A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-rasm. Matnni “o‘qish diagonali”


Download 0.81 Mb.
bet64/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

6.1-rasm. Matnni “o‘qish diagonali”
Reklamada bu qoida asosida tasvirni joylashtirishning eng samarali usullari quyidagichadir:
- tasvir yuqorida, matn pastda;
- tasvir chapda, matn o‘ngda.

Tasvir

Matn

Tasvir


Matn


a) b)
6.2-rasm. Tasvir va matnni joylashtirish
6.2 (a) – rasmda matnni pastda joylashtirish namunasi keltirilgan. 6.2 (b) – rasmda esa matn tasvirdan o‘ng tomonda joylashtirilgan. Bu har ikki reklama namunasi iste’molchi tomonidan idrok etilish xususiyatlariga javob beradi.
Tasvir tepada, matn esa pastga joylashtirilganida, e’tiborni tortadigan joy optik markaz hisoblanadi. Bu o‘rinda shuni hisobga olish kerakki, tasvirni joylashtirish uchun joy tanlash ijodiy muammo emas, balki idrok etishni engillashtirish masalasidir. Ijod esa boshqa narsalar: tasvirning o‘zi, matn, kompozitsiya va hokazolarda namoyon bo‘lishi zarur.

С



S



V

Z

6.3-rasm. Tasvirlarni joylashtirish tartibi
Ba’zi reklama ijodkorlari bu qat’iy tarkibni buzib, iste’molchilarning e’tiborini saqlab turish maqsadida tasvirlarni muayyan tartibda, masalan, “S”, “S”, “Z”, “V” holida joylashtirishga harakat qiladilar (6.3-rasm).
Masalan, “S” holatida dastlabki tasvirlar yuqoridagi o‘ng burchakda, keyingisi chap tomonda yuqoridan pastga qarab joylashtiriladi.
Ko‘zlarimiz o‘qish uchun bunday izchillikka (ong orqali idrok etish uchun ham) o‘rganib qolgan. Nigoh “chap-o‘ng-past” bo‘ylab oson va engil harakat qilgani holda, o‘qishda diagonal bo‘ylab harakat qilishi qiyin kechadi. SHuning uchun, masalan, odam reklamadagi e’lon markazida joylashtirilgan tasvirni ko‘rsa, unga “oqimga qarshi borib”, tasvirdan yuqoriroqda yoki chetda o‘rin olgan, o‘tkazib yuborilgan matnga qaytishi og‘ir kechadi. Reklamada bu qoidalarga rioya etmaslik, ayniqsa, raqobat kuchli bo‘lgan hollarda e’londa taklif etilayotgan narsadan voz kechishga olib kelishi mumkin.
Bundan reklamada axborotni odam tomonidan idrok etishi uchun qulayligi va mantiqqa qat’iy rioya etilishi zarur, degan xulosa chiqadi. SHuning uchun bu mantiqiy izchillik quyidagicha bo‘lishi zarur:

  • tasvir – matn;

  • tepadan – pastga;

  • chapdan – o‘nga.

Tasvir uchun joy tanlashda samarali reklama optik markazdagi (6.4-rasm) ko‘rish nuqtasiga joylashtirishni talab etishini ham, albatta, hisobga olish kerak. Gazeta sahifalarini varaqlayotgan yoki qator osilgan reklama e’lonlarini ko‘zdan kechirayotgan odamning nigohi bevosita shu optik markazdagi ko‘rish nuqtasiga qadaladi.



1



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling