A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet102/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

«Burchakdan burama» matoda quyidagi tarzda qilinadi: mato bo‘lagi uchidan 25-30 sm chekinib, burchagidan olinadi, mato o‘tra va ko‘rsatkich barmoqlar oralig‘ida siqilib, katta barmoqdamida buramalar qilinadi va to‘g‘nag‘ich bilan mahkamlanadi. Matoning eni 0,7-0,9 m bo‘lgan holatda 5-6 ta burama olinadi. Matoning qolgan burchagi yopib qo‘yiladi. Matoning burchagi quyidagi ikki usul bilan yopilishi mumkin:
matoning burchagi qarmoq ipi bilan tortilib, butun bo‘lakka nisbatan belgilangan burchak ostida joylashtiriladi va to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi;
matoning burchagi teskari ag‘darilib, o‘ziga xos gul ko‘rinishida bezaladi va to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi.
«Tortilgan to‘g‘ burama» mato bo‘lagi uzunligi besh metrdan kam bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi. Matoning bir uchi mahkamlanib, bir nechta joyidan qarmoq ipi bilan bog‘lanadi va kerakli yo‘nalishda tortib qo‘yiladi. Natijada siniq chiziq hosil bo‘ladi. Bu usul ip gazlama, zig‘ir toladan to‘qilgan matolar, engil jun va og‘ir ipak matolar namoyish qilishda qo‘llanadi.
«Atirgul» quyidagicha qilinadi: uzunligi 3-3,5 m bo‘gan engil mato bo‘lagi to‘g‘ri buramalar bilan taxlanadi va dekorativ yuzaga spiralsimon chiziq bo‘ylab qadaladi, bunda spiralning tashqaridan boshlanib markazga qaratiladi. Dastlab 30 sm mato qadaladi, undan keyin 1,5-2 sm kichikroq mato qadalardi va h.k. shu tarzda davom etiladi.
Matoni «elpig‘ich» tarzida ko‘rsatish usuli mato bo‘lagiga har tomoni chetdan 1 sm chekingan holda o‘rov qog‘ozi qo‘yishdan boshlanadi. So‘ngra mato qog‘oz bilan birgalikda shunday bukiladiki, qog‘oz matoning ichida qolib ketadi, to‘g‘ri buramalar yasaladi, ular qo‘l bilan tekislanib, buramalarning tepasi to‘g‘nag‘ich bilan qadab qo‘yiladi. Burama yoyilganda elpig‘ich hosil bo‘ladi. Agar bir nechta elpig‘ichni bukilgan joyidan oladigan bo‘lsak, gul yasash mumkin bo‘ladi.
Jun matolarni namoyish etishda «tugun» usuli qo‘llanadi. Uzunligi 3-6 metr bo‘lgan bir nechta mato bo‘lagi to‘g‘ri burama qilib joylashtiriladi va o‘zaro qo‘shib o‘rilgan holda bir nachta tugunlar hosil qiladi. Og‘irroq matolar (duxoba, sun’iy ipak matolar va b.) «osilib turgan burama» ko‘rinishida namoyish etish maqsadga muvofiq. Mato to‘g‘ri burama yoki burchakdan boshlanadigan burama shaklida yig‘ilib, yuqori qismi qarmoq ipida mahkamlanadi, polga osilib turgan pastki qismi turli yo‘nalishlarda, oldindan buramalar yasagan holda taxlab qo‘yiladi. «To‘lqinlar» - ipak va engil jun matolarni namoyish etish usuli bo‘lib, bunda uzunligi 4-5 m va eni 80 sm bo‘lgan bu matolardan birining ikki bo‘lagi uzunasi bo‘ylab ikkiga bukiladi. Mato orqali belgilangan masofada (70-80 sm atrofida) egilgan joylarda va uchida qarmoq ipida osib qo‘yiladi. Mato bo‘lagining bittasi ikkinchisidan 20-30 sm baland ilinadi. Osilib turgan holda mato to‘liqinsimon chiziqlar hosil qiladi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling