A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet65/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

6.4-rasm. Optik markaz

Ko‘rish nuqtasi tasvir yoki alohida ajratib ko‘rsatilgan sarlavha yordamida yaratiladi. Optik markaz to‘rtburchak diagonallari kesishgan joydan bir oz yuqorida bo‘ladi.


Buyumlarning boshqa xususiyatlari bir xil bo‘lganda kattaroqlari o‘ziga e’tiborni tortadi, ya’ni u “darhol ko‘zga tashlanadi”. Agar yirik ob’ektda uning detallarini aniqroq ko‘rish hisobga olinsa, tasvir qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik ko‘p odamning e’tiborini jalb etishi tushunarlidir. Ammo tasvir bevosita qanday kattalikda bo‘lganida nihoyatda jozibador ko‘rinadi? Bunga aniq javob topish qiyin, lekin turli tadqiqotlarda keltirilgan ayrim tavsiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, yorqin ko‘zga tashlanadigan e’lonlarda ular sathining 80 foizga yaqini tasvir vositalariga ajratiladi (ya’ni, ulardagi tasvir o‘lchamlari bo‘yicha matndan bir necha baravar ko‘p joyni egallaydi).
Reklamada yaqqol ko‘zga tashlanib turadigan bitta tasvir kichik tasvirlar turkumiga qaraganda jozibador ko‘rinadi. CHunki, uni tomosha qilayotgan odam uchun reklamani bir nigoh tashlashda baholash qulayroqdir. SHu bilan birga, ba’zi uncha katta bo‘lmagan tasvirlar turkumidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Odatda, bunday hollarda reklamada bir-birlarini to‘ldiradigan tasvirlar beriladi.
Iste’molchi uchun tasvirning qanday tarzda taqdim etilishi muhim ahamiyatga ega. Reklamaning shakli tasvirni chuqur tasavvur etishga ko‘maklashishi, aksincha, uni idrok etishni qiyinlashtirishi mumkin.
Reklama mazmuniga mos keladigan shaklni tanlash uchun geometrik shakllarning xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. Ayni paytda, aniq bir tasvirni aniq bir e’londa ishlatishda ularning bir-biriga muvofiqligini ham hisobga olish talab etiladi.
Kvadrat – eng simmetrik shakllardan biridir. U barcha o‘lchamlari bir xilligi sababli zerikarli, qotib qolgandek, “o‘likdek” tuyuladi va kuchli taassurot qoldirmaydi, e’tiborni jalb qilmaydi. Lekin kvadratni qiziqarliroq tarzda taqdim etish ham mumkin. Buning uchun faqat uni to‘g‘ri to‘rtburchak shakliga aylantirish lozim. Bunda, ayniqsa kvadratdan tubdan farq qiladigan to‘g‘ri burchak ko‘zga yaqqolroq tashlanadi. Gap shundaki, agar to‘g‘ri to‘rtburchakning balandligi asosidan taxminan 3 foiz kichikroq bo‘lsa, u bizga to‘g‘ri kvadratdek ko‘rinadi. Bu bizning vertikal chiziqlarning uzunligini gorizontal chiziqlarga nisbatan taqqoslashimiz, “tasavvurning aldashi” taxminan 3 foizni tashkil etishi bilan izohlanadi. SHu sababli, mazkur o‘lchamdagi shakl nigohimizga mutlaq to‘g‘ri kvadratga qaraganda simmetrikroq tashlanadi.
Agar to‘g‘ri to‘rtburchakning balandligi bilan asosi o‘rtasidagi farq 18 foizdan kam bo‘lsa, u bizga kvadratdek tuyuladi, ya’ni shaklni o‘zgartirish muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. YAxshi taassurot qoldiradigan to‘g‘ri to‘rtburchakda uning balandligi asosidan kamida 40 foizga katta bo‘lishi lozim. Eng yorqin ko‘zga tashlanadigan shakl esa “oltin kesishuv” qoidasidan kelib chiqqan holda qurilishi, ya’ni balandligi asosiga qaraganda taxminan 60 foiz ortiq bo‘lishi lozim.
Taassurotning ijobiy samarasi faqat balandlik kvadratga “intilgani”dagina emas, balki to‘g‘ri to‘rtburchak haddan tashqari yuqoriga “bo‘y cho‘zganida” ham yo‘qotiladi. Bunda “inqirozli nuqta” – shakl yaxlitligining mutlaqo yo‘qolishi – balandlik bilan asosning nihoyatda farq qilishidir. Bu 250 foizni tashkil etganda, ya’ni balandlik asosiga qaraganda ikki yarim baravar uzun bo‘lganda ro‘y beradi. Agar reklamada faqat uzun buyumning tasviri berilsa, bu qoidadan chekinish mumkin (6.5-rasm).




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling