A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


II.BOB. Yangi O’zbekistonda Jismoniy tarbiya tizimining o’ziga xos xususiyatlari


Download 54.75 Kb.
bet4/7
Sana19.12.2022
Hajmi54.75 Kb.
#1033568
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jasur kurs33333 (2)

II.BOB. Yangi O’zbekistonda Jismoniy tarbiya tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
2.1. Maktabgacha ta’lim hamda umumiy o`rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya tizimining tutgan o’rni
Bola dunyoga kelishi bilanoq oilada uni jismoniy jihatdan tarbiyalash boshlanadi. Bu davrda jismoniy tarbiya bilan bolani jismoniy jihatdan parvarish qilish, bolaning to‘gri o‘sishi va sog’lig’ini saqlashga imkon beradigan gigiyena talablariga rioya qilish kerak bo‘ladi. Jismoniy tarbiya bilan birga aqliy tarbiya va mehnat tarbiyasi bilan uzviy bog‘likligini rus pedagogikasida K.D.Ushinskiy ko‘rsatga edi. U bolani yoshligidanok jismoniy va aqliy mehnatga o‘rgatish ota-onalar hamda tarbiyachilarning vazifasidir, - degan edi. Agar o’quvchilar jismoniy mashqlar mashg‘ulotiga ongli, ijodiy munosabatda bo‘lsalargina, agar ular harakat mahorati va ko‘nikmalari hosil qilsalargina anatomiya-fiziologiya va psixologiya-pedagogika bilimlariga tayansalargina maktabda jismoniy tarbiya vazifalari muvaffaqiyatli xal etilishi mumkin. Muntazam o‘tiladigan harakat mashg‘ulotlari vaqtida o’quvchi o’z qarakatlarini ongli ravishda boshqaradigan bo‘lganda uning harakatlari borgan sari bir-biriga muvofiqlashib borganda, boshqacha qilib aytganda, u biror harakat faoliyatida kamolot darajasiga erishganda, bunday uyushuv hosil qilinadi. Bu o’quvchining irodali, dovyurak, jasur kishi bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi. Qurqoqlik, jismoniy jihatdan zaiflik, o’z kuchiga ishonmaslik yomon xislatdir. Jismoniy mashq mashg‘ulotlari mardlik, jur’at, esankiramaslik, o’zini tuta bilash kabi axloq iroda xususiyatlarini o‘stirishga imkon beradi.
Harakatli o’yinlar va sport o’yinlari, turli estafetalar bolalar o’rtasida kollektivizm, do‘stlik, o’zi va sport kollektivi oldida burch va ma’suliyatni xis qilish tuyg‘usini tarbiyalaydi.O’quvchi jismoniy mashqlar jarayonida ma’lum muskullar kuch to‘playdi, chaqqon, epchil bo‘ladi, makon vaqtga qarab yo‘l topa bilishni o’rganadi. Uning harakatlari ancha rejali, bir-biriga muvofik va uygun bo’ladi.
Muntazam ravishda gimnastika, sport bilan shug‘ullanish o’quvchining tashqi ko‘rinishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Sportchi o’quvchi to‘g‘ri qaddi-basti, saranjomligi va ixchamligi bilan ajralib turadi. Uning gavda tuzilishi mutanosib, chiroyli bo‘ladi, jismoniy tarbiya inson gavdasi harakatlarining go’zalligini tarbiyalash singari hayot uchun muhim bo‘lgan vazifasi ham xal etiladi. Hamma bola ham baquvvat, sog‘lom tug‘ilavermaydi. Turli sabablarga ko‘ra, ularning ba’zilari nimjon, zaif bo‘lib tug‘iladi, kasalmand bo‘ladi. Biroq baquvvat, sog‘lom tug‘ilgan bolalar ham ba’zan noto‘g‘ri tarbiya natijasida bo‘shang bo‘lib qoladi, organizm zaiflashadi, sog’ligi yomonlashadi.
Bolaning sog’lom o’sishi to‘g’ri kamol topishi uchun quyidagi shartlarga e’tibor qilish lozim:

  1. ovqatlanishni to‘g’ri yo‘lga qo’yish va mehnat rejimini bajarish;

  2. tabiatning tabiiy kuchlaridan foydalanish;

  3. jismoniy mehnat bilan shug’ullanib turish;

  4. jismoniy mashqlar, gimnastika va sport mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib turish.

Shu bilan birga ota-onalar va o’qituvchilar bolalarning yoshiga muvofiq rejimga ham uyda, ham maktabda rioya qilishlari kerak. Rejim tuzganda bolalarning yoshi, mashg‘ulotlarning birin-ketin kelishi, uyqudan uyg‘onish, ertalabki gimnastika, kuniga 3-4 marta ovqatlanish, toza havoda yurish, vaqtida aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashtirib turilishini hisobga olish lozim. Belgilangan rejimga o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu rejim barcha xollarda o’quvchilar uchun qulay bo‘lishi kerak. Tabiatning quyosh, havo, suv singari tabiiy kuchlaridan, shaxsiy va ijtimoiy gigiyena qoidalariga rioya qilish yo‘llaridan foydalanish natijasida bolalarning sog‘ligini mustahkamlashga, organizmni chiniktirishga, jismoniy kamolot darajasini oshirishga erishiladi. Odam tabiatning bir qismi xisoblanadi, tabiiyki, uning kamoloti ham tabiatda, u bilan chambarchas bog‘lik xolda amalga oshishi kerak. Ma’lumki, eng sog‘lom va uzoq yashovchi kishilar qishloq aholisi orasida uchraydi, chunki ular odatda tabiat faktorlaridan yaxshi foydalanadilar, toza havoda ko‘proq bo‘ladilar.
Bolalik va yigitlik chog‘larida tabiatning tabiiy kuchlaridan foydalanish, cho‘milish, kiyinish, quyosh protseduralari, sof havoda yurish organizmni mustahkamlaydi va chiniqtiradi, uni turli kasalliklarga nisbatan chidamli qiladi. O’quvchilar kundalik turmushlarida quyidagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilishlari kerak:
a) uyda va o‘quv binolarida gigiyenaning barcha talablariga muvofik keladigan va qulay sharoit yaratish;
b) o’quvchilar ishlaydigan joylarni muntazam ravishda shamollatib turish;
v) bolalarni yoshlik chog‘idanok toza havoda yoki oyna va fortochkalarni ochib qo‘yilgan xonaga uxlashga o‘rgatib borish;
g) ko‘prok vaqtini toza havoda o‘tkazish (sayr qilish, baliq ovlash, dorivor o‘simliklar yig‘ish va xokazo);
d) cho‘milish uchun plyajlardan, xovuzlardan va boshqa joylardan foydalanish lozim.

Download 54.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling