A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet76/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar

  1. Reklama matnlarini tuzishning qanday asosiy tamoyillarini bilasiz?

  2. Reklama e’lonlarini badiiy bezalishi to‘grisida gapirib bering.

  3. Reklama murojaatlarini tuzilishi qanday amalga oshiriladi?

  4. Reklama matni qanday qoidalarga asosan tuziladi?

  5. SHior (slogan) ga qanday talablar qo‘yiladi?

  6. SHior (slogan) ning xususiyatlarini sanab bering.

  7. Sarlavxalarga qanday talablar qo‘yiladi?

  8. Reklamada asosiy matning qaysi qismida eng muhim ma’lumotlar joylashtiriladi?

  9. Aks sadoli jumla nima?

10.Psixologlar matn tuzish borasida qanday tavsiyalar berishadi?

8-BOB. CHAKANA SAVDO KORXONALARIDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


8.1. Chakana savdoda reklamani tashkil etish jarayoni


Chakana savdo reklamasi chakana savdo korxonasi(do‘kon)ning o‘zini reklama qilish va chakana savdoda sotiladigan tovarlarni reklama qilishdan iborat. Chakana savdo reklamasi bevosita ishlab chiqaruvchi korxona, vositachi korxona, ulgurji savdo korxonasi va chakana savdo korxonasining tovar aylanmasida mavjud tovarlar bilan bog‘liq. Chakana savdo korxonasi va undagi tovarlar reklamasi do‘kon tashqarisida ham, uning ichkarisida ham amalga oshiriladi. Do‘kon reklamasining tashqi vositalari qatoriga plakat va afishali reklama taxtalari, viveskalar, do‘konning tashqaridan bezalishi, tashqi vitrinalar kiradi. Do‘kon ichki reklamasining asosiy vositalari savdo zali intereri, savdo korxonasi ichkarisida tovarlar namoyishi, reklama yo‘l ko‘rsatkichlari, plakatlar va afishalar, shuningdek, do‘konda radio orqali reklama, yangi oziq-ovqat tovarlarini tatib ko‘rish kabi reklama tadbirlari hisoblanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chakana savdo korxonalarining turlari ko‘payib bormoqda. Jumladan, yirik supermarketlar, savdo markazlari, ixtisoslashgan savdo do‘konlari, firma do‘konlari, minimarketlar soni yildan-yilga ko‘paymoqda. Shuningdek, magistral ko‘chalar va jamoat transporti bekatlaridan chetda, muyulishlarda, kvartallar ichkarisida, ba’zida esa erto‘lalarda ham ularga joy ajratilgan ko‘plab chakana savdo korxonalari barpo etilmoqda. Bu esa aholiga savdo xizmati ko‘rsatishning yuksalishi va savdo madaniyatining oshishiga olib kelmoqda.
Yangi tashkil etilayotgan chakana savdo korxonalari faoliyatning boshlang‘ich davrida reklama vositalari bilan o‘ziga potensial xaridorlar e’tiborini jalb qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadda odamlar gavjum to‘planadigan eng yaqin joylarda, chorrahalarda, magistral ko‘chalarda aholini chakana savdo korxonasi haqida xabardor qiladigan reklama plakatlari yopishtirilgan reklama taxtalari o‘rnatiladi (mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan va mos keluvchi haq to‘langanidan so‘ng).

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling