A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet61/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

2.Izchillik. Agar iste’molchi reklamaga ko‘z yugurtirayotganida e’tiborini goh u, goh bu unsur tortadigan bo‘lsa, reklama o‘z vazifasini bajaradi, albatta. Dizayner reklama unsurlarini iste’molchi tomonidan to‘g‘ri qabul qilinadigan tartibda o‘rnatishni afzal ko‘radi. Buning uchun qator uslublar mavjud.
Dizayner unsurlarni ko‘zning tabiiy harakatiga ko‘ra joylashtirishi mumkin: nigoh chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga harakat qiladi. Dizayner buni hisobga olgan holda, unsurlarni yuqoridagi chiziq bo‘ylab chapdan o‘ngga, so‘ngra undan quyiroqdagi chiziq bo‘ylab chapdan o‘ngga joylashtirishi mumkin va h.k.
Biroq hamma shu tartibga rioya qilsa, reklama juda zerikarli bo‘lib qolar edi. SHuning uchun dizaynerlarga boshqacha uslublarni qo‘llashlariga to‘g‘ri keladi. Nigohlar, shuningdek, yirikroq unsurlardan maydalariga, qora unsurlardan ochroq ranglilarga, rang-baranglaridan rangsizlarga, g‘ayrioddiy shakldan oddiy shaklli unsurlarga qarab harakat qilishi ham mumkin. SHuni hisobga olib, dizayner ko‘zlar harakatini amalda reklamaning istagan nuqtasiga yo‘naltirishi va uni istagan yo‘nalish bo‘ylab etaklashi mumkin.
3.Yaxlitlik. YAxlitlik dizaynning eng muhim tamoyilidir. YAxlitlik reklama unsurlari bir-birini to‘ldirishini va o‘zaro muvofiqlashishini taqozo qiladi. Dizayner unsurlarning bir-biriga moslarini tanlab, ularni to‘g‘ri shaklda joylashtirar ekan, uyg‘unlik yaratadi. Unsurlar shakli, o‘lchami, sathi, rangi va yo‘nalishiga ko‘ra bir-biriga turdosh bo‘lsa, yaxlitlik tamoyiliga to‘liq javob beradi. Dizaynerga g‘ayrioddiy, masalan, tor va uzun yoki ikki sahifani band qiladigan va h.k. shakliy reklama bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, yaxlitlik tamoyili muammosi yanada keskinroq tus oladi.
4.Tashqi chegaralar. Reklamaning ichidagi chegaralar (ularni “qutilar” hm deyishadi) bir xil qalinlik, bir xil rang va jiloga ega bo‘lsa, yaxlitlikni bo‘rttiradi. Iste’molchi o‘xshashlikni ko‘radi va fikran unsurlarni bir-biri bilan bog‘laydi. Reklama o‘lchami bo‘ylab zukkolik bilan joylashtirilgan oq sath chegaralar rolini bajaradi va u reklama yaxlitligini bo‘rttiradi. Agar dizayner oq sathni reklama markazidagi unsurlar orasida mujassamlashtirsa, u reklama alohida bo‘laklarga bo‘linishini ifodalaydi va yaxlitlikni buzadi.
Reklamaning chetlariga chiqarilgan oq sathni hamma tomondan chuqurligi bir xil bo‘lgan tasma shaklida joylashtirish kerak emas. Mutanosib taqsimlashni saqlash uchun oq sathni noaniq shaklda bergan ma’qul.
O‘q – reklama yaxlitligini mustahkamlashning eng yaxshi vositasi sanaladi. U ko‘rinadigan yoki yaxshisi tasavvur qilinadigan bo‘lishi mumkin. Reklamada ikki, uch va undan ko‘proq o‘qlardan foydalaniladi, ular tik va yassi holatda o‘tadi. O‘q butun reklamadan o‘tib, atrofida unsurlar guruhlanadigan asos hosil qilgandek bo‘ladi.
Qandaydir bir unsur yoki unsurlarning ko‘pchiligi o‘qni kesib o‘tishi mumkin. Lekin bunda o‘q o‘zining birlashtiruvchilik xususiyatini yo‘qotmasligi lozim. Dizayner uch nuqta usulini qo‘llasa, yaxlitlikni mustahkamlaydi. Uch unsurli kompozitsiya ikki yoki to‘rt unsurli kompozitsiya ikki yoki to‘rt unsurli kompozitsiyaga qaraganda mutonosibdir.
Reklama ikki sahifaga joylashganida birlikka rioya qilishi, ayniqsa qiyin kechadi. Bu masalada bir qancha maslahatlar berish o‘rinlidir:
1.Ikkila sahifada ham bir xil rang, bir xil usul va bitta shriftdan foydalaning.
2.Chap tomondagi sahifadan o‘q o‘tkazing, lekin uning unsurlarini o‘ng tomondagiga bo‘ysundiring. Sarlavha reklamaning bukilgan joyidan o‘tib, ikkinchi sahifani ham qamrab olishi mumkin. Bunda bukilgan joy harflar orasidan emas, balki so‘zlar o‘rtasidagi oraliqdan o‘tishi shart. Rasmni ikkila sahifaga joylashtirish mumkin, lekin bukilgan joy muhim unsurlarga to‘g‘ri kelmasligi kerak. Masalan, bukilgan joy reklama bosh personajining yuzidan o‘tmasligi lozim.
3.Bukilgan joyga e’tibor qilmasdan, butun reklamani atrofidan, ikkala sahifa orqali ramkaga oling.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling