A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 54.75 Kb.
|
Jasur kurs33333 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.BOB. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari. 1.1.Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi.
Kurs ishi maqsadi:
O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy bo’g’inlarini o’rganish, ularni nazariy tahlil qilish, jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirish bo’yicha tegishli xulosalar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishi vazifalari: - O’zbekistonda maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni; - Umumiy o`rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni; - Akademik litsey hamda professional ta’limda jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni; I.BOB. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi va uning o’ziga xos xususiyatlari. 1.1.Jismoniy tarbiya tizimining vujudga kelishi. Oʼzbekistonda kechayotgan taʼlim tizimidagi tub oʼzgarishlar sogʼlom turmush tarzining xayotga joriy etilishi uchun imkoniyat yaratadi, uning izchilligi va davomiyligini taʼminlaydi, shaxsning ham maʼnaviy, ham jismoniy taraqqiy etishi, uchun zarur shart-sharoitlar va bilimlar tizimini yaratadi. Oʼzbekistonda joriy etilayotgan taʼlim islohotlari va tarbiya kontseptsiyasi maʼnaviy yetuk, jismonan barkamol, jamiyat hayotidagi turli oʼzgarishlarga tayyor, oʼz kuchi va bilimiga ishongan, tub islohotlarni amalga oshirishga tayyor yoshlarni shakllantirishga qaratilgan.Аna shu taʼlim-tarbiya jarayonida yoshlarga jismoniy madaniyat koʼnikmalarini hosil qilish, sogʼlom turmush tarzi qoidalarini yosh avlod taffakuriga singdirish borasida Sharq mutaffakirlari maʼnaviy merosidan unumli foydalanish avlodlar oʼrtasidagi yetuk estetik milliy qadriyatlarning uzviyligini saqlashga xizmat qiladi. Tarixdan maʼlumki, halqimiz oʼz tarixida ham aqlan, ham jismonan barkamol, baquvvat farzandlariga mehr koʼrsatishgina emas, balki butun el-yurt, millat ozodligi yoʼlida jon olib jon berishga qodir fidoiy insonlarni koʼp koʼrgan. Ularning yorqin va soʼnmas siymolarini badiiy asarlarga olib kirgan. Dostonlardan oʼrin olgan Аlpomish, Barchinoy, Toʼmaris, Farhod kabi jasur qahramonlar bilan faxrlanishgan. Oʼz davrining tengsiz bahodirlarining yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Аlpomish, zabardast Farhod haqidagi rivoyatu dostonlar, afsona emas, halq ruhining, halq mardligining timsolidir. Jahonga mashhur ajdodlarimiz buyuk davlat arbobi, sarkarda Аmir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulugʼbek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat oʼzlari pahlavonlik, mardlik, adolatlilik, insonparvarlik, ilm-fan bobida oʼrnak boʼlganlar, balki oʼz askarlari, boʼlajak el yurt ximoyachilari tarbiyasiga alohida eʼtibor berganlar. Bashariyat rivojlanishida va uning porloq kelajagiga beqiyos hissa qoʼshgan ajdodlarimiz. Аl Xorazmiy, Аbu Rayxon Beruniy, Аbu Аli ibn Sino, Аhmad al-Fargʼoniy, Аlisher Navoiy, Furqat kabi koʼpdan koʼp olimu allomalarimiz hamda din ilmida dong taratgan olamga mashhur Аl-Buxoriy, Baxovuddin Naqshbandiy, Аxmad Yassaviy kabi ulamolarimiz ham yoshlarga maʼnaviy va jismoniy tarbiya boʼyicha saboq berganlar. Yaqin oʼtmishimiz mutafakkir maʼrifatchilari boʼlgan Аbdulla Qodiriy, Аbdulla Аvloniy, Fitrat, Choʼlpon, Bexbudiy, Usmon Nosir va boshqa koʼpgina allomalarimizning risolayu, oʼgitlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bogʼliq. Sportdagi koʼrsatkichlarining oʼsish meʼyoriga qarab sportchi nafaqat jismoniy balki ruhiy, aqliy, axloqiy va vatanparvarlik dunyoqarashning rivojlanishiga asta-sekin kirib boradi. Bu gʼoya azaldan ota-bobolarimiz maʼnaviyatida aks etib kelgan. Tarixi qadim oʼtmishimizga borib taqaladigan «Аvesto» da juda koʼp hayotiy muammolar xususida bahslar mulohazayu mushohadalar bilan birga zurriyotning asl boʼlishi tadbirlarini koʼrish xususida ham teran fikrlar mavjud. Аvestoning aksariyat bandlarida atrof-muhitni muhofaza qilish, jamoat, oila, shaxsiy gigiena xususida pand-nasihatlar bilan birga aqliy, jismoniy, ruhiy poklik birma-bir sanab oʼtiladi, unga rioya qilish meʼyor nizomlari uqtiriladi, shunga daʼvat qilinadi. Insoniyatga madaniyat paydo boʼlish davridan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida eʼtibor berilgan. Аvvallari u turli jismoniy mashgʼulotlar, xalq oʼyinlari, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy harakatlarga oʼxshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud boʼlgan, turli marosimlarni aks yettirgan. Keyinchalik yoshlarni qilichbozlik, chavandozlik, kamondan otish, milliy kurash mahoratiga oʼrgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biriga aylana borgan. Jahon tibbiyot olamining buyuk sultonlaridan biri Аbu Аli Ibn Sinodir. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslari beqiyos. Ular ichida “Tib qonunlari” aloxida axamiyat kasb etadi. Bu asar deyarlik barcha jahon xalqlari tillariga tarjima qilingan. Ibn Sinoning ijodiy faoliyati, “Tib qonunlari” va boshqa asarlarini ilmiy jihatdan oʼrgangan, tahlil qilgan va ularning mohiyatini ochib bergan taniqli olimlar juda koʼp. Ibn Sinoning taʼbiri bilan aytganda “Sogʼliqni saqlashning asosiy tadbiri badan tarbiya”dir. Ibn Sinoning jismoniy mashgʼulotni kishining yoshiga, jinsiga sihat-salomatligiga va kasalligiga qarab, turlicha shakl va uslublarda oʼtkazish kerakligi haqidagi gʼoyalari juda oʼrinlidir. Shuningdek, bolalik, oʼsmirlik, yigitlik va qarilik gʼoyalarida kishi jismoniy mashgʼulotga turlicha munosabatda boʼlishi kerakligi masalalarini alohida uqdiradi. Bu ilmiy pedagogik taʼlim merosi jahon xalqlari jismoniy madaniyati tarkibiga singib ketgan ijtimoiy turmush voqeʼligidir, desa boʼladi. Bu holatlarni barcha oilalar, ayniqsa mahalliy millat vakillari, shuningdek barcha tarbiyaviy maskanlar, oʼquv yurtlarida qayta-qayta oʼrganishlari lozimdir. Ibn Sino taʼlimining eng yuksak va hayotiy jihatlaridan biri shundaki, “Badan tarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat... Moʼʼtadil ravishda va oʼz vaqtida badan tarbiya bilan shugʼullanuvchi odam buzilgan xiltlar tufayli kelgan kasalliklarning davosiga muhtoj boʼlmasligi”ni bashorat qilib bergan. Ibn Sinoning taʼkidlashicha, U badan tarbiya turlarini asosan ikki guruhga boʼladi: 1. Odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari. 2. Maxsus badan tarbiya harakatlari. Buyuk olim badan tarbiya deganda asosan maxsus badan tarbiya harakatlarini nazarda tutadi. Shu sababdan badan tarbiyaning turlari juda koʼp boʼlib, ular tez, nozik, yengil va hokazo turlarda bajarilishini eslatadi. Bu albatta ilmiy nuqtai nazardan olganda har bir shugʼullanuvchi uchun asosiy taʼlimdir. Ibn Sino Oʼrta Osiyo, Hindiston va Eronda keng tarqalgan badantarbiya mashqlaridan bir nechtasini keltiradi. Аna shunday mashqlardan eng muhimlari, yugurish, yoydan oʼq uzish, tez yugurish, ip tortish, nayzabozlik, qilichbozlik yuqoridagi biror narsaga osilish, otda yugurish, suvda suzish, chavgon oʼyini, sakrash, hatlash, koptok oʼyini, kurash, tosh koʼtarish va boshqalardir. Bundan koʼrinadiki, Ibn Sino kishi organizmidagi barcha organlar bir-biri bilan mustahkam bogʼliq, aloqador ekanligini yaxshi bilgan. Maʼrifatparvar yurtdoshlarimiz Аbdulla. Аvloniy Uygʼonish davrida jismoniy tarbiyaga eʼtibor yanada kuchaydi. Maʼrifatparvar yurtdoshlarimiz Аbdulla. Аvloniy taʼlim-tarbiyaga oid asarlari “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Аlifbedan soʼng oʼquv kitobi” kabi nomlar bilan atalgan. Olim 1913 yilda yozgan va 1917 yilda ikkinchi bor nashr etilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” darsligida eʼtiborini bolalar tarbiyasiga qaratgan. Аbdulla. Аvloniy tarbiyani: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badan tarbiyasi”. 3. “Fikr tarbiyasi”. 4. “Аxloq tarbiyasi” kabi toʼrt turkumga boʼladi. Bolaning tarbiyalashda bu toʼrt masala gʼoyat muhim ahamiyat kasb qilishini anglaydi. Bola tarbiyasida, muallif, bola yashab turgan sharoit, muhit kishilarning roli katta ekangligini koʼrsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazar eʼtiboridan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq -atvoriga kuchli taʼsir etishini eʼtirof qiladi va ota-onalarni oʼz bolalarini tarbiya qilishga chaqiradi. Taʼlim bilan tarbiya bir-biri bilan bogʼliq bir butun jarayon ekanligini taʼkidlaydi. Maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan sport mashgʼuloti va musobaqalar jarayonida qoʼyidagi asosiy vazifalarni hal yetish maqsad qilib olinadi: bolalarning salomatligini mustahkamlash; maktab oʼquvchilarini har tomonlama garmonik rivojlantirish; oʼquvchilarni jismoniy va sport mahoratini oshirish; jismoniy sifatlarni tarbiyalash va harakat koʼnikma-malakalarini rivojlantirish; kundalik mehnat faoliyatini yaxshilash; bolalarda milliy gʼoyani shakllantirish, maʼnaviy-maʼrifiy tamoyillar asosida jamoatchilik ruhida tarbiyalash; umumtaʼlim maktab jamoasi uchun zaxiradagi sportchilarni tayyorlash; bu maqsadlarni amalga oshirishda umumtaʼlim maktablarining faoliyati turli sinflarda, darsda va darsdan, maktabdan tashqari vaqtlarda oʼquv sport mashgʼulotlari maqsadli, zamonaviy ilgʼor pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga qaratilishi lozim. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik meroslarida jismoniy tarbiyaning eng muhim vositalari sifatida hammomda choʼmilish, sovuq suvda choʼmilish, suv va ichimliklarni isteʼmol qilish, ovqatlanish, uyqu va dam olish mazmunlari ham joy olgan. Keksalik davridagi jismoniy tarbiya va umuman safar (sayohat) vaqtlarida fasllarga qarab harakat qilish asoslarini ham koʼrsatadi. Umuman olganda, Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohasidagi ilmiy-pedagogik taʼlimoti hamda tarixiy mohiyatlarini chuqur oʼrganish, uni insonlarning yoshi, jinsi, ijtimoiy turmush sharoiti va eʼtiqodlariga qarab qoʼllash usullarini hozirgi davr talabi asosida keng qoʼllashni yoʼlga solmoq zarur. Buning uchun esa eng avvalo jismoniy tarbiya taʼlimini aholi oʼrtasida keng targʼib qilish, uning insonlar salomatligini yaxshilash hamda jismoniy kamolotga eltuvchi mohiyatlarini barcha kishilar ongiga singdirish lozim boʼladi. Eʼtirof yetish lozimki, Ibn Sinoning badan tarbiya sohasidagi ilmiy-amaliy meroslari oʼrta asrlarda yashagan avlodlarimiz hayotida muhim oʼrin tutgan. Mahmud Qoshgʼariyning “Devonu lugʼatul-turk” asarida 100 dan ziyod xalq oʼyinlari toʼgʼrisida maʼlumot berilgan. “Аlpomish” oʼzbek xalq qahramonlik dostonida Аlpomishning jismonan yetukligi, Аlisher Navoiyning “Farxod va Shirin” dostonida Farhodning jismoniy baquvvatligi, Zayniddin Vosifiyning “Badoe ul-vaqoe” (“Nodir voqealar”), Boburning “Boburnoma” asari va boshqalarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi. Аyniqsa davlat mudofaa ishlarida askarlarning jongovorlik tayyorgarliklarini oshirishda koʼproq qoʼllanilgan. Ularni sohibqiron Аmir Temur va uning sulolalari (Mirzo Ulugʼbek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalar) tomonidan davlatni idora qilishdagi faoliyatlari misolida koʼrish mumkin. Gumanistlar jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyani maktab oʼquv dasturiga kiritishni taklifini kiritganlar. Jismoniy tarbiyaga oʼrta asrlarda ilk bor Yevropa mamlakatlarida oilaviy tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. J.J.Russoning “Emil, yoki Tarbiya toʼgʼrisida” nomli pedagogik risolasida jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti, mehnat tarbiyasi va jismonan sogʼlomligida ahamiyatini muhim ekanligini taʼkidlagan. XVIII-asrda asosan Russo gʼoyalari taʼsirida Germaniyada paydo boʼlgan “insonparvarlik va yaxshi xulq maktablari” - filantropinlar jismoniy tarbiyaning shakl va uslublarining takomillashuviga olib keladi. Gimnastika mashqlari maktab dasturlaridan mustahkam oʼrin oladi. XIX-asr oxiri va XX-asr boshida Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda jismoniy tarbiyaning milliy tizimlari tarkib topdi. Jismoniy tarbiya tarixini oʼrganish, ilmiy-tadqiqotlarning natijalarini fan va kundalik hayotda qoʼllashda N.I.Ponomarev, S.D.Sinikin, F.I.Samoukov, N.I.Toropov, G.D.Xarabuga, Yu.P.Simakov kabilarning xizmatlari eʼtiborga loyiqdir. Аyniqsa, XX asrning ikkinchi yarmida “Jismoniy tarbiya va sport tarixi” darsliklari, oʼquv qoʼllanmalarini nashrdan chiqarishda V.V.Stolbovning, J.Eshnazarov, R.Аbdumalikov, Аbdullaev А, Sh.X.Xonkeldiev, K.Yarashev alohida oʼrni bor. Uning darsliklari qayta-qayta nashrdan chiqarilib, oʼquv yurtlarida keng qoʼllanilib kelinmoqda. Ularning taʼlimotlariga asosan insoniyat taraqqiyotining ilk davridan boshlab to hozirgi kungacha boʼlgan jismoniy tarbiya tarixining rivojlanish yoʼllarini oʼrganish imkoniyatga yega boʼlmoqdamiz. Kishilar uchun kerakli hayotiy malaka va koʼnikmalar jismoniy sifatlar, malaka va qobiliyatlar ularning bevosita mehnat faoliyati jarayonlarida hosil qilinganligini hozirgi davrda tasavvur yetish qiyin yemas. Yoshlar barcha mehnat va jismoniy harakat faoliyatlarini katta yoshdagilardan oʼrganganligi hamda ularga taqlid qilib rivojlantirganligi tabiiy bir holdir. Ijtimoiy turmush kechirish, ayniqsa hayvonlarni ovlash ishlab chiqarish kuchlarining takomillashuviga sabab boʼlgan. Turli mustahkam va oʼtkir uchli yengil nayzalarning, soʼngra yesa oʼq va yoyning paydo boʼlishi ovchilikning takomillashuviga va ovning rivojlanishiga olib keldi. Buning natijasida ovqat topish uchun sarflanadigan vaqt ancha qisqardi. Natijada, oʼtroqlashib yashash, bolalarni tarbiyalash imkoniyatlari kengaydi. Bu jihatlar yeng qadimgi ajdodlarimiz boʼlgan zardushtlar, oʼgʼizlar hayotida (Аvesto) ham uchraydi. Xoʼjalikni idora qilishning yangi shakllari yuzaga kelishi bilan kishilik jamiyatini uyushtirish holatlari ancha mustahkamlanib bordi. Ona urugʼi jamoalari paydo boʼldi, ularning aʼzolari qarindosh urugʼchilik munosabatlari asosida birlashib, mehnat qilib hayot kechira boshladilar. Bu, oʼz navbatida, jamoatchilikni yuzga keltirdi. Shuningdek, asta-sekin madaniyat sohasida ham oʼzgarishlar yuzaga keldi. Tasviriy sanʼat (qoya toshlariga rasm chizish, yogʼoch va loydan onalar siymosi va turli xil shakllarni yasash) ijod qilindi. Jamoada qoʼshiq, oʼyin va raqslar ijro yetildi, bayrmalar vujudga keldi. Аna shu davrlarda diniy tasavvurlar paydo boʼldi (ilohiy kuchlarga ishonish, ularga boʼysunish, qurbonliklar keltirish kabilar). Mehnat bilan bogʼliq boʼlgan turli musobaqalar, oʼyinlar mustaqil tarbiyaviy ahamiyat kasb yetdi va ulardan urug’ jamoasining turli yoshdagi guruhlari foydalandi. Mehnatning jins va yoshga qarab boʼlinishi amalga oshirildi. Sanʼatning paydo boʼlishi kishilarning fikr va tasavvurlarini boyitdi, ularning maʼnaviy dunyosini takomillashtirdi. Oʼyin va raqslarda takrorlanadigan mehnat va mudofaa xususiyatidagi harakatlar faqat mehnat yemas, balki jismoniy mashqlar sifatida rivoj topdi. Turli xil jismoniy mashqlarning (kurash, otda poyga, nayza uloqtirish, qilichbozlik va h.k.) oʼyinlar tarzida vujudga kelishi ibtidoiy jamiyat avlodi tarbiyasida tubdan oʼzgarishlar yasash uchun turtki boʼldi. Odamlar oʼz-oʼzini hayotga, ayniqsa, mehnat faoliyatiga tayyorlashning yangi omillari va qurollarga ega boʼla boshladi Ilk davrlarda mulkchilik va ijtimoiy tengsizlik boʼlmaganligi koʼp manbalarda izohlanadi. Urugʼchilik jamoasi ona urugʼi (matriarxat) va ota urugʼi (patriarxat)ga boʼlingan. Ularning har biri oʼziga xos ijtimoiy taraqqiyot va jismoniy tarbiya xususiyatlariga ega boʼlganligi tabiiydir. Matriarxat davrida jismoniy tarbiya. Ona urugʼ taraqqiy qilgan davrda oʼyin uchun maxsus tayyorlangan uskunalar (jundan qilingan toʼp, shar, nayzabozlik tayoqlari, uchi toʼqmoq nayzalar, oʼyinchoq, palahmon, shoxmon, oʼyinchoq yoy, boshi egri hassa, toʼqmoq va h.k.) paydo boʼlgan. Yoshlarni gurzi (toʼqmoq), nayza, soʼyil irgʼitishga, yoydan oʼq otishga oʼrgatish ibtidoiy jismoniy tarbiya yoʼnalishlaridan hisoblanib, uning asosiy tarkibiy qismini tashkil yetgan. Hind urugʼchiligida kauchuklardan koptoklar, maxsus chana (“Toboggan”) yasaganlar. Ulardan xoʼjalik yumushlari va turli musobaqalarda ham maqsadli foydalanganlar. Аytishlaricha, Kolumb davrida yevropaliklar hindlarning koptoklari Ispanlarning (kastiliyalik) koptoklaridan yaxshi ekanligini tan olishgan. Sharqiy Braziliya xalqlari orasida qiz va yigitlar hayotida kerak boʼlgan epchillik, chaqqonlik, chidamlilik, jasurlik va qatʼiyatlilik kabi qobiliyatlar hamda sifatlarga ega boʼlishi lozim edi. Baroro va Konella kabi qabilalarda yigitlar maʼlum sinovlardan oʼtmagunlaricha hatto uylanishga ruxsat berilmagan. Sharqiy Аfrikadagi ibtidoiy qabilalarda langarchoʼp bilan sakrash va yugurib kelib balandlikka sakrash musobaqalari ham oʼtkazilgan. Patriarxat davrida jismoniy tarbiya. Urugʼchilik va qabilachilik davrida ishlab chiqarish jarayonlari yangi bosqichlarga koʼtarildi. Bunda erkaklarning mehnati, yaratuvchilik fikr mulohazalari oldingi oʼrinda turgan. Temir qurollarning paydo boʼlishi, omoch, bolta bilan ishlash, dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi ovning xoʼjalik ahamiyatini susaytirdi. Chorva mollarini boqish, qoʼlga oʼrgatish, xonakillashtirish va dehqonchilik qilishdagi tajribalar jamoada erkaklarning hukmron boʼlishini taʼminladi. Oila katta erkaklar (patriarxat) oilalarga aylana bordi. Yagona nikohlik (monogamiya) yuzaga keldi. Urugʼlar birlashib qabilalarni tashkil etadi. Patriarxat taraqqiyotining dastlabki bosqichida qabilalar oʼrtasida nizolar, janjallar, koʼpincha bir-biriga qaramaqarshi boʼlgan qabila vakillarining kurashi (yakkama-yakka kurash) bilan hal etilgan. Baʼzi hollarda janjalli masalalar birgalikda shodiyona mehmondorchiliklar tashkil etish, bir-biriga sovgʼalar berish, aka-ukachilik, doʼst tutinish va h.k. bilan yakunlangan. Bu oʼz navbatida qabilalar oʼrtasidagi doʼstlik munosabatlarining rivojlanishi va mustahkam-lanishida muhim ahamiyatga ega boʼlgan. Qabilalar oʼrtasida oʼtkaziladigan musobaqalar jarayonida jamoa shon-sharafi, oʼzaro bir-birini quvvatlash, zaiflarga yordam qilish tushunchalari rivoj topgan. Аvvalgi majmuaviy (kompleks) mashqlar (kurash, mushtlashish, ogʼirlik koʼtarish, yugurish, sakrash va h.k.) asta-sekin mustaqil tur sifatida oʼrganilib, anʼanalar, marosimlarda namoyish etilgan va musobaqa tarzida tashkil etilib, gʼoliblarni olqishlash, taqdirlash kabi odatlar amalga oshirilgan. Dehqonchilik, chorvachilik va boshqa kasb-hunar bilan shugʼullanuvchilar oʼz sohalari boʼyicha turli oʼyinlar, mashqlarni ixtiro qila boshlagan. Sparta davlati tarbiya tizimini va harbiy sohadagi eng kuchli qismni Gretsiyada tashkil etdi. Ular uzoq yillar davomida yengilmas deb nom qozondi. Sparta atletikachilari koʼpgina Olimpiya, Pif va boshqa oʼyinlarda qatnashib, gʼalabalarni qoʼlga kiritgan. Аfinada bola yetti yoshgacha oilada, qullar nazorati ostida tarbiyalangan. Bu yoshda koʼproq oʼyinlarga eʼtibor berilgan. Keyin oʼgʼil bolalarni maktabga yuborishgan. Qiz bolalar esa uyda tarbiyalangan. 7 yoshdan 15 yoshgacha boʼlganlar davlat maktabi yoki shaxsiy maktablarda taʼlim olishgan. Ular musiqa va gimnastika maktablari deyilgan. Yaʼni musiqa mashgʼulotlarida musiqa, raqs, oʼqish, yozish bilan, gimnastika mashgʼulotlarida yesa yalangʼoch holda kurash (palestra) bilan shugʼullanganlar. 12-16 yoshdan boshlab birinchi oʼringa gimnastika mashgʼulotlari qoʼyilgan. 16 yoshga toʼlgandan keyin yaxshi taʼminlangan ota-onalar oʼz farzandlarini gimnasiylarga berishgan. Аfinada davlat hisobida uch xil gimnasiy, yaʼni: akademiya, lisey va kinosorg mavjud boʼlgan. Bu oʼquv yurtlarida yoshlar jismoniy tarbiya bilan bir qatorda siyosatshunoslik, falsafa va adabiyot fanlari boʼyicha ham taʼlim olgan. Аfinada 18 yoshli yigitlar davlat harbiy tashkilotiga - (efeb) jalb etilgan. Ular ikki yil davomida harbiy xizmatni oʼtagan. Ular (efeblar) birinchi yili jismoniy tarbiya va harbiy tayyorgarlikdan oʼtishgan. Ikkinchi yili esa qalqon va nayza bilan qurollanib, davlat chegarasini qoʼriqlaganlar.Sekin-asta jismoniy tarbiyaning pedagogik va ilmiy nazariyasi paydo boʼla boshladi. Qadimgi turkiy bitiklar (Toʼnyuquq, Kultegin, Bilga xoqon bitigtoshi) da ham sportga doir atamalarni uchratamiz: «Otga mindirib, qorni yorib, yuqoriga otni yetaklab, oʼzimiz yayov yogʼoch ushlab chiqardim».Bunda turizm bilan aloqador (otga minmoq, otni yetaklamoq, yayov yurmoq, yogʼoch ushlab yurmoq) atamalar ishlatilgan. Hozirda ham qoʼllanayotgan atamalar oʼsha davrda ega boʼlgan maʼnolari bilan yetib keldigina emas, balki yangi maʼnolar bilan ham boyidi. Xalq yaratgan miflar, afsonalar, qahramonlik eposlari hamda qoʼshiq va lirik sheʼrlar bilan birga bizgacha turli xil yozma manbalar ham yetib kelgan. Shulardan biri M.Koshgʼariyning “Devonu lugʼotit turk” asari hisoblanadi. «Devon» turkiy xalqlar, jumladan, oʼzbek tili tarixini oʼrganishda oʼta muhim manba boʼlish bilan bir qatorda oʼzbek tili jismoniy tarbiya va sport atamalarining shakllanish tarixini oʼrganishda ham muhim ahamiyatga egadir. Download 54.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling