigan tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali hisoblanadi. Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va tusini ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli bo‘ladi. Do‘kon tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan fotosurat va rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh nuridan aziyat chekmasin.
Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim. Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar:

  • tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak;

  • fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi;

  • tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan bo‘lmasligi lozim;

  • agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rasmda erkak emas, ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim;

  • rangli fotosurat 50 foizga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100 foiz yuqori bo‘ladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kerak, uning tarkibidagi elementlarni emas. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn. Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10 foizga pasayadi. Matnni hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. Shu sababli tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak. Do‘konning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. Yorqin, ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza vitrina beixtiyor odamlar e’tiborini jalb qiladi va ularda do‘konga kirish istagini uyg‘otadi. Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyidagi usuldan foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar do‘kon yonida o‘sadigan daraxtga tashlab qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiyat uyg‘otadi. Bunday girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar, yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi. Do‘konlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling