1. E’tiborni jalb qilish va ushlab qolishga intiling. Jalb etuvchanlik bo‘yicha sarlavhalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
tovar ustunligini ko‘rsatadigan sarlavha;
yangilik yoki anonsdan iborat bo‘lgan sarlavha;
qiziqish uyg‘otadigan sarlavha.
Eng yaxshi sarlavhalar uchala tarkibiy qismni o‘zida mujassam etadi. Matn ko‘plab reklama vositalarining eng muhim tarkibiy qismi sanaladi. U qoidaga ko‘ra, reklama xabarining asosiy mazmunini ochib beradi. Reklama matnini ishlab chiqishga asos qilib ularga shak-shubhasiz amal qilish zarur bo‘lgan tamoyillar olinadi. Reklama matni o‘zining tashqi ko‘rinishi, sarlavhasi (slogani) bilan potensial xaridorni jalb qilishi, izohi bilan uni qiziqtirib qo‘yishi va xulosasi bilan uni taklif etilayotgan tovarni xarid qilishga ko‘ndirishi lozim. Reklama qimmati yuqori bo‘lgan, his-tuyg‘ular, obraz hosil qiluvchi so‘zlar alohida ajratib ko‘rsatilishi lozim.
2. O‘z fikringizni oddiy bayon qiling. Imkon qadar ularning ma’nosini har qanday kishi ham tushunishi mumkin bo‘lgan oddiy so‘zlar va qisqa gaplardan foydalanish lozim. Texnik atamalar, tushunarsiz va taniqli bo‘lmagan so‘zlardan foydalanish zarur. «Ishonchimiz komilki, …», «…deb hisoblaymiz», «Ajoyib, fantastik..» deb yozib bo‘lmaydi.
3. O‘z fikringizni qiziqarli bayon qiling. Matn maroqli bo‘lishi va qiziqish uyg‘otishi lozim. Uzundan uzoq va zerikarli sanab chiqishdan qochish kerak. O‘quvchini tovarlarning o‘zi emas, balki ulardan olinadigan foyda qiziqtiradi. O‘tkir, yumoristik matnlar eng yaxshi taassurot qoldiradi.
4. O‘z fikringizni to‘ppa-to‘g‘ri, ochiq bayon qiling. Gaplarni tejang, keraksiz so‘zlarni, ayniqsa, sifatlarni olib tashlang. Gapingizni tejamkorlik bilan tushuntiring.
5. O‘z fikringizni tasdiqlaydigan tarzda bayon qiling. Inkor etadigan xarakterli bayonot bermang. Masalan: «Bu imtiyozli taklifni qo‘ldan chiqarmang!». Buning o‘rniga: «Imtiyozli taklif! Buyurtma bering!» deb aytish kerak. Hech qanday shubhaga o‘rin bo‘lmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |