A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet59/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1.O‘zlashtirish. Uning yordamida boshqa sohalardan badiiy haqiqatlar izlab topiladi. Masalan, biron rasm kompozitsiyasi reklamaning shaklini topishga turtki bo‘lishi mumkin. Tabiatning o‘zi dizayn uchun bitmas-tuganmas g‘oyalar manbaidir.
2.To‘ldirish. Aytaylik, bironta sifatli mahsulot reklamasining soddalashtirilgan ko‘rinishi, bir nechta ana shunday ko‘rinishlarni mujassamlashtirgan murakkabroq reklama yaratish uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.
3.Ajratib olish. Dizayner bironta reklamaning o‘ziga yoqqan qismini ajratib oladi va uning asosida yangi reklama dizaynini ishlab chiqadi.
4.Qayta ishlash. Dizayner muvaffaqiyatli chiqqan bironta reklamani olib, uning tuzilishini o‘zgartiradi, masalan, o‘z reklamasida to‘rtta emas, balki uchta rasm joylashtiradi yoki sarlavhani yuqoridan pastga oladi.
5. Soddalashtirish. Bironta dizayner sarlavhani reklamaning chetiga yaqinroq surishga qaror qiladi. Boshqa bir dizaynerga bu usul ma’qul keladi va u sarlavhani, shu bilan birga matnni ham yanada chetroqqa surib qo‘yadi.
6.Qarama-qarshi qo‘yish. Agar ko‘pchilik reklamalar to‘q ranglarda ishlangan bo‘lsa, dizayner aksincha, yorqin bo‘yoqlar va oq hoshiyalardan foydalanishi mumkin. Ko‘pchilik yumaloq shakllarni ishlatsa, dizaynerning burchakli shakllarni kiritishi maqsadga muvofiqdir.
Dizayn – bu samarali fikrlash, g‘oyaning amalga oshishi ifodasidir. Har qanday faoliyat sohasidagi dizayner, birinchi navbatda, rassom emas. U, avvalo, tasodifga ko‘ra rassom ham bo‘lgan ijodkor shaxsdir. Dizayner shunchaki biz har kuni qiladigan ishni qiziqarliroq va murakkabroq tarzda bajaradi. Biz nimanidir muayyan tartibda rejalashtirganimizda yoki dasturxon tuzaganimizda go‘yoki dizayn bilan shug‘ullanamiz. Dizaynerning ishi esa ancha murakkab, odatiy emas, uning izlanish yo‘lida noma’lum so‘qmoqlar ham mavjud.
Dizayner betartib rasmlar, matn parchalari, sarlavhalar va oq kenglikni shunday bir tartibga soladiki, iste’molchiga reklamani osongina o‘qish va uni tushunishda yordamlashadi. Go‘zallik esa iste’molchiga quvonch bag‘ishlaydi. Reklamadagi tartib bevosita go‘zallikka aloqadordir. Go‘zallik soddalikka, lekin shu bilan birga xilma-xillikka ham ega.
Reklama dizayni unsurlariga quyidagilar kiradi:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling