A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimining
Download 54.75 Kb.
|
Jasur kurs33333 (2)
1.2. O’zbekistonda jismoniy tarbiya tizimining bo’g’inlari
Tizim nima – tizim oʻzaro bogʻliq va uzviy tartibda boʻlgan narsa, hodisalar birligi, majmui. Oʻzaro bogʻliq qismlardan tashkil topgan tuzilma, ijtimoiy, siyosiy va b. jihatdan tuzilish shakli, biror ish-faoliyatni tashkil etish, amalga oshirishning shakl va tartib-qoidalari majmui deb tushunish mumkin. Har bir soha qaysi soha bo’lishidan qa’tiy nazar aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko‘zlangan natijaga erishiladi. Shu jumladan jismoniy tarbiya tizimi ham shunday. Jismoniy tarbiya tizimi deganda, jismoniy tarbiyaning printsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a'zosini manan boy va har tomonlama garmonik rivojlan-tirishning maqsad va vazifalariga mos bo‘lishini ta’minlaydi. Aholi salomatligini mustahkamlash hamda vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo‘lga qo‘yilgan jismoniy tarbiya tizimiga qator talablar qo‘yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining obyektiv xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Mamlakatimiz aholining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi, Vatan mudo-faasiga tayyorgarligining ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, O‘zbekisonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O‘zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jismoniy-madaniy, ma'naviy va ommaviy-teatrlashtirilgan tomoshalarni bir-biri bilan muvofiqlashtirishdan namoyishlar va namoyishkorona chiqishlar vujudga keladi. Ularning tarbiyaviy ahamiyati bepoyondir. Jismoniy madaniyatni klassifikatsiyalash katta ahamiyaga egadir. U jamiyatda jismoniy madaniyatdan maqsadga muvofiq foydalanishni, uning qaysi yo‘ldan ketayotganligi, yo‘nalishini, jismoniy tarbiya amaliyoti, vazifalarini hal qilish uchun tavsiya etilgan uning xilma-xil turlari imkoniyatlarini anglashga yordam beradi. Agarda maktabda jismoniy bilim (ma'lumot), umumiy jismoniy tayyorgarlik berish vazifalari hal qilinsa, uning hayoti davomida foydalanadigan jismoniy madaniyatning bazasi yaratiladi. Madaniyatning boshqa barcha turlari qayd qilingan vazifalarni yechishi mumkin bo‘lsa-da, inson jismi madaniyati uchun o‘rnini almashtira olmaydi. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi: - jamiyat a'zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a'zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg’ulotlarining moddiy-texnik ta'minlanganligi va ularni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat a'zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi. Jisman barkamollik – tarixan o‘zgarib turadigan har qanday tarixiy davr uchun o‘zining ideal tasnifiga ega bo‘lgan tushuncha tarzida turlicha talqin qilingan, chunki bu idealda aholining iqtisodiy sharoiti, ijtimoiy hayoti dunyo qarashi ifodalangan. Lekin asrlar davomida jismoniy barkamol avlod tarbiyasi mavjud jamiyatda ob'ektiv imkoniyatlar va sharoitni yuzaga kelmaganligi sababli, abstrakt goyaligicha qolib real haqiqatga aylanmay qolgan. Jismonan barkamollik salomatlikning me'yori va har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni darajasi haqidagi tarixan shakllangan tasavvur, ular mehnat, jamoatchilik, harbiy va odamlarning ijodkorlik faoliyatlarini uzoq davom etishi talablariga nisbatan optimal javob beradi. Jismoniy kamolot shaxsni garmonik rivojlantirishda aniq ma'no va ijtimoiy mohiyat kasb etadi. Faqat jisman kamolotga erishish uchun bajarilgan faoliyat pedagogik jarayon davomida bir tomonlamalikga olib kelishi amaliyotda isbotlangan. Faqat jismoniy mashq bilan shugullanish, jismonan kamolot sari yo‘l olsada, bir tomonlamalikga yetaklaydi, uni garmonik tarbiya elementlari – ma'naviy, ma'rifiy axloqiy, ruhiy, estetik