A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklama e’lonlarining badiiy bezalishi


Download 0.81 Mb.
bet71/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

7.2 Reklama e’lonlarining badiiy bezalishi

Reklama e’lonlarining badiiy bezalishi e’tiborni jalb qilishning asosiy tarkibiy qismi sifatida rasmlardan foydalanishni nazarda tutadi.


Rasmlar, qoidaga ko‘ra, matnga ko‘proq dramatiklik yoki undovchi kuch berish uchun qo‘llanadi. Biroq shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, rasm uchun joy ajratib, siz o‘quvchini ehtimol, tovar xarid qilish zarurligiga ishontirishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha axborot olish imkoiyatidan mahrum qilasiz.
SHak-shubhasizki, reklama ob’ekti va rasmlar o‘rtasida his etiladigan va hattoki tajribasiz o‘quvchi ham oson tushunib olishi mumkin bo‘lgan bo‘lishi lozim. SHu bilan bir paytda, tovar yoki xizmat bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan yoki faqat bilvosita aloqasi bo‘lgan rasmlardan foydalanish mutlaqo o‘rinsiz. Umuman olganda, rasmlardan noprofessional foydalanish yoki eng ko‘p foydalaniladigan harakat, tovar yoki xizmatni ayollar qiyofasi, yuzi orqali reklama qilish teskari natijaga olib kelishi mumkin. Unchalik mashhur bo‘lmagan firmalar foydalanadigan «xira, shilqim» reklama e’lonlarini soxta imidj yaratishga harakat sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Eng tarqalgan usullardan biri mashhur nomlar, nufuzli firmalarning simvolikasidan foydalanish, kompaniya nomidagi bejamdorlik – o‘rtacha o‘quvichga kam tushunarli va shu bilan bir paytda qandaydir ma’lum narsadir. Masalan, SAN so‘zi yuz martalab uchraydi va hatto ingliz tilini bilmaydigan odamga ham nimanidir eslatib turadi. Ko‘pincha bunday tuzoq harakati natijasida yorqin reklama yorliqlariga va go‘yoki tanish so‘zlarga «cho‘qiydigan», sodda va ishonuvchan mijoz paydo bo‘ladi. Oxir-oqibatda uning xafsalasi pir bo‘ladi.
Rasmlar ularda berilgan axborotni qiyinchiliksiz tanib olish uchun etarli darajada aniq va ravshan bo‘lishi lozim. Reklama e’lonlarini rasmlar bilan bezashda qo‘llanadigan bir nechta usullarni ko‘rib chiqamiz:
SHtrixli (ingichki chiziqli) rasmlar – rassom oq yuzada faqat qora rang bilan ishlaydi. So‘ngra bu rasm fotousul yordamida teskari tasvirga, ya’ni qora yuzada oq chiziqlardan iborat rasmga aylantiriladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling