A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet70/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Haqiqiy xaridorlar. Tovarlarni o‘rtacha statistik birliklar emas, real odamlar sotib oladi. Turli odamlar turli buyumlarga qiziqadi.
Yaxshi reklama doimo haqiqiy xaridorlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yaxshi reklama bo‘lg‘usi xaridorlar tilida gapirishi, bo‘lg‘usi xaridorlarga tushunarli bo‘lgan dalillar va simvollardan foydalanishi lozim. Ishlaydigan reklama yaratish uchun o‘z tovarlaringiz uchun eng ehtimoliy bo‘lgan xaridorlarni bilishingiz zarur. Siz bu odamlar erkak yoki ayol bo‘lishini, ularning yoshi, oilaviy ahvoli va h.k.ni aniqlab olishingiz kerak. Siz ular qaysi tovarlarni, qaerda va nima uchun xarid qilishini, tovarlaringiz haqida nimalar bilishini va turli mahsulotlarga qanday munosabatda bo‘lishini ham bilishingiz lozim. Bularning barchasini bozorni ilmiy o‘rganish yordamida bilib olish mumkin. Biroq sog‘lom fikrdan ham foydalanish man qilinmaydi.
Ko‘rgazmalilik. Agar reklamani hech kim ko‘rmaydigan bo‘lsa, siz hech narsaga erisha olmaysiz. Reklama ko‘rgazmaliligi ko‘plab omillarga: uning o‘lchamiga, joilashuviga, sarlavhasiga, mazmuniga, foydalanilgan ranglar va boshqalarga bog‘liq bo‘ladi. SHuningdek, siz tanlaydigan axborot vositasi ham ahamiyatga ega. YAxshi reklama u yoki bu axborot vositasining afzalliklaridan o‘z manfaatlarida foydalanadi.
Bu tamoyillar dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan ko‘p sonli tadqiqotlarga asoslanadi. Reklama matnini ishlab chiqishda shuningdek, mahalliy va xorijiy amaliyotda tovarlar va xizmatlarni reklama qilishga ishlab chiqilgan talablarni ham hisobga olish zarur. Ularning asosiylari quyidalar hisoblanadi. Reklama haqqoniy, aniq, muayyan bo‘lishi, reklama ob’ektlari va ulardan foydalanish shartlari haqida zarur ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim.
Reklama odamni chalg‘itishi yoki quyidagilarga nisbatan reklama xabarini noto‘g‘ri talqin qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan matn va tasvirli elementlardan iborat bo‘lmasligi lozim:

  • reklama predmetining sifati (uni tayyorlash usuli, tarkibi, iste’mol xususiyatlari);

  • narxi, xarid shartlari;

  • xarid bilan bog‘liq xizmatlar, jumladan, etkazib berish, almashtirish, qaytarish va h.k.;

  • buyurtmachining kafolatlari (bu borada reklama axboroti faqat buyurtmachida kafolatlar va kafolatli xizmat ko‘rsatish ishonchliligini tasdiqlaydigan hujjat mavjudligida yo‘l qo‘yiladi);

  • reklama predmetiga berilgan medallar, mukofotlar, diplomlar va b.

Reklama matnlari yoki tasvirlari jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalari va me’yorlariga zid kelmasligi lozim.
Reklama g‘ayriixtiyoriy harakatlarga olib keladigan, iste’molchining xabarsizligi yoki etarli ma’lumotga ega emasligidan o‘z manfaati uchun foydalanishga olib keladigan usullardan foydalanish mumkin emas.
Reklama umume’tirof etilgan xavfsizlik choralari rioya qilinmaydigan biron-bir vaziyatdan yaqqol tasvirlardan iborat bo‘lmasligi lozim, chunki bu mas’uliyatsizlikka sababchi bo‘lishi mumkin. Reklamada bolalar tasvirlanadigan holat ham alohida ehtiyotkorlik talab qiladi.
Reklama agarda ishlab chiqarish va muomala sohasidagi boshqa predmet (predmetlar) bir vaqtda topilishi alohida guruhlar va iste’molchilarning shaxsiy manfaatlariga, ularning ehtiyojlari va moddiy imkoniyatlariga javob beradigan bo‘lsa, reklama predmetining o‘ziga xosligi, yagonaligi, boshqalardan ustunilgi haqida taassurot qoldirmasligi lozim.
Kreditga sotish reklamasi sotuv va to‘lov shartlari, zarur hujjatlar ro‘yxati, badallar miqdori va h.k. haqida aniq axborotni bayon qilishi lozim. Arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar reklamasi yangi narx, sotuv joylari bo‘yicha aniq ma’lumotlardan iborat bo‘lishi, shuningdek, bunday tovarlarning ijobiy xususiyatlarini ob’ektiv ravishda aks ettirishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigiena tovarlari reklamasi u yoki bu mahsulotning iste’molchilar salomatligiga ta’siri haqida ma’lumotlarga tibbiyot muassasalarining mos keluvchi tavsiyalarisiz ega bo‘lishi mumkin emas. Reklamada rasmiy va boshqa shaxslarning, fan, madaniyat va san’at vakillarining guvohliklari faqat ularning roziligi bilangina berilishi mumkin. Reklamada odamlarning fotosuratlari ularning shaxsiy
ruxsatisiz foydalanilishi mumkin emas. Agar suratga olish ob’ekti yosh bola bo‘lsa, bu holda uning ota-onasi yoki vasiylari roziligini olish lozim.
Reklamada plagiatga yo‘l quyilmaydi. Mutaxassislarga yo‘naltirilgan reklama ilmiy atamalar, statistika ma’lumotlari, texnik adabiyotlardan olingan ma’lumotlar va h.k.dan iborat bo‘lishi mumkin. Ommaviy iste’molchiga yo‘naltirilgan reklamada maxsus atamalar qo‘llanishini chegaralash lozim. Yuqorida bayon qilingan talablar reklama jarayoni qatnashchilariga o‘z faoliyatida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling