A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Bo‘yoq. Sidirg‘a qora yoki kulrang bo‘yoqlar ko‘pincha grafik konstruksiyaning asosiy sthini qoplaydi. 2. Rang


Download 0.81 Mb.
bet60/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1. Bo‘yoq. Sidirg‘a qora yoki kulrang bo‘yoqlar ko‘pincha grafik konstruksiyaning asosiy sthini qoplaydi.
2. Rang. Reklamada rang boshqa unsurlarga qaraganda xushkayfiyat uyg‘otadi.
3. Sath. Biron rangdagi sathda rasm paydo bo‘lgach, dizayner u bilan shug‘ullanishi kerak bo‘ladi. Reklama bosilayotgan qog‘ozning o‘zi sathdir. U dag‘al va silliq, qo‘pol va notekis, mayin va tekis, yumshoq va dag‘al bo‘lishi mumkin.
4.SHakl.Birlashtirilgan, siniq yoki egilgan chiziqlar, shuningdek, reklamaning umumiy o‘lchamlari dizayn uchun shakl yaratadi.
5.O‘lchov.Reklama unsurlarining o‘lchovi turlicha bo‘lishi mumkin, lekin kattaroqlari kuchliroq taassurot qoldiradi.
6.Yo‘nalish.CHiziqlar va ulardan yasalayotgan shakllar o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lib, ular xatto harakat taassurotini yaratadi. Dizaynerning vazifasi – ularning yo‘nalishini nazorat qilishdir.
Dizayn unsurlaridan foydalanishni tamoyillar belgilab beradi.
1.Mutanosiblik. Reklama “mutanosib” bo‘lganda uning unsurlari: rasm, surat, sarlavha va matnda jo‘shqinlik his etilsa-da, o‘zi ichki sokinlik holatida bo‘ladi.
Dizayner “mutonosiblik”ning ikki turi bilan: rasman (simmetrik) va norasman mutanosiblik bilan ish ko‘radi.
Rasman mutanosiblikda reklamaning bir tomonidagi har bitta unsurning shakli va o‘lchami ikkinchi tomonidagi unsurga muvofiq bo‘ladi. Tasavvur etilayotgan tik chiziq orqasiga o‘tuvchi unsurlar bu o‘qqa nisbatan simmetrik holatda joylashadilar. Bu turdagi “mutonosiblik” reklamada, ayniqsa, rasmiy reklamada saqlanib kelmoqda.
Norasmiy mutonosiblikda optik muvozanat ham saqlanadi, lekin bunga murakkabroq usullar orqali erishiladi.
Dizayner reklamaning yuqori va quyi qismlarining o‘zaro bog‘liqligini ham unutmasligi kerak. Reklamaning barcha unsurlari mutanosib kompozitsiya hosil qilishi lozim, bunda optik markaz – geometrik markazdan sal yuqoriroq va chaproqdagi nuqta – reklama markazi bo‘lishi lozim.
Yirik va qora unsurlar mayda va kul ranglilarga qaraganda ko‘proq “tosh bosadi”. SHuningdek, oddiylardagiga qaraganda noodatiy shakldagi unsurlar ham, qora va oq rangdagilarga nisbatan rangli unsurlar ko‘proq e’tiborni tortadi.
Ba’zan dizayner reklama ko‘zga tashlanadigan bo‘lishi uchun ataylab muvozanatni buzadi.
Mutanosib taqsimlash (nisbat). Reklama dizayneri uchun mutanosib taqsimlash o‘lchamlarning o‘zaro nisbati, ya’ni reklama kengligi uning chuqurligiga, bir unsur sathi o‘lchamining boshqa unsur sathi o‘lchami nisbatidan, ikki unsur orasidagi masofa va bu ikki unsurdan biri hamda uchinchi bir unsur orasidagi masofalar nisbatidan kelib chiqadi.
Reklamada zaruriy mutanosib taqsimlashga erishish uchun dizayner oraliqlarni ko‘z standart matematik nisbatlarni ilg‘amaydigan holda joylashtiradi. Odatda, dizayner reklamani ikki, uch yoki to‘rtta teng qismlarga ajratishdan qochadi.
Yunonlar kenglikni mutanosib taqsimlash namunalarini qoldirganlar. Kenglikning chuqurlikka nisbati taxminan 3:2 ga yoki yanada afzali 5:3 ga teng. Tomonlari bir xil bo‘lgan kvadrat ikkita turli o‘lchamli to‘g‘ri to‘rtburchak bilan qiyoslanganda yutqizadi. Agar kvadrat shaklni ishlatishga to‘g‘ri kelib qolsa, dizayner unda yassi yoki tik tasma yoxud chiziq o‘tkazib, uni eniga yoki bo‘yiga “cho‘zishi” mumkin.
Agar dizayner tik to‘g‘ri burchakli to‘rtburchakni ishlatadigan bo‘lsa, uni yassi chiziqlar bilan bir necha tasmaga ajratadi. YUqoriga yaqinroq joylashgan va matematik markaz bilan kesishmaydigan chiziqlardan biri optik markaz chizig‘i sifatida qabul qilinishi mumkin. SHunda reklama unsurlari tasmalarda joylashadi. Ba’zi dizaynerlar eng muhim unsurlarni optik markaz chizig‘iga tegadigan yoki uni kesib o‘tadigan qilib joylashtirishni afzal ko‘radilar.
Mutanosib taqsimlashga reklamaning rangi ham ta’sir qiladi. To‘q va och ranglarning eng maqbul mutanosib taqsimlanishi quyidagichadir: o‘rta kulrang ranglar – ½, och kulrang ranglar – ¼ va qora ranglar – ¼. Har qanday ranglar birikmasida bironta rang ustun bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling