A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Do‘kon ichki reklamasining asosiy vositalari


Download 0.81 Mb.
bet82/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

8.2. Do‘kon ichki reklamasining asosiy vositalari

Do‘kon intereri tovarlarni muvaffaqiyatli sotish va tijorat faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Do‘konda uning «firma yuzi»ni belgilab beradigan, o‘zining qandaydir jalb etuvchan jihatlari bo‘lishi lozim. Zamonaviy do‘kon nafaqat bevosita tovarlar sotiladigan joy, balki ularni reklama qilish vositasi sifatida ham ko‘rib chiqiladi. Do‘kon intereri yangi mijozlar jalb qilish va doimiy xaridorlarni ushlab turishda muhim o‘rin egallaydi. Ma’lumki, xaridor doim ham do‘konga ma’lum bir tovarni xarid qilishning aniq shakllangan rejasi bilan kiravermaydi.


Tovarlarni savdo zalida reklamaga mos joylashtirish uchun asbob-uskunalar.Zamonaviy do‘kon intererida xaridorlarning asosiy e’tibori savdo jihozlarida joylashtiriladigan tovarlarga qaratiladi. Savdo jihozlari va asbob-uskunalarining eng tarqalgan turlari peshtaxtalar, erkin turadigan vitrinalar, javon-stendlar, tokchalar, kassa kabinalari, savatlar, kiyim ilgichlar va h.k. hisoblanadi. Savdo uskunalarining estetik xislatlari badiiy bezalgan Do‘kon intereri yaratishga imkon beradi.
Zamonaviy savdo uskunalariga qo‘yiladigan eng muhim talab shundaki, ular unchalik sezilarli bo‘lmasligi, xaridorning e’tiborini unda joylashtirilgan tovarlardan chalg‘itmasligi, bundan tashqari, tovarni eng yaxshi ko‘rinishda taqdim etishi lozim. Tovarlarni do‘konlarda ko‘rsatish uchun keng unifikatsiyalangan savdo uskunalari qo‘llanib, uning yig‘ma detallarini osonlik bilan yig‘ish, uning konfiguratsiyasini o‘zgartirish, boshqa joyga qo‘yish, zarur hollarda esa savdo zali joylashuvini yoki xaridorlarga xizmat ko‘rsatish texnologiyasini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish mumkin. Unifikatsiyalangan savdo uskunasi asosan tekis yuzali, sterjenbop va bo‘rtma elementlardan iborat bo‘ladi. U mustaqil ravishda ham, blok tarkibida kompleksli ravishda ham qo‘llaniladi. Osma (devorga ilinadigan) karkaslar, maxsus ishlov berib silliqlangan elementli alohida turadigan tirgaklar, qisman polga yoki shiftga kiritilgan ustunchalardan keng foydalaniladi. Bu savdo zali maydonidan maksimal darajada foydalanish, uning ekspozitsion maydonini oshirishga imkon beradi. Universal tirgaklar har xil turdagi shiyponlar qo‘llashda manevr qilish imkonini beradi. Konstruksiya tamoyili tirgaklar xilma xilligini, elementlar birikuvi soddaligini, ularning engilligi va transport vositasida tashish qulayligini ta’minlaydi. Ular texnologik vazifa va yuklamalar o‘zgargan hollarda osonlik bilan almashtiriladi.
Amaliyotda asosiy elementlar quyidagi o‘lchamlari eng qulay ekanligi belgilangan: tokchalar chuqurligi - 32, 40, 56 va 64 sm, eng yuqoridagi tokchalar balandligi – pol yuzasidan 175-180 sm. Har bir do‘konda bir xil turdagi savdo uskunalari o‘rnatilishi lozim. Aks holda tovarlarni joylashtirish unumdorligi pasayadi, xaridorlar e’tibori unda sotish uchun qo‘yilgan tovarlardan chalg‘itiladi. Savdo zali intereri orastaligi, yuqori badiiy darajasi bilan ajralib turishi kerak. Devorlar va shiftlarni bo‘yashda ortiqcha va oqlanmagan rang-baranglikdan, keragidan ortiqcha ko‘zgular va bezaklar joylashtirishdan, intererni didsiz va beo‘xshov qilib qo‘yadigan vitrinalar konstruksiyalari, eshiklar va asbob-uskuna qo‘polligidan qochish kerak. Savdo zali intererida xaridorga tovarning shakli, fakturasi va rangi haqida etarli darajada to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradigan devorlar rangi ham muhim ahamiyatga ega. Do‘konlar devorlari ko‘pincha yumshoq tusdagi ranglarga bo‘yaladi, bunda hamma devorlar bir xil rangda bo‘lishi shart emas. Rangli tonlarning muvaffaqiyatli uyg‘unlashuvi qiziqarli ranglar samarasini beradi. Pushti va yashil, sariq va binafsha rang tuslar bir biri bilan yaxshi chiqishadi. Do‘kon intererida pol va shift ham o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Do‘kon poli chiroyli, xaridorlarning harakatlanishi uchun qulay bo‘lishi va savdo zalida yuzaga keladigan ortiqcha shovqinni yutishga xizmat qilishi lozim. Shiftlar ham ortiqcha shovqinni yutishi va yortigichlarning oqilona joylashuvini ta’minlashi lozim.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling