A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Reklamada tasvir va matnni joylashtirish tartibi


Download 0.81 Mb.
bet63/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

6.3. Reklamada tasvir va matnni joylashtirish tartibi
Ko‘p miqdordagi reklama e’lonlari sinchiklab ko‘zdan kechirib chiqilganda, ularda bezaklarni joylashtirish tizimini aniqlashning iloji yo‘q. Reklamada rasmlar, fotosuratlar matnning ustida, ostida, chap yoki o‘ng tomonida yoki matn o‘rtasida ham joylashtirilganligini kuzatish mumkin. Bunda hamma narsa faqat dizaynerning didi va malakasiga bog‘liq bo‘ladi. SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bezak joylashadigan o‘rin, agar biz reklama samaradorligi haqida qayg‘uradigan bo‘lsak, eng avvalo, uning funksiyaviy vazifasidan kelib chiqib tanlanishi zarur.
Tasvir uchun maqbul joy topish juda oson. Bunda inson tomonidan axborotni qabul qilish qonunlaridan kelib chiqish kifoya. Tasvir miyaning o‘ng yarimshari tomonidan idrok etiladi, shuning uchun tasvirni reklamaning chap qismida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Matn esa miyaning chap yarim shari tomonidan idrok etiladi, shuning uchun unga e’lonning o‘ng qismidan joy ajratish lozim.
Yana tasvir matnga qaraganda o‘ziga ko‘proq e’tiborni jalb etishni hisobga olish muhimdir. Bunda odamning nigohi birinchi navbatda tasviriy ob’ektlarga tushadi.
Reklama tadqiqotlarida odamlar avval tasvirga, keyin uning tagidagi sarlavhaga, ortidan o‘ng tarafdagi pastki burchakka (odatda, u erda ishlab chiqaruvchining nomi joylashtiriladi) qarashi, shundan keyingina matnga qarab, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ko‘zdan kechirishi aniqlangan. Reklama ko‘zdan kechirilayotganida matn to‘laligicha eng oxirida o‘qiladi.
Iste’molchi ham muayyan mantiqqa asoslanib, xuddi shunday ish tutadi. Uning nigoxi tasvirga tushgach, reklamaga e’tiborini qaratadi, o‘zining ehtiyojlari bilan aynanlashtiradi. Sarlavxa yordamida reklama taklifiga aniqlik kiritiladi. Iste’molchi ishlab chiqaruvchining nomini ko‘rgach, unga bo‘lgan ishonch darajasini (mashhur, yaxshi tanish emas, noma’lum) belgilaydi. SHundan so‘ng, matnda ajratib ko‘rsatilgan asosiy dalillarni ko‘zdan kechiradi. Agar uning qiziqishi ortsa, matnni to‘liq o‘qiydi va shu tariqa boshqa axborot bilan ham tanishadi.
Bu masalada odamning nigohi uning fiziologiyasiga odat bo‘lib qolganicha harakat qilishi, o‘qishda ham u shunday yo‘l tutishini hisobga olish kerak. Odatda odamning nigohi chapdan o‘ngga (matn o‘ngdan chapga o‘qiladigan, jumladan arab mamlakatlari istisno etilganda) qarab harakatlanadi. Matnni o‘qishda ko‘z yuqoridan pastga qarab siljib borishi, ya’ni o‘qish diagonali deb ataladigan yo‘nalishda: “chap – o‘ng - pastga” harakat qilishi nazarda tutilishi lozim (6.1-rasm).






Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling