A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet73/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Bosib chiqarish usullari. Foydalaniladigan rasmlar samaradorligi va shriftlarning o‘qilishi ko‘p jihatdan tanlangan bosib chiqarish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Eng qadimiy va tarqalgan usul baland bosma bo‘lib, bunda tipografiya bo‘yog‘i relefli bo‘rtib turadigan tasvirli metall yuzaga bosiladi. Belgilangan darajadagi bosimda bu tasvir qog‘ozga bosiladi va unga bo‘yoq ko‘chirib o‘tkaziladi. Matn harflarning metall qoliplari to‘plamidan bosib chiqariladi. Rasmlarni bosib chiqarish uchun metall klishe tayyorlash talab etiladi.
Chuqur bosma ishlash tamoyili bo‘yicha yuqori bosmaga teskaridir. Uning bosib chiqarish elementlari chuqur joylashtiriladi, ya’ni bosib chiqaruvchi shakl yuzasi bosuvchi hisoblanmaydi. Bosishdan oldin bo‘yoq butun shaklga bosiladi, so‘ngra uning yuzasidan olib tashlanadi va litera va klishe konfiguratsiyasiga ega bo‘lgan chuqurliklarda qoldiriladi. Rasmlar bilan bezalgan matnlar, yorqin rangli plakatlar va otkritkalar ishlab chiqarish uchun foydalaniladi.
Yassi (chuqur bo‘lmagan) bosmada tasvir qog‘ozga kimyoviy tarkib bilan shunday ishlov berilgan yupqa metall plastinka yordamida o‘tkaziladiki, bunda bo‘yoq metall plastinkaning ayrim qismlari yopishadi, ayrim qismlariga esa - yo‘q. Bunday kimyoviy ishlov berish natijasida bosib chiqarilmaydigan elementlar namlanadi va faqat bosib chiqaradigan elementlardagina qoladigan quyuq tipografiya bo‘yoqlarini o‘ziga singdirmaydi. Bunday bosma ko‘p rangli mahsulotlar tayyorlashda foydalaniladi.
Ofset basma usulida plastina va qog‘oz o‘rtasiga ofset polotno
joylashtiriladi. YAssi bosma uchun shakllar unga matnli qism ham, rasmlar ham kiritib bo‘lingan original-maketdan fotousul yordamida tayyorlanadi. Fotousuldan foydalanish tezkorlikni sezilarli darajada oshiradi.
Termografiya – relefli yozuvlar va rasmlarni qog‘ozga tushirish uchun foydalaniladigan issiqlik yordamida ishlaydigan jarayon. Asosan blanklar tayyorlashda qo‘llanadi.
Shelkografiya egri yuzalarda va uch o‘lchamli ob’ektlarda bosib chiqarish uchun qo‘llanadi. Ba’zida u reklama-tijorat adabiyotlari chiqarishda foydalaniladi.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling