A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Teleko‘rsatuv orqali reklama


Download 0.81 Mb.
bet52/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Teleko‘rsatuv orqali reklama. Eng ommaviy, nufuzli va qimmat xisoblangan reklama turidir. Televizion reklama turli tasvir, harakat va ovoz uyg‘unlashuvini ta’minlovchi vositadir.
Radio kabi teleko‘rsatuv ham qisqa vaqt ichida iste’molchilarni jalb etishi mumkin. Radio reklamadan farqli jihati teleko‘rsatuvda vizual harakatlarning mavjudligi, tovar va xizmatlarning barcha xususiyatlarini ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatining mavjudligidir.
Televizion reklamaning barcha elementlari bir-birini to‘ldiradi va yaxlit taassurot qoldiradi. Telereklama jarayonini 5.1-rasmda ko‘rishimiz mumkin.



5.1-rasm. Televizion reklama uzatish jarayoni

Televizion reklama ham bir qator afzalliklar va kamchiliklarga ega (5.8-jadval).


5.8-jadval
Televizion reklamaning afzalliklari va kamchiliklari



Afzalliklari

Kamchiliklari

Maqsadli auditoriyani yalpi qamrab olishi: teleko‘rsatuvni deyarli barcha ko‘radi, shu bois gazeta va radioga nisbatan samarali

Qimmatligi. Telereklama qimmat hisoblanib undan barcha ishlab chiqaruvchilar ham foydalana olmaydi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar samarasi o‘laroq, reklama beruvchilar o‘z iste’molchilarining qaysi telekanallarni tomosha qilishlari, kunning qaysi vaqtida tomosha qilishlari va necha marta tomosha qilishlarini aniq aytib bera oladilar. Bu esa reklamani aynan shu vaqtda uzatish imkonini beradi

Telereklama qimmat bo‘lishiga qaramasdan ko‘pchilik firmalar o‘z reklamalarini muntazam teleko‘rsatuv orqali uzatib boradi. Bu ayrim paytlarda tomoshabinlar jig‘iga tegishi va tovar haqida salbiy fikr paydo bo‘lishiga olib keladi

Vizualligi, harakatliligi va ovozliligi bois tovar va xizmatlar to‘g‘risida iste’molchilarda tezda eslab qolish holati ro‘y beradi.

Qisqa muddatliligi. Telereklama atigi yarim daqiqa uzatiladi, shu bois iste’molchilar uni bir ko‘rishdayoq eslab qolmaydi.

Teleko‘rsatuvning interaktiv imkoniyatlari bir vaqtda telefon orqali ulanish, xabar jo‘natish imkonini beruvchi teleroliklar tayyorlashga imkon beradi.

Joylashtirish imkoniyatining cheklanganligi. Odatda reklama beruvchilar o‘rtasidagi kuchli raqobat telereklamalarni istalgan vaqtda yoki firma uchun foydali bo‘lgan vaqtlarda uzatilishiga to‘sqinlik qiladi

Televizion reklama nufuzli bo‘lib firmaning imijini ham belgilab beradi




Televizion reklamaning eng ko‘p tarqalgan turlariga quyidagilar kiradi:


televizion reklama roliklari – davomiyligi 2-3 minut bo‘lgan tele- va video ko‘rsatuvlar bo‘lib, turli badiiy va ijtimoiy-siyosiy masalalarga oid ko‘rsatuvlardan iborat bo‘ladi. Reklama roliklari qisqa muddatli (15-20 sek), blits-roliklar (15-20 sek) va yoyilma shakldagi roliklar (30 sekundan uzoq) bo‘ladi. Blits-roliklar firma logotip (savdo markasi yoki tovar belgisi), firma nomi va manzilini aks ettiradi. Blits-rolikning vazifasi firma va uning tovarlari haqida eslatib turishdir.
YOyilma roliklar tovar haqida ma’lumot, uning tavsifi, etkazib berish tartibi va foydalanish tartibi to‘g‘risida axborotlarni o‘z ichiga oladi. Mavzusiga ko‘ra tele reklama roliklari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • tavsifiy yoki axborot beruvchi: ular tovarlar haqida ma’lumot beradi yoki ularning aniq tavsifin keltiradi;

  • hayojonga soluvchi roliklar: odatda standart reklama bo‘lib, xorijiy tovarlarni yoki xorij andozasida yaratilgan tovarlar va ularning milliy bozordagi ahamiyatini reklama qilishni ko‘zda tutadi;

  • paradoksal roliklar: odatda antireklamalar vazifasini bajarib, hazil-mutoyiba, mubolag‘a, latifa va masxarabozlikni o‘z ichiga oladi;

  • shok rolik: reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatsiz falokatlar va baxtsizliklar sodir bo‘lishi, ushbu tovar esa bunday ofatlardan qutilish chorasi sifatida tasvirlanadi;


  • Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling