Nazorat va muxokama uchun savollar:
Reklamada dizaynning o‘rni nimadan iborat?
Reklama tayyorlashda dizayner kanday savollarga javob berishi kerak?
Dizaynerning ijodiy saloxiyati deganda nimani tushunasiz?
Dizaynerning ijodini rag‘batlantiruvchi omillar nimalardan iborat?
Reklama dizaynining qanday tamoyillarini bilasiz?
Reklamada inson ijodining 5 ta darajasiga ta’rif bering?
Dizayner tomonidan reklama qanday tayyorlanadi?
Reklamaning tasviriy tarkibiy qismlari deganda nimani tushunasiz?
Reklamada tasvir va matnni joylashtirishning qanday tartiblarini bilasiz?
10.Reklamada rangning vazifalari nimalardan iborat?
7-BOB: REKLAMA MATNLARI, E’LONLARI VA MUROJAATLARINI TAYYORLASH ASOSLARI
7.1.Reklama matnlarini tuzishning asosiy tamoyillari
Har bir reklama vositasining ajralmas qismi sanalgan
reklama matnlari reklamaning g‘oyasi va asosiy mazmunini ochib
beradi. Quyida reklama materiallari matnli mavzularining g‘oyalarini ishlab chiqish uslubiyati keltiriladi.
Har tomonlama tahlil asosida tashkilotingiz va va reklama qilinayotgan tovar (xizmat) xuddi shunday tovarlar (xizmatlar) bozoridagi o‘rnini aniqlash. Raqobatchilarning reklama materiallarini to‘plash, o‘rganish va baholash.
|
Bo‘lg‘usi reklama reklamaga oid materiallarni oluvchisining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish. Sizning mahsulot (xizmat) qoniqtiradigan iste’molchi ehtiyojlari ro‘yxati va tovar (xizmat) reklama qilinadigan foydali xususiyatlari ro‘yxatini tuzish.
|
Bo‘lg‘usi reklama xabaringiz reklama oluvchiga kelib o‘tishi turli vaziyatlarini modellashtirish. Uning bu reklama xabarlarini tuzish, dalillar bilan isbotlash va rasmiylashtirish turli variantlariga ehtimoliy reaksiyasini tasavvur qilish va tahlil qilishga harakat qilib ko‘rish. Mahsulotingiz afzalliklariga e’tiborni taqsimlash to‘g‘ri tartibini, uning foydali xislatlarini sanab o‘tish tartibini aniqlash.
|
Қилинган ишлар натижалари бўйича режа тузиш – реклама материалининг мантли қисмини, реклама шиор-сарлавҳалари йўналишини, реклама материалини расмлар билан безаш эҳтимолий сюжетларини тайёрлаш
Do'stlaringiz bilan baham: |