mehnat tarbiyasini olishdan uzoqlashtiradi. Maqsadning umumiyligi jismoniy tarbiya tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Ko‘rsatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shugullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shugullaniladigan kasbi hisobiga olinadi va jismoniy tarbiyada konkret vazifalar hal qilinadi: a) odam organizmining forma funktsiyasini garmonik rivojlantirish, jismoniy qobiliyatini har tomonlama kamolga yetkazish, sogligini mustahkamlash va jamiyat a'zosini uzoq umr ko‘rishini ta'minlashga yo‘nalish berish; b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va ko‘nikma-larini, kundalik turmushda kerak bo‘ladigan jismoniy mada-niyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish; v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismo-niy sifatlarni tarbiyalash; Jismoniy tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bogliq bo‘lgan zvenolarga bo‘linib, hozirgi kunda ham tarbiya jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga oshirilmoqda: a) maktabgacha ta'lim (davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari) zvenosi; b) maktab yoshidagilar jismoniy tarbiyasi (umumiy o‘rta ta'lim o’quvchilari) zvenosi; v) o‘rta maxsus, professional ta'limi (akademik litseylar, kasb-hunar texnikomlari) zvenosi; g) oliy ta'lim zvenosi; d) armiya zvenosi; e) oliy ta'lim va armiyadan so‘ngi havasmandlik asosidagi jismoniy tarbiya zvenosi; Jismoniy tarbiya tizimi o‘zida quydagi asosiy elementlarni birlashtiradi: a) jismoniy tarbiyaning maqsadi, vazifalari va prin-tsiplarining maqsadga muvofiqligi; b) jismoniy tarbiya tizimida qo‘llaniladigan vositalar – gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar; v) turli shakldagi pedagogik jarayon mobaynida qo‘llani-ladigan usuliyat (ta'lim jarayoni, usuliyatlari, sport trenirovkasi va mustaqil mashg’ulotlarida foydalaniladigan)lar; g) jismoniy tarbiya maqsadida kishilarni uyushtirish shakllari; d) jismoniy tarbiya mazmuni va natijalarida ifodalangan jamiyat va davlat talablari (normalar va dasturlar). Jismoniy tarbiya tizimining asosiy xususiyatlari bu g’oyaviylik, xalqchillik va ilmiylilik. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyaviyligi bu uning yo’nalishligidir (vatanparvarlik, o’z vatanini sevish, boy yetish va h.k). Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida ichki dunyoqarash shakllanib boradi hamda jamiyat a’zolarining ahloqiy kodeksi ruhida ahloqiy sifatlar tarbiyalanib boradi. Bizning jismoniy tarbiya tizimining mustaqil O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining har tomonlama jismonan va ruhan qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat qiladi. Jismoniy tarbiya tizimining g’oyasi uning vazifalari, prinsiplari, metodlari, shuningdek tashkiliy asoslarida o’z ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya tizimining mostligi, yo’nalishi: mamlakatimizda butun fuqarolar uchun yagona bo’lgan jismoniy tarbiya tizimi tuzilgan. Ilmiylilik - jismoniy tarbiya tizimining xarakterli belgilaridan biridir. Mamlakatimizda tadqiqotlar asosida yagona davlat dasturlari, o’quv qo’llanmalar, darsliklar va boshqalari yaratilmoqda va takomillashtirilmoqda, har bir yosh davri uchun jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik ko’rsatkichlari me’yorlari ishlab chiqilmoqda, jismoniy tarbiya jihozlari va buyumlarida bo’lgan talablar aniqlanmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan qator islohotlar zamirida xalqning turmush tarzini yaxshilash, aholining barcha qatlamlarida ma’nan va jismonan sog‘lom muhitni yaratish, salomatlikni mustahkamlash g‘oyasi yotibdi. SHu bois ayni paytda jismoniy tarbiya va sportga e’tibor davlat ahamiyatiga molik malalalardan biri hisoblanadi. Download 54.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling