A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet69/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Pozitsiya belgilash. Yaxshi reklama reklama qilinayotgan mahsulot nimani ifodalashi va qanday foydalanilishi haqida yaqqol gapirib beradi. Bunda reklama qilinayotgan tovarni boshqa raqobatlashuvchi mahsulotlardan farqini ham belgilab beradi. Masalan, siz tish pastasining pozitsiyasini kosmetik vosita sifatida belgilashingiz mumkin, bundan kelib chiqadiki, sizning tish pastangiz tishlarni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq oqartiradi, bu esa tabassumni yanada chiroyliroq qiladi. Boshqa tomondan, siz tish pastasining pozitsiyasini dorivor vosita sifatida belgilashingiz va bu tish pastasi boshqalardan ko‘ra kuchliroq kariesga qarshi vosita bo‘ladi deb aytishiningiz mumkin. Tovar pozitsiyasini belgilash – hayotiy ahamiyatga molik strategik qaror bo‘lib, u siz reklama ustida ishlay boshlashingizdan oldin qabul qilinishi lozim.
Katta umidlar. Yaxshi reklama doimo katta umidlar tug‘diradi. Umid sizning tovaringiz uchun yagona ustunlik, nima sababdan iste’molchi aynan shu tovarni xarid qilishi lozimligining izohi bo‘lishi mumkin. Yaxshi reklama doimo buning sababini aniq bayon qiladi. Umid reklama e’lonining sarlavhasida, rasmida va hatto reklamani bajarish usulida bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda bizga hech narsani va’da qilmaydigan ko‘p sonli reklama uchramoqda.
Buyuk g‘oya. Yaxshi reklama doimo original, yangi va yorqin ifodalangan g‘oyaga asoslanadi. Yaxshi g‘oya ko‘p yillar umr kechirishi mumkin. Eng yaxshi g‘oyalar sodda bo‘ladi (lekin bu hamma sodda g‘oyalar yaxshi bo‘ladi degani emas). Reklamada buyuk g‘oyalar ishlab chiqish og‘ir ishdir. Kimningdir aytganidek, reklama 98 foizga og‘ir mehnat, qon, ter, ko‘z yoshlar va atigi 2 foizga san’at yoki ijoddan iboratdir.
Tovar markasining imidji. Bozor iqtisodiyoti uchun turli tovar markalari o‘rtasida musobaqa katta ahamiyatga ega. Marka bu – o‘z nomi, o‘rovi, taniqliligiga – ya’ni imidjiga ega bo‘lgan mahsulotdir. Tovar o‘z nomi, o‘rovi, dizayni, ishlab chiqaruvchining nomi, sotuv nuqtalari va ulardan foydalanadigan odamlarga qarab qo‘shimcha qimmatga ega bo‘ladi.
Reklama bu – tovar markasi imidjini ishlab chiqish, yanada rivojlantirish va kerakli yo‘nalishlarda ommalashtirish uchun eng samarali vositadir. «Koka-kola», «Malboro», «Mersedes-Bens» yoki IBM kabi dunyoga mashhur markalarni yodga olish kifoya. O‘z tovar markasisiz «Koka-kola» oddiy alkogolsiz ichimlik, «Malboro» esa – oddiy sigaret bo‘lardi, xolos.
Sifat. YUqori sifatli tovar uning sifatini aks ettiradigan reklamaga loyiqdir. Boshqa tomondan, aytib o‘tilganidek, sifati past mahsulotni yuqori sinfdagi reklama bilan tezda yo‘q qilish mumkin.
YAngilik. Odamlarni sizning tovarlaringizni sotib olishga majbur qilib bo‘lmaydi. Takrorlash – reklama samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri, biroq keragidan ortiq darajada takrorlash ham odamni asablantirishi mumkin. YAxshi reklama doimo yangi yo‘llarni izlaydi. Agarda siz o‘z tovaringizi taqdim etish uchun samarali, umidbaxsh shakl topa olmagan bo‘lsangiz, tovar haqida potensial xaridorlarga xabar berishning yangi usullarini izlashda davom eting.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling