A. P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi


Download 105.55 Kb.
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1382951
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri

Fargʻona shahri Fargʻona vodiysida joylashgan boʻlib, Fargʻona viloyating maʼmuriy markazidir.
Fargʻona (1907 yilgacha — Yangi Margʻilon; 1907 — 1924 yillarda Skobelev, mahalliy talaffuzda — Iskobil deb atalgan. Podsho Rossiyasining Oʻrta Osiyoni bosib olishda va keyingi yillarda koʻplab qirgʻinbarotlar uyushtirgan generali M.D. Skobelev nomiga qoʻyilgan) — Fargʻona viloyatining maʼmuriy, iktisodiy va madaniy markazi, respublikaning yirik shaharlaridan biri. Maydoni 0,09 ming km². Aholisi 222,4 ming kishi (2004, Fargʻona vodiysidagi shaharlar ichida aholi soni boʻyicha 3-oʻrinda). Shahar Fargʻona vodiysining jan. qismida, Olay togʻlarining etagida, 580 m balandlikda joylashgan. Iklimi kontinental. Oʻrtacha yillik temperatura 13°. Yanv.ning oʻrtacha trasi —2,7°, iyulniki 26,4°. Eng past temperatura 27°, eng yuqori temperatura 42°. Yiliga 192 mm yogʻin tushadi. Yogʻinning koʻp qismi qish va bahor fasllarida yogʻadi. Gʻarbdan baʼzan qattiq shamol va garmsel, Olay togʻi (Shohimardonsoy vodiysi)dan togʻvodiy shamoli esadi.
F. soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "F." soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar.
1876 yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km jan.da joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.
Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik z-di faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash z-di faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.
1907 yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.
1914 yilda yana 4 ta paxta tozalash z-di va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913 yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi.
Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.
1917 yil 6—7 dek.da Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921 yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik f-kasi foydala nishga topshirildi. 1917 yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik f-kasi, yogʻ z-di ishlay boshladi. Paxta tozalash z-dlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. 2-jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—F., Shim. Soʻx—F.—Quvasoy gaz quvurlari F.ni Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.
Undan keyin gidroliz z-di, 1958 yilda neftni qayta ishlash z-di ishga tushirildi. 1960- yillarda F.da temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht z-dlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.
Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva z-dlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal f-kalari, "Fargʻonapivo", don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona ("KabulFargʻona", "Oʻzsalaman", "Ferteks", "Yevraziya Tapo Disk", "Ferkon" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan.
F. Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. F.dan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot in-ti filiali, un-t, politexnika in-ti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. F.dan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gaz., shahar gaz. ("Fargʻona tongi", 1955 yil 29 dek.da tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gaz. va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi.
Aholisi 250,000. Fargʻona shahriga Margʻilon va Toshloq shaharlari tutashib ketgan. Agar 3 ta shaharni aholisi bilan hisoblasak, 400,000 dan oshadi. Fargʻona shahrining ramzi chinorbargidir. Fargʻonada Markaziy Osiyodagi eng mashhur futbol jamoasi — «Neftchi» shahar shaʼnini himoya qiladi. «Neftchi» FC 5 karra Oʻzbekiston chempioni, 7 karra kumush medal sohibi, 2 marta billur sovrin egasi, 1 marotaba Osiyo Chempionlar Ligasi 3-oʻrin sohibi va MDH davlat chempionlari 2-oʻrin sohibidir.

Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling