A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Ilib qo‘yilgan reykada namoyish etish


Download 0.81 Mb.
bet103/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Ilib qo‘yilgan reykada namoyish etish unga jun matoning bir bo‘lagini tashlab qo‘yish va uni erkin osilib turgan yirik burama holiga keltirish bilan amalga oshiriladi; matoning qolgan qismi vitrina polida yumshoq burama shaklida joylashtiriladi.
Qarmoq ipi yordamida ilib qo‘ygan holda namoyish etish. Mato dastlab burama qilib taxlangan holda mahkamlanadi va turli yo‘nalishlarda qarmoq ipi yordamida tortib qo‘yiladi.
Matolarni silindrda namoyish etish. Mato eniga qarab, karton qog‘ozdan diametri 10-12 sm, uzunligi 70-90 sm bo‘lgan silindr yasaladi. Mato hosil bo‘lgan silindrga o‘raladi, uning qoldiqlari buf yoki burama ko‘rinishida qadab qo‘yiladi.
Yuzalarni (devor, shift) mato bilan qoplash bir nechta mato bo‘lagini to‘g‘ri burama qilib to‘plash, so‘ngra barcha buramalarni bir uchidan bitta nuqtaga to‘plash va «nur» hosil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Arrasimon drapirovka – matoning uchlari bo‘lak eni bo‘ylab ikkita taxtaga arraning tishlari ko‘rinishida mahkamlanadi, mato bo‘lagining bir uchi vitrinaning pastki qismida mahkamlanadi va matoning ikkinchi uchi tortilgan holda shiftga tortib qo‘yiladi. Har bir mato turlarini namoyish etish uchun o‘ziga xos usullar mavjud. kiyim tikish uchun mo‘ljallangan matolarni maneken yoki yarim manekenlarga qadab qo‘yish usuli mavjud. Bu usulda namoyish etish tufayli xaridor reklama qilinayotgan matolarni muayyan tikuvchilik mahsulotida (kostyum, ko‘ylak, bluzka, palto va b.) qo‘llash imkoniyatini tasavvur qilishi mumkin. matolarni yaxshiroq ko‘rsatish uchun maxsus yoritishdan foydalanish mumkin: yon tomondan qaratilgan yorug‘lik nuri mato rangi va fakturasini yanada ko‘rkamroq ko‘rsatadi. SHu bilan birga, esdan chiqarmaslik kerakki, matolarni reklama qilishda rangi yoritishdan foydalanilmaydi, chunki bu mahsulotning tabiiy ranglarini buzib ko‘rsatadi. Matolarni manekenga qadashdan oldin unga rezina lenta tortiladi, so‘ngra to‘g‘nag‘ichlar yordamida mato qadaladi.
Matoni engi uzun tor ko‘ylak ko‘rinishida igna bilan sanchib mahkamlash texnikasi quyidagi operatsiyalardan iborat: uzunligi 3 m bo‘lgan mato bo‘lagi olinib, to‘rtga buklanadi va eng uzunligi o‘lchab olingach, maneken elkasida ushbu material rezinkaga mahkamlanadi, ichki tomonidan u to‘g‘nag‘ichlar bilan qadaladi; qolgan material bo‘lakchalari bilan manekenning beli va ko‘kragi yopiladi; yubka uchun material ko‘ndalang taxlanadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling