A. P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi


Download 105.55 Kb.
bet4/7
Sana23.04.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1382951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri

Maorifi va madaniyati[tahrir]
Fayl:Fargʻona Davlat Universiteti.jpeg
Fargʻona Davlat Universiteti
Viloyatda 4 oliy oʻquv yurti boʻlib, 18,9 mingdan ortiq talaba, 910 umumiy taʼlim maktabi (690 mingga yaqin oʻquvchi), 8 gimnaziya (7,3 ming oʻquvchi), 47 litsey (16,3 ming oʻquvchi), musiqa va sport maktablari ishlab turibdi. Xalq taʼlimi sohasida chet el investorlari bilan aloqa bogʻlanib „Mersi KO“ jamgarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Yaponiya grantlar dasturi asosida kompyuter va boshqa jihozlar olindi. Viloyat sportchi oʻquvchilari 2003—04 yillardagi „Umid nihollari“ sport musobaqalarida 2 va 3 oʻrinlarni egalladilar. Fargʻona viloyatida 77 kasbhunar kolleji, 3 akademik litsey faoliyat koʻrsatadi shuningdek 4 teatr, madaniyat uylari, 3 muzey, 193 klub muassasasi, 609 ommaviy kutubxona (603,6 ming nusxa asar) aholiga xizmat koʻrsatadi. Viloyatda 1998-yilda Fargʻoniyning 1200 yillik, 2000-yilda Burhoniddin Margʻinoniyning 910 yillik yubileylari oʻtkazildi.
Sogʻliqni saqlash[tahrir]
97 kasalxonada 6,3 ming vrach va 31,9 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. 413 ambulatoriya poliklinikasi, 214 qishloq vrachlik punkti, 61 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 28 ta dispanser bor. Dam olish uylari va „Chimyon“, „Oʻzbekiston“, „Qiziltepa“, „Nurafshon“, „Temir yoʻlchi“ sanatoriylari, tez tibbiy yordam viloyat boʻlimi bor.
Sport[tahrir]
Fargʻona viloyatida „Universiada 2004“ sport musobaqalari oʻtkazildi. 2004-yildan boshlab viloyatda sportning suv polosi va sinxron suzish turlari yoʻlga qoʻyildi, seksiyalar tashkil etildi. Mavjud sport federatsiyalaridan tashqari qoʻl toʻpi, turon milliy yakka kurashi, sinxron suzish, armrestling kabi sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari tuzildi. Fargʻona viloyatia jami 5135 sport inshooti mavjud. Shuningdek, Fargʻona Olimpiya zaxiralari sport kollejida dastlabki sport inshootlari ishga tushirildi. „Yoshlar madaniyat va sport majmuasi“, „Fargʻona“ markaziy stadioni, „Istiqlol“ tennis majmuasi, ot sporti maktabi, „Kimyogar“ sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Sportning yunonrim, qoʻl jangitaekvondokarateshaxmatshashkaboks, belbogʻli kurash, milliy kurash, turon milliy yakkakurashi, yengil atletika, mini futbol, voleybol turlari rivojlangan. Viloyat sportchilari 2004-yilda xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib 7 oltin va 4 kumush medallarga sazovor boʻlishdi. Ayniqsa, Koreya Respublikasida oʻtkazilgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati, Qozogʻistonda armrestling , Yaponiyada baydarka va kanoeFilippinda boks boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatlarida viloyat sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan respublika sport musobaqalarida viloyat vakillari Ye. Tunguskova va Z. Abdullayevalar qatnashib respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Ogʻir atletika boʻyicha respublika chempionatida Ye. Sisoyeva oʻz vazni boʻyicha golib boʻldi. Shuningdek, Ye. Sisoyeva va B. Toshpoʻlatovalar 2004-yilda AQShda talabalar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha oʻtkaziladigan chempionatga nomzod etib kiritildi. Nogironlar oʻrtasida stol tennisi boʻyicha oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida A. Ismatullayev gʻolib boʻlib, Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Respublika terma jamoasi tarkibiga kiritildi. 2004-yilning avgust oyida Afinada oʻtkazilgan 28 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Fargʻona viloyatining 5 sportchisi ishtirok etdi. 2004-yilda viloyatda basketbol boʻyicha xalqaro „Mersiko“ turniri, milliy va belbogʻ kurashi boʻyicha Hazrat Ali hamda Temirjon va Hamid polvonlar xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnirlarda respublika viloyatlari, 10 dan ortiq xorijiy davlat polvonlari katnashdi. Yil davomida oʻtkazilgan sport musobaqalarda ishtirok etib viloyat sportchilari 250 dan ortiq medallarni qoʻlga kiritishdi. 15 sportchi sport ustasi normasini bajardi.
Adabiyoti[tahrir]
Fargʻona zamini koʻplab isteʼdodlar beshigi boʻlgan. Qoʻqon tarixiga oid baʼzi manbalarda 10-asrda Fargʻonada yozma adabiyot namunalari boʻlganligi qayd etilgan. Abu Tayyi Hoʻqandiy (10—11-asrlar) ijodi haqidagi maʼlumotlar buning yaqqol dalilidir. Biroq, oʻrta asr Fargʻona viloyati adabiyoti haqidagi manbalar juda kam. 18-asrdan boshlab Fargʻona vodiysi, xususan, Qoʻqonda fan, adabiyot va sanʼat rivoj topganligini koʻrish mumkin. Qoʻqon xonligi tashkil topishi markazlashgan davlat sifatida faoliyat yuritishi xonlik hududida oʻziga xos adabiy muhitning shakllanishiga imkoniyat yaratdi. Bu davrda Huvaydo, Shoʻxiy, Akmal, Nizomiy Hoʻqandiy kabi adabiyot namoyandalari ijod qildilar. Huvaydoning „Devon“i tarkibiga kirgan sheʼrlar va „Rohati dil“ dostoni xalq orasida mashhur boʻlgan. 19-asrda ushbu hududda „Qoʻqon adabiy muhiti“ nomi bilan maʼlum boʻlgan adabiyot ravnaq topdi. Ushbu muhitning tashkilotchisi Qoʻqon xoni Muhammad Said Amir Umarxon (178 7— 1822) saroyiga 100 ga yaqin ijodkorni jalb etib, ularning ijod qilishi uchun moddiy va maʼnaviy sharoit yaratib berdi. Xonning oʻzi ham Amiriy taxallusi bilan sheʼrlar „Devoni“ni yozdi. Umarxon davrida Ado, Fazliy, Xoziq, Hijlat, Vazir, Maxmur, Nodir, Gʻoziy, Maʼdan, Miriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Gulxaniy, Mushrif, Dabir, Ravnaq, Umidiy, Jadid, Mahzun, Zokir, Fayziy, Vahmiy kabi ijodkorlar shuhrat qozonganlar. Keyinroq, Umarxonning oʻgʻli Qoʻqon xoni Muhammad Alixon (Madalixon) ham „Xon“ taxallusi bilan sheʼrlar yozgan, „Layli va Majnun“ dostonini yaratgan. Ushbu davr adabiyotining namunasi sifatida Abdulkarim Fazliyning Umarxon topshirigʻi bilan 84 zamondosh shoirlar haqida oʻzbek va fors tillarida sheʼriy yoʻsinda yozilgan „Majmuai shoironi Umarxon“ tazkirasi; Gulxaniyning „Zarbulmasal“ asari, Xoziqning „Yusuf va Zulayho“, Nodir Uzlatning „Haft gulshan“ dostonlarini aytish mumkin. Ayol ijodkorlarning mavqei baland boʻlganligini taʼkidlash lozim. Qoʻqon malikasi, Umarxonning zavjasi Mohlaroyimning Nodira, Maknuna taxalluslari bilan ijod etgan oʻzbek va fors tillaridagi sheʼrlari alohida „Devon“ga jam boʻlsa, Jahonotin Uvaysiyning 4 devoni, „Voqeoti Muhammad Alixon“, „Shahzoda Hasan“ va „Shahzoda Husayn“ dostonlari, Mahzunaning goʻzal sheʼrlari adabiyotimiz xazinasidan munosib oʻrin olgan. Fargʻona viloyati adabiyotining bu davrdagi yana bir xususiyati koʻp sonli tarixiyadabiy asarlarning yaratilganligidir. Soʻnggi tadqiqotlardan maʼlum boʻlishicha, shu davrda birgina Qoʻqon xonligi tarixiga oid 40 ga yaqin sheʼr va nasriy asarlar yaratilgan. Sheʼriy uslubda yaratilgan bunday asarlar sirasiga Fazliyning „Shahnomai Umarxon“, Mutribning „Shahnomai Devona Mutrib“, Andalibning „Shahnomai devona Andalib“, Uvaysiyning „Voqeoti Muhammad Alixon“ dostonlari; Imomali Qori Qunduziy — Komiyning taniqli kishilar tavalludi, vafoti va Qoʻqon tarixiga oid turli voqea — sanalarning sheʼriy taʼrixlari jamlangan „Tavorixi manzuma“ kabi asarlari kiradi. Tarixga oid nasriy asarlar qatorida esa Hakimxon toʻraning „Muntaxab uttavorix“, Mulla Avaz Muhammad Attorning „Tuhfat uttavorixi Xoniy“, Mushrifning „Shahnomai nusrat payem“, Mulla Niyozmuhammad Hoʻqandiyning „Tarixi Shohruhiy“, Mirzo Olim Mushrifning „Ansobus salotin va tavorixi xavoqin“, Muhammad Amin Domulloning „Tuhfat uttavorix“, Abdugʻafur Hoʻqandiyning „Zafarnomai Xudoyorxon“, Maqmud Hakim Yayfoniyning „Xullas uttavorix“, Muhammad Aziz Margʻiloniyning „Tarixi Aziziy“ va boshqa asarlarni keltirish mumkin. Tasavvufiy adabiyot namunalaridan Azim Xoʻja eshon Azimiyning „Muroduloshiqin“ devoni, Abdulaziz Majzubning „Devon“i va „Tazkiraulavliyo“ asari (19-asrning 1yarmi), Salohiddin Soqibning „Maʼlumoti Soqibiy“ risolasi (19-asrning 2-yarmi) eʼtiborga loyiq. 19-asrda Qoʻqon shahri va uning atrofida 100 dan ziyod shoir va adiblar devon tuzishgan. Umarxon, Muhammad Alixon va Nodirabegim davrlarida Qoʻqonda xushxat xattotlarni yigʻib, moddiy jihatdan taʼminlab, Sharq adabiyotining koʻplab nodir asarlari koʻchirtirilib, koʻpaytirilgan. Shulardan eng koʻp koʻchirilganlari Jomiy, Navoiy, Bedil, Fuzuliy va Amiriy asarlaridir. Maʼlumotlarga koʻra, Amir Umarxon Lutfiy, Navoiy va Amiriy devonlari jamlangan, goʻzal xatli, oltin bezakli „Muhabbatnoma“ majmuasini usmonli turk sultoniga hadya tariqasida joʻnatgan. Fargʻona viloyati adabiyotida Sharq mumtoz sheʼriyatining deyarli barcha janrlarida samarali ijod qilindi. Badiiyat va gʻoya, mavzular rangbarangligi bu davr adabiyotiga xos xususiyatlardan biri ekanligi asarlardan maʼlumdir. Bu jihat 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlari adabiyotida ham yaqqol koʻrinadi. Ushbu davrda Pisandiy, Qoriy, Muqimiy, Muhayyir, Furqat, Zavqiy, Gʻurbat, Rojiy, Muhsiniy, Haziniy, Mahjur, Muqyi, Zoriy, Sirojiy, Jaloliy, Yoriy, Ibrohim Davron, Mirzoi Hoʻqandiy, Nasimiy Xoʻqandiy, Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa samarali ijod qildilar. Bu davr adabiyotining yorqin namoyandalaridan Muqimiy ijodidagi xalqona lirika bilan hajviy yoʻnalish oʻziga xos maktabni yaratgan boʻlsa, Furqat ijodidagi serohang misralar va maʼrifatparvarlik ruhidagi sheʼrlar, Haziniy ijodidagi sufiyona istilohlarga boy, purhikmat sheʼrlar, Qoriy lirikasidagi jozibadorlik, Hamza ijodidagi ijtimoiy ruh bu davr adabiyotining ravnaqidan dalolat beradi. Ayol ijodkorlardan Dilshod Barno, Anbar Otin, Samarbonu kabi shoiralarning ijodi qam samarali boʻldi. Milliy uygʻonish davri adabiyoti — jadidchilik yoʻnalishida ijod qilgan va maʼrifatchilik harakatida faol ishtirok etgan ijodkorlar sirasiga Ibrohim Davron, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Mirzo Xayrullo Hoʻqandiy, Ashurali Zohiriy, Poʻlatjon Qayyumiy kabilarni kiritish mumkin. I. Davronning „Ashʼori nisvon“ sheʼrlar majmuasi, Hamzaning „Milliy qoʻshiklar uchun milliy sheʼrlar“ toʻplami, M.X. Hoʻqandiyning „Axloqi zamima“, „Yigirma hikmat“ asarlari va boshqa oʻsha davr adabiyotining mahsullaridir. P. Kayyumiyning 20-asrning 2-yarmida yaratgan „Tazkirai Qayyumiy“, „Qoʻqon tarixi va adabiyoti“ va „Tazkirai shuaro“ asarlari ham eʼtiborga loyiq. 20-asr hozirgi zamon oʻzbek adabiyotining koʻplab vakillari ham Fargʻona viloyati adabiyotining qaldirgʻochlaridir. Abdulla QahhorSobir Abdulla, Charxiy, Xusayn Shams, Amin Umariy, Shokir Sulaymon, Adham Rahmat, Ibrohim Rahim, Xudoyberdi Toʻxtaboyev, Anvar Obidjon kabi shoir va yozuvchilar shu zamin farzandlaridir. 20-asrning 70—90-yillarida Yoʻldosh Sulaymon, Oxunjon Hakimov, Anvar Yusupov, A. Muqimov, Habibullo Said Gʻani, Komil Joʻra, Oʻrmon Omonov, Alisher Ibodinov, Bahodir Iso, Ismoil Mahmud, Nurullohoji Qoʻqondiy, Enaxon Siddiqova, Saydali Odilov, Zuhra Aliyeva, Matluba Dehqon qizi, Ilmer Nazarov, Abdulhamid Muxammadiyev, Nosir Zohid va boshqalar oʻz ijodlari bilan elga tanildilar.
Mustaqillik yillarida Nabijon Boqiy, Nurulloh Muhammad Raufxon, Sayd Anvar, Farida Afroʻz, Iqbol Mirzo, Abdurahmon Joʻra, Mirza Karim, Gulbahor, Otabek Rustambek oʻgʻli, Muxtasar Tojimamatova, Ozoda Toʻraqulova kabi ijodkorlar yetishib chiqdilar. Fargʻona viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, jurnalistlar, meʼmorlar va boshqa)ning viloyat boʻlimlari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi[tahrir]
Viloyatda 10 ta jurnal, 79 ta gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta („Fargʻona haqiqati“, „Ferganskaya pravda“), 20 shahar va tuman, 20 ta tarmoq hamda 37 ta xususiy gazetalar chop etiladi. Fargʻona viloyatida radioeshittirishlar 1932-yilda efirga uzatila boshlagan. Viloyat radiosi orqali oʻzbek, tojik va rus tillarida kuniga 18 soat eshittirishlar beriladi. Viloyat televideniyesi oʻz koʻrsatuvlarini 1991-yil 22-dekabrdan namoyish eta boshladi. Oʻsha paytlarda haftasiga 1 soat koʻrsatuvlar berilgan. Fargʻona viloyati televideniyesi haftalik koʻrsatuvlari 18 soatni tashkil etadi. Koʻrsatuvlar oʻzbek, tojik va ingliz tillarida olib boriladi. Undan tashqari "Ruxsot" TRK, "Margʻilon","Tohir-Bag‘dod" TV telekanallari hamda „Soʻx“, „Muloqot“ telestudiyalari faoliyat koʻrsatadi.
Meʼmoriy yodgorliklari[tahrir]
Fargʻona viloyatida asosiy hisoblangan Qoʻqon meʼmorligining shakllanishi 18-asrdan boshlanadi. Bu yerga dastlab Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etildi, ular Madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va boshqa binolarni bunyod etdilar. Hozirgacha shaharda saqlangan meʼmoriy yodgorliklardan eng qadimgisi Madrasai Mir nomi bilan xalq orasida mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasidir (18-asr oxiri). Bu Madrasa Qoʻqon hukmdori Norboʻtabiy hukmronligi davriga oid. Undan tashqari, Daxmai shohon, Daxmai Modarixon meʼmoriy majmualari (19-asrning 20-yillari), Miyon Hazrat (1860-yil), Kamol Qozi (1837yil) madrasalari, Oʻrda (1871yil, Qoʻqon xoni Xudoyorxon tomonidan qurilgan), Jome masjidi (19-asr oxiri — 20-asr boshlari) kabi meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.



Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